1-mavzu. “Makroiqtisodiyot” faniga kirish Reja: Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti


-Chizma. F.Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli.(Keltirilgan



Yüklə 313,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix08.05.2023
ölçüsü313,89 Kb.
#109694
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu

1-Chizma. F.Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli.(Keltirilgan 
raqamlar o’lchami mlrd.frank). 
 
Dehqonlar yer egalariga 1 mlrd. franklik qishloq xo’jalik mahsulotlarini 
sotadilar va qolgan 2 mlrd. franklik mahsulotni iste’mol va ishlab chiqarish 
ehtiyojlari uchun o’zlarida qoldiradilar. Jami olingan 3 mlrd. franklik daromadning 
1 mlrd. franki dehqonlar tomonidan hunarmandchilik buyumlari sotib olishga, yana 
2 mlrd. franki esa yer rentasi to’lashga sarflanadi. Shunday qilib makroiqtisodiy 
bozorlarning balanslashishi ro’y beradi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar ekzogen va 
endogen o’zgaruvchilarga guruhlanibgina qolmasdan zahiralarni tavsiflovchi va 
oqimlarni tavsiflovchi o’zgaruvchilarga ajratiladi. Birinchi guruh ko’rsatkichlar
tadqiqot ob’ektining ma’lum sanadagi holatini tavsiflaydi. Bularga kapital bilan 
Yer egalari 
Dehqonlar 
Hunarmandlar 








qurollanganlik darajasi, ishsizlik darajasi, davlat qarzi kabi ko’rsatkichlar misol 
bo’ladi. Ikkinchi guruh ko’rsatkichlar ma’lum davr oralig’ida iqtisodiy 
jarayonlarning kechishini tavsiflaydi. Bularga yil davomida ishlab chiqilgan YaIM 
hajmi, iste’mol va investitsiya xarajatlari miqdori, inflyatsiya sur’ati kabi kabi
ko’rsatkichlar misol bo’ladi. Oqimlar ma’lum davr mobaynida zahiralarning 
o’zgarishini keltirib chiqaradi. Masalan yil davomida qilingan investitsiyalar 
iqtisodiyotda to’plangan kapital hajmi, o’z navbatida esa mehnatni kapital bilan 
qurollanganligi darajasining ham oshishiga olib keladi.
3. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning 
doiraviy oqimi modeli 
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish 
umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning 
doiraviy oqimi modeli ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model 
makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni 
davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi
firmalar va uy xo’jaliklari o’rtasida amalga oshiriladi (2-chizma). 
Uy xo’jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha iqtisodiy resurslarni 
resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli 
xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so’ngra esa ularni tayyor mahsulotlar 
va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - tovarlar va 
xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo’nalishda “daromadlar - xarajatlar”ning ham 
doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya’ni, uy xo’jaliklari o’zlari yetkazib bergan 
iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar 
iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-
xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar. 



Yüklə 313,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin