yaratadi.Davlat korxonalar va uy xo’jaliklarini soliqqa tortish bilan birga
korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert to’lash orqali ularning ishlab
chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta’sir etadi. Ayni paytda davlat
resurslar bozoridan hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida
ishtirok etadi. Davlat o’z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va uy
xo’jaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdolari to’g’risidagi qarorlari
o’zaro mos kelmagan hollarda ro’y beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib
turadi.
Ochiq iqtisodiyot
sharoitida
doiraviy
oqimlar
modeli
yanada
murakkablashadi. Endi unda to’rtinchi makroiqtisodiy sub’ekt- tashqi dunyo ham
paydo bo’ladi. CHet el investitsiyalarinig kiritilishi va xorijga investitsiya qilish,
eksport va import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali
jamg’armalarning investitsiyalarga oqib o’tishi va moliyaviy mablag’larning qayta
taqsimlanishini e’tiborga olsak ko’rib o’tilgan model mukammal emasligiga iqror
bo’lamiz. Ammo shu ko’rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit
holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan
xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xo’jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari
yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo’lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari
(ya’ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya’ni pul oqimlari)
o’zaro teng bo’lishining asosiy shartidir Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab
chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o’sishiga olib keladi . Bu esa
o’z navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo’ladi. Kattaroq hajmdagi
yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab
oqibat bog’lanishlari o’rin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy
aylanish ko’rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi
xarajatlar to’xtovsiz o’sib borishi shart. Bu vazifa byudjet-soliq siyosati vositalari
bo’lgan soliqlarni hamda davlat xarajatlarini o’zgartirish hamda pul-kredit siyosati
vositalari yordamida mul massasini o’zgartirish orqali bajariladi.
Dostları ilə paylaş: