1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə54/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92
она тилидан қулланма

Yaqin o‘tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan bir oz oldin, ammo so‘zlovchining ko‘z oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Masalan: Go‘zal vodiydagi Gullar bog‘i ko‘klam libosi bilan bezandi (SH.R.).
YAqin o‘tgan zamon fe’li sof fe’l negiziga –di qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan (I guruh tuslovchi) shakllanadi:



Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


SHaxs-son qo‘shimchasi


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

SHaxs-son qo‘shimchasi


I shaxs

o‘qidim

-di

-m

o‘qidik

-di

-k

II shaxs

o‘qiding


-di

-ng

o‘qidingiz


-di

-ngiz

III shaxs


o‘qidi

-di

-

o‘qidilar

-di

(-lar)




Uzoq o‘tgan zamon fe’li nutq so‘zlanib turgan paytdan ancha oldin bajarilgan yoki bajarilmagan, ammo bu haqda nutq so‘zlanib turgan paytda xabar qilingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: SHoyi, atlas, chit, las ko‘ylak; nimcha, durra, peshonabog‘ , xullas bor boricha yo‘q holicha yasalgan (N. Safarov).
Uzoq o‘tgan zamon fe’li negiziga –gan sifatdosh qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan (II guruh «B» ko‘rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:



Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


SHaxs-son qo‘shimchasi


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

SHaxs-son qo‘shimchasi


I shaxs

o‘qiganman

-gan

-man

o‘qiganmiz


-gan

-miz

II shaxs


o‘qigansan


-gan

-san

o‘qigansiz


-gan

-siz

III shaxs


o‘qigan

-gan

-

o‘qiganlar

-gan

(-lar)


Uzoq o‘tgan zamon fe’li nutqda aniq eslash (yoki eslatish), kutilmaganda eslash, eshitilganlik kabi qo‘shimcha modal ma’nolarga ham ega bo‘ladi. Uzoq o‘tgan zamonning bo‘lib o‘tgan ish-harakatni aniq eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga edi (qisqa shaklida) to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o‘qigan edim, o‘qigan eding, o‘qigan edi; o‘qigan edik, o‘qigan edingiz, o‘qigan edilar kabi; kutilmaganda eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga ekan (qisqa shakli –kan) to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash bilan: o‘qigan ekanman, o‘qigan ekansan, o‘qigan ekan; o‘qigan ekanmiz, o‘qigan ekansiz, o‘qigan ekanlar kabi; bo‘lib o‘tgan ish-harakatning so‘zlovchining boshqa shaxsdan eshitganligi –gan sifatdoshiga emish (qisqa shakli –mish) to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o‘qigan emishman, o‘qigan emishsan, o‘qigan emish; o‘qigan emishmiz, o‘qigan emishsiz, o‘qigan emishlar kabi shakllanadi. Masalan: Nasibaning yuzidagi bo‘g‘ riqish yo‘qolib, uning o‘rnida nafislik paydo bo‘lgan edi (X.No‘’mon). Mirza Bahrom unday ma’no chiqishini sira ko‘zda tutmagan ekan, o‘sal bo‘ldi (A.Qahhor).


O‘tgan zamon hikoya fe’li kutilmaganda, qisqa vaqt ichida nutq so‘zlanib turgan paytdan ilgari bajarilgan (yoki bajarilmagan) ish-harakatni hikoya qilish, tasvirlash yo‘li bilan ifodalaydi. Masalan: Halol rizq istab, mehnat qilib, charchab uxlagan kishi shu kechani ma’rifat qilingan holda o‘tkazibdi (Hadisdan).
O‘tgan zamon hikoya fe’li fe’l negiziga –b (-ib) o‘tgan zamon ravishdosh qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan (II guruh «A» ko‘rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:



SHaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


SHaxs-son qo‘shimchasi


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

SHaxs-son qo‘shimchasi


I shaxs

o‘qibman

-b

-man

o‘qibmiz


-b

-miz

II shaxs


o‘qibsan


-b

-san

o‘qibsiz


-b

-siz

III shaxs


o‘qibdi

-b

-di

o‘qibdilar

-b

-di(-lar)


O‘tgan zamon hikoya fe’lining eslay (eslatish) ma’no ko‘rinishi ham bor. Bu shakl o‘tgan zamon –b (-ib) ravishdoshiga edi to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali hosil bo‘ladi: o‘qib edim, o‘qib eding, o‘qib edi; o‘qib edik, o‘qib edingiz, o‘qib edilar kabi. Masalan: Urush tugasa, biznikiga mehmongan borasiz, o‘shanda ayamning qanaqaligini ko‘rasiz deb edi (S.Zunnunova).


O‘tgan zamon davom fe’li nutq so‘zlanib turgan paytdan ilgari ma’lum bir muddat davomli bo‘lgan yoki takrorlanib turgan ish-harakatni eslash ma’no ottenkasi bilan ifodalaydi. Masalan: 1. Bu erda Boburning doim o‘z kuchi bilan birga olib yuradigan kitoblari saqlanar edi (P.Qodirov). 2. Daryolardan kuylab o‘tardim, Ertaklarga quloq tutardim, Hammasini tinglardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo (H.O.). Bu misollarning birinchisida saqlanar edi fe’li o‘tmishda ma’lum bir muddat davomli bo‘lgach ish-harakatni ifodalasa, ikkinchisida kuylab o‘tardim, quloq tutardim, tinglardim vaqti-vaqti bilan takrorlanib ish-harakatni anglatadi. O‘tgan zamon davom fe’li –r(-ar), -yotgan sifatdosh fe’l negiziga hamda -moqda qo‘shimchasini olgan sof fe’l negiziga edi to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash (I guruh tuslovchilari bilan) orqali hosil qilinadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


Shaxs-son qo‘sh.


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

SHaxs-son qo‘sh.


I
shaxs


o‘qir edim, o‘qiyotgan edim, o‘qimoqda edim


-rQedi, -yotganQedi, -moqdaQedi



-m

o‘qir edik, o‘qiyotgan edik, o‘qimoqda edik


-rQedi, -yotganQedi, -moqdaQedi


-k

II shaxs

o‘qir eding, o‘qiyotgan eding, o‘qimoqda eding


-rQedi, -yotganQedi, -moqdaQedi



-ng

o‘qir edingiz, o‘qiyotgan edingiz, o‘qimoqda edingiz


-rQedi, -yotganQedi, -moqdaQedi


-ngiz

III shaxs

o‘qir edi, o‘qiyotgan edi, o‘qimoqda edi


-rQedi, -yotganQedi, -moqdaQedi


-

o‘qir edilar, o‘qiyotgan edilar, o‘qimoqda edilar

-rQedi, -yotganQedi, -moqdaQedi


(-lar)



O‘tgan zamon maqsad fe’li nutq so‘zlangan paytdan ilgari bajarilishi maqsad qilingan, ammo voqe bo‘lmagan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: U bugun Malika bilan xoli gaplashib, ko‘nglidagi hamma sir-asrorini to‘kib solmoqchi edi (E.Usmonov). Ertasiga qishloqqa chiqadigan edi.
O‘tgan zamon maqsad fe’li -moqchi, -digan qo‘shimchalarini olgan fe’l negiziga edi to‘liqsiz fe’lini biriktirib (I guruh tuslovchilar bilan) tuslash bilan shakllanadi:



SHaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


SHaxs-son qo‘shimchasi


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

SHaxs-son qo‘shimchasi


I shaxs

o‘qimoqchi edim, o‘qiydigan edim,

-moqchiQedi, -diganQedi



-m

o‘qimoqchi edik, o‘qiydigan edik,


-moqchiQedi, -diganQedi



-k

II shaxs


o‘qimoqchi eding, o‘qiydigan eding,


-moqchiQedi, -diganQedi



-ng

o‘qimoqchi edingiz, o‘qiydigan edingiz,


-moqchiQedi, -diganQedi



-ngiz

III shaxs


o‘qimoqchi edi, o‘qiydigan edi,


-moqchiQedi, -diganQedi



-

o‘qimoqchi edilar, o‘qiydigan edilar,


-moqchiQedi, -diganQedi



(-lar)


Hozirgi zamon
Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytda bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi.
Hozirgi zamon fe’li qo‘shimcha modal ma’nolariga ko‘ra 2 turga bo‘linadi: 1) hozirgi-kelasi zamon fe’li, 2) hozirgi zamon davom fe’li.
Hozirgi-kelasi zamon fe’li nutq so‘zlanib turgan paytda va undan keyin ro‘y beradigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Masalan: Bobur bu chigal tugunlarni o‘zi echilmasligini sezadi (P.Qodirov). YOshlikda zahmat chekib, ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan (Koshifiy).
Hozirgi-kelasi zamon fe’li sof fe’l negiziga –a, -y ravishdosh qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan hosil qilinadi:



Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


Shaxs-son qo‘shim-chasi


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

SHaxs-son qo‘shim-chasi


I shaxs

o‘qiyman, boraman

-y,
-a


-man

o‘qiymiz, boramiz

-y,
-a


-k

II shaxs

o‘qiysan, borasan


-y,
-a


-san

o‘qiysiz, borasiz

-y,
-a


-ngiz

III shaxs

o‘qiydi, boradi


-y,
-a


-di

o‘qiydilar, boradilar

-y,
-a


-di(-lar)





Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin