1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə16/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

Madaminbek, Muhammad Aminbek Ahmadbek oʻgʻli (1892, Margʻilon yaqinidagi Soʻqchilik qishlogʻi — 1920.14.5, Fargʻona vodiysidagi Qorovul qishlogʻi) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi kurash harakati namoyandalaridan biri (1918—20), Muvaqqat Fargʻona hukumati raisi (1919—20).
Boshlangʻich maktabda savod chiqargach, mahalliy boylar va ruslarning savdo doʻkonlarida ishlagan. Birinchi jahon urushi arafasida podshoga qarshi faoliyati uchun politsiya tomonidan qoʻlga olinib, 14 yilga Sibirdagi Nerchinsk degan joyga badarg'a qilingan (1914). 1917 yil fevral inqilobidan keyin Madaminbek ozodlikka chiqqan. "Shoʻroi Ulamo" tashkilotining rahbarlari uni Margʻilon shahri mirshablari boshligʻi lavozimiga tavsiya qilishgan. Turkistonda bolsheviklar hokimiyatni zoʻravonlik bilan egallagach, Fargʻona viloyati harbiy komissari K. Osipov uni Margʻilon militsiyasi boshligʻi etib tayinlaydi. Biroq sovet rejimining siyosati Madaminbekni ozodlik uchun kurashga undagan. 1918-yil mart oyining boshlarida u oʻz militsionerlari bilan bolsheviklarga qarshi kurashuvchilar safiga oʻtgan. Madaminbek 1000 — 1500 yigit toʻplab, Margʻilon va Toshloq atroflarida qizil askarlarga qarshi dastlabki janglarni boshlagan.1918-yil yanvarda Madaminbek qoʻl ostida 16000 kishidan iborat qoʻshin boʻlgan boʻlsa, oʻsha yil kuzida ularning soni 30000 kishidan ortib ketgan. Madaminbek xalq orasida katta obroʻga ega boʻlgan. U vodiydagi sovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda oʻz siyosiy boshqaruv usulini oʻrnatgan. Andijon uyezdidagi Oyimqishloq (hozirgi Andijon viloyati Jalolquduk, tumani)da boʻlgan Fargʻona vodiysi qoʻrboshilarining qurultoyida (1918 yil noyabr) milliy ozodlik hapakati qatnashchilarining Oliy bosh qoʻmondoni etib saylangan.1918 yilning oxiridayoq mustaqil harakat qilishga urinayotgan yirik qoʻrboshilarning faoliyatini Madaminbek boshqarishga muvaffaq boʻldi. Madaminbek yigitlari oʻrtasida harbiy intizom kuchli edi. Uning yigitlari qizil armiyaga qarshi jang qilish bilan bir qatorda bosqinchi va talonchilardan iborat ayrim mahalliy kichik toʻdalarga qarshi ham shafqatsiz kurashganlar.Madaminbek 1919 yil 2 sentabrda Jalolobodda K. Monstrov bilan ittifoq tuzgan (Krestyanlar armiyasi). 1919-yil sentabr — oktabrda uning qoʻshini Jalolobod, Oʻsh va Margʻilonni qizil askarlardan ozod qilgan, biroq Andijon uchun boʻlgan janglarda yengilgan. Madaminbek Buxoro amiri Said Olimxon va Xiva xonligining amaldagi hukmdori Junayidxon bilan qizil armiyaga qarshi birgalikda kurashish uchun muzokaralar olib borgan. Afgʻoniston va Turkiyaga oʻz vakillarini joʻnatgan. Rossiyaning Qashqardagi sobiq konsuli Uspenskiy va Buyuk Britaniyaning bosh konsuli P. Eserton orkali Yevropa davlatlari va AQShdan bolsheviklarga qarshi kurash olib borish uchun iqtisodiy va harbiy yordam olishga intilgan. Pomirning Ergashtom (Irkeshtom) ovulida boʻlgan yirik anjumanda (1919.22.10) Madaminbek boshchiligida Fargʻona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzilgan. Madaminbek hukumat boshligʻi boʻlish bilan bir qatorda Oliy bosh qoʻmondon etib ham saylangan.Sovet rejimi va bolsheviklar milliy-ozodlik harakatiga qarshi kurashish uchun Rossiya markazidan doimiy ravishda Turkistonga yangi-yangi qizil askar qismlari tashlangan. 1920 yil yanvar oyining oʻrtalariga kelib Fargʻona vodiysida jangovar tashabbus vaqtinchalik qizil armiya qoʻliga oʻtgan. Madaminbek vaqtdan yutish uchun 2-Turkiston oʻqchi diviziyasining boshligʻi N. A. Veryovkin Roxalskiy bilan Skobelev (hozirgi Fargʻona) shahrida yarash bitimini imzolagan (1920.6.3). Madaminbek bilan birga sovet hokimiyati tomoniga uning oʻnlab qoʻrboshilari va 3500 ta yigiti ham oʻtgan. Sovet qoʻmondonligi tomonidan muzokaralar oʻtkazish uchun qoʻrboshilar orasiga yuborilgan Madaminbek Xolxoʻja Eshon buyrugʻi bilan qirgʻizlarning Qorovul otlogʻi atrofida xiyonatkorona oʻldirilgan (1920.14.5). Uning qabri hozirgi Qirgʻiziston Respublikasi hududi — Olay vodiysidagi Shigʻay qishlogʻida.Madaminbek sovet rejimi davrida "bosmachi" sifatida nohaq qoralanib, uning faoliyati soxtalashtirilgan.
Madaminbekning serqirra faoliyati haqida Oʻzbekiston, Italiya, Germaniya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin