Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo’limi hisoblanib, unda milliy xo’jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi. Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko’rinishi o’zaro farqlanadi:
a) pozitiv makroiqtisodiyot; b) normativ makroiqtisodiyot. Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqador- liklarini o’rganadi.
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo’nalishlarini taklif etadi.
SHu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo’limi sifatida
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o’zaro farqlab
olishimiz zarur.
Mikroiqtisodiyot predmetibo’lib “belgilangangan” iqtisodiy shart-
sharoitlarda uy xo’jaliklari va firmalar darajasida iqtisodiy qaror qabul qilish mexanizmi hisoblanadi. Mikroiqtisodiy tahlil ob’ekti bo’lib alohida tovarlar bozorlari, resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot darajasida mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining o’zaro munosabatlari va o’zaro ta’sirini tahlil qilinadi.
Mikroiqtisodiyotda “belgilangan” deb qabul qilingan, ya’ni mikroiqtisodiy
tadqiqot
predmeti
hisoblanmaydigan
ko’pgina ko’rsatkichlar, jumladan
iste’molchilarning daromadlari, jamg’armalari, foiz stavkasining dinamikasini va buni belgilovchi omillarni makroitisodiyot tadqiq qiladi.
Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o’sishini, resurslarning
to’liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va to’lov balansining
muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda
tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini
o’rganadi.
Keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida