1-Mavzu: Moliyaviy hisobot tahlilining nazariy asoslari


Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə2/5
tarix14.09.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#143426
1   2   3   4   5
Таҳлилнинг назарий асослари 1

Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi:

  • buxgalteriya balansi (1-shakl);
  • moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
  • pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-shakl);
  • xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);

Moliyaviy hisobot tahlilining predmeti

  • Moliyaviy hisobot tahlilining predmeti - ichki va tashqi qiziquvchilarning manfaatlaridan kelib chiqib, korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati samaradorligi, natijaviyligini va rivojlanish istiqbollarini moliyaviy hisobot ma’lumotlari va boshqa axborotlar asosida ko‘rsatkichlar tizimini qo‘llagan holda o‘rganish tushuniladi.

Moliyaviy hisobot tahlili metodi

  • Moliyaviy hisobot tahlili metodi - xo‘jalik yurituvchi sub’ektining moliyaviy holati, samaradorligi va istiqboliga baho berish uchun qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini turli yo‘nalishlardan foydalangan holda o‘rganish va tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda dialektik bog‘liqlikni ta’minlashga qaratilgan usullar majmui tushuniladi.

Moliyaviy hisobot tahlilining ob’ekti

  • Moliyaviy hisobot tahlilining ob’ekti deganda, korxona va tashkilotning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini ifoda etadigan moliyaviy hisobotlar va boshqa axborot manbalari majmui tushuniladi.

Moliyaviy hisobot tahlilining maqsadi

  • Moliyaviy hisobot tahlilining maqsadi - korxona va tashkilotlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini aniq hisob-kitoblar va dalillarga tayangan holda ularning o‘tmishi, hozirgi holati va kelajagini belgilashga qaratilgan tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida qilinadigan tahliliy amallar majmui tushuniladi.

Moliyaviy hisobot tahlilining asosiy vazifalarini manbalarga tayangan xolda quyidagi qatorlarda umumlashtirish va tarkiblash mumkin.

  • Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar:
  • -mulki, kapitali va majburiyatlarini, ularning o‘zgarishlarini tahlil etish;
  • -moliyaviy natijaviylik va rentabelligini baholash;
  • -asosiy va oborot kapitalini tahlil etish;
  • -pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalarini tahlil etish;
  • -xususiy mablag‘lar va ularning o‘zgarishini tahlil etish;
  • -iqtisodiy va moliyaviy salohiyat, mehnat salohiyatini tahlil etish;
  • -to‘lovga qobillik va mablag‘lar xarakatchanligini tahlil etish;
  • -bozor va ish aktivligini tahlil etish;
  • -tashkilotning moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy nochorligini tahlil etish;
  • -biznes samaradorligi va natijaviyligini omilli tahlil etish;
  • -innovatsion va investitsion faoliyat tahlili;
  • -debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini tahlil etish
  • -bozordagi o‘rni va iqtisodiy reytingini baholash;
  • -moliyaviy holatni kompleks baholash;
  • -moliyaviy holatini yaxshilash yuzasidan mavjud ichki imkoniyatlarni aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilab olishdan iboratdir.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin