Matnli funksiyalar. MS Excel dasturi matnli ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatini beruvchi turli funksiyalardan foydalanish imkoniyatiga ham ega. Matnli funksiyalar faqat matnli ma’lumotlarni qayta ishlash bilan chegaralanib qolmay, ularda sonli ma’lumotga ega kataklar bilan ishlash imkoniyati ham mavjud. Ulardan eng ko‘p foydalaniladiganlariga to‘xtalib o‘tamiz. “ПСТР” funksiyasidan katakdagi matnli satrning belgilangan qismidan ma’lum miqdordagi belgilarni ajratib olib, ularni yangi katakka yozish uchun foydalaniladi. Bunda so‘zlar orasidagi bo‘sh joy (probel) ham bitta belgi hisoblanadi. Funksiya sintaksisi: = ПСТР (“Katak manzili”, “Son1”, “Son2”) Bu yerda: “Katak manzili” – qayta ishlanishi kerak bo‘lgan matnli satr joylashgan katak manzili; “Son1” – kesib olinadigan birinchi belgining joylashgan o‘rni; “Son2” – kesib olinadigan matnning uzunligi.
№8 Mavzu: Elektron jadvallar dasturida turli funksiyalarni qo‘llash. Ma’lumotlarni tanlash va saralash
Reja:
Elektron jadvallar dasturida turli funksiyalarni qo‘llash
Statistik funksiyalar – o‘rganilayotgan hodisa tendensiyasi va prognozini aniqlash uchun ma’lumot to‘plash, tartibga solish, umumlashtirish va tahlil qilish maqsadida foydalaniladigan operatorlar. Dasturning so‘nggi versiyalari imkoniyatlari statistika sohasidagi professional dasturlardan deyarli farq qilmaydi.
Statistika – monitoring jarayonida foydalaniladigan hisob-kitob amallari.
“МАКС” funksiyasi belgilangan argumentlarning eng kattasini topish imkonini beradi. Funksiya sintaksisi: = МАКС (1 argument; 2 argument;…)
“СРЗНАЧЕСЛИ” funksiyasi oldingi funksiyaga o‘xshash, undan faqat ma’lum shartga javob beradigan katakdagi ma’lumotlarninggina o‘rta arifmetik qiymatini hisoblashi bilan farq qiladi. Shart sifatida katta, kichik, ma’lum qiymatga ega bo‘lmagan katak qiymatlari kabilardan foydalanish mumkin. Funksiya sintaksisi: =СРЗНАЧЕСЛИ (1 argument; 2 argument;…;shart;[kataklar_diapazoni])