1-mavzu. “Makroiqtisodiyot” faniga kirish
Reja:
1. Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti.
2.Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari.
3.“Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –
xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli
1.Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti.
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga
nisbatan yaqindagina
kiritilgan bo’lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli
birga paydo bo’ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida
tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’siri xos
bo’lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Frantsiya
qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda,
milliy mahsulot ishlab
chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene
jadvali” ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo’lladi.
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari,
shuningdek, J.B.Sey, L.Valьras,
V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo’yilgan edi deb ta’kidlash
mumkin. Keyinchalik, K.Marks o’zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni
takror
ishlab chiqarish sxemasi, V.Leonьtev esa o’zining
tarmoqlararo balansi bilan
makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo’limi sifatida ajralib chiqishi
uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa o’zining “Ish bilan bandlilik, foiz
va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil) asari
bilan bu jarayonni mantiqiy
yakuniga yetkazdi. SHu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining
asoschisi sifatida tan olinadi.
Shunday qilib, makroiqtisodiyot o’z predmeti va tadqiqot usullariga ko’ra
mustaqil fan sifatida XX asrning o’rtalariga kelib shakllanib bo’ldi.