SILLOGIZM AKSIOMASI Aksiomalar isbotsiz chin deb qabul qshshngan nazariy mulohazalar bo‘lib, ular vositasida boshqa fikr va mu- lohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi. Sillogizm aksiomasini terminlarning hajmiga yoki mazmuniga ko‘ra, ya’ni atributiv ta’riflash mumkin.
Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi kuyidagi qoidaga asoslanadi: «Agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumniig ichida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning ichida joylashgan bo‘ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan tashqarida bo‘lsa, unda birinchi buyum xam uchinchi buyumdan gashqarida joylashgan bo‘ladi». Bu qoidani kuyidagi shakllar yordamida yaqqol ifodalash mumkin. Bu qoida sillogizm aksiomasining mohiyatini ter- minlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Sillogizm aksiomaning mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi to‘g‘risida tasdiqlab yoki inkor etib bayon qilingan fikr shu sinf ichiga kiruvchi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimqismiga ham taalluqli fikr hisoblanadi.
Masalan:
Tafakkur shakllari ob’ektiv xususiyatga ega.
Tushuncha tafakkur shaklidir.
Tushuncha ob’ektiv xususiyatga ega.
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi o‘rtasidagi munosabatga asosla- niladi: biror-buyum, xodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; buyum, xodisa belgisiga zid bo‘lgan narsalar buyum, xodisaning o‘ziga xam ziddir.
Sillogizm aksiomalarida fikr shakli va mazmuni o‘zaro uzluksiz, ob’ektiv boglangan bir butunning ayrim tomonlarini ifodalaydi. Bu bir tomondan, xamma umu- miylikka juz’iylik va yakkalik xos ekanligini va xar bir yakkalik juz’iylik, umumiylik xislatiga ega bo‘lishini ifodalasa, ikkinchi tomondan, buyum va belgining o‘zaro uzviy boglanganligini, ya’ni buyumlar jinsi ayrim o‘ziga xos belgiga ega bo‘lsa, albatta, bu belgi shu jinsdagi xamma buyumlar uchuy ham xos belgi bo‘lishini ifodalaydi. Bular esa o‘z navbatida yakkalik va umumiylik o‘rtasidagi, mikdor va sifat o‘rtasidagi dialektik aloqadorlikning tafakkur jarayonida o‘ziga xos iamoyon bo‘lishidir.