Hozirgi zamon davom fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytda aniq davom etayotganini bildiradi: Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng xalqimizning o‘z yurti, dili, tarixini bilishga qiziqish ortib bormoqda (I.Karimov).
SHaxs
|
Son
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
SHaxs-son qo‘shim-chasi
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
SHaxs-son qo‘shim-chasi
|
I shaxs
|
o‘qiyapman, o‘qimoqdaman, o‘qiyotibman
|
-yap,
-moqda,
-yotib
|
-man
|
o‘qiyapmiz, o‘qimoqdamiz, o‘qiyotibmiz
|
-yap,
-moqda,
-yotib
|
-miz
|
II shaxs
|
o‘qiyapsan, o‘qimoqdasan, o‘qiyotibsan
|
-yap,
-moqda,
-yotib
|
-san
|
o‘qiyapsiz, o‘qimoqdasiz, o‘qiyotibsiz
|
-yap,
-moqda,
-yotib
|
-siz
|
III shaxs
|
o‘qiyapti, o‘qimoqda, o‘qiyotibdi
|
-yap,
-moqda,
-yotib
|
-ti
-
-di
|
o‘qiyaptilar, o‘qimoqdalar, o‘qiyotibdilar
|
-yap,
-moqda,
-yotib
|
-ti(-lar)
-
-di(-lar)
|
SHuningdek, murakkab fe’l tarkibida qo‘llangan yot, yur, tur, o‘tir ko‘makchi fe’llarni tuslash bilan ham hozirgi zamon davom fe’li hosil qilinadi: o‘qib yotibman, o‘qib yuribman, o‘qib turibman, o‘qib o‘tiribman kabi.
Kelasi zamon
Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng bajarilish yoki bajarilmasligini ifodalaydi.
Kelasi zamon fe’li qo‘shimcha modal ma’nolariga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1) kelasi zamon gumon fe’li; 2) kelasi zamon maqsad fe’li.
Kelasi zamon gumon fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng bajarilish-bajarilmasligi mo‘ljallanishini, taxmin qilinishini ifodalaydi. Masalan: Bugun havo ochiq bo‘lar (A.Q.)
Kelasi zamon gumon fe’li ba’zan hozirgi-kelasi zamon ma’nosida kelib, aniqlik, qat’iylik ma’nolarini ham ifodalaydi: Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar (Maqol).
Kelasi zamon gumon fe’li sof fe’l negiziga –r(-ar) sifatdosh qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan shakllanadi:
SHaxs
|
Son
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
SHaxs-son qo‘shim-chasi
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
SHaxs-son qo‘shim-chasi
|
I shaxs
|
o‘qirman, borarman
|
-r,
-ar
|
-man
|
o‘qirmiz, borarmiz
|
-r,
-ar
|
-miz
|
II shaxs
|
o‘qirsan, borarsan
|
-r,
-ar
|
-san
|
o‘qirsiz, borarsiz
|
-r,
-ar
|
-siz
|
III shaxs
|
o‘qir, borar
|
-r,
-ar
|
-
|
o‘qirlar, borarlar
|
-r,
-ar
|
(-lar)
|
Kelasi zamon maqsad fe’li nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng bajarilishi maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Men kuzdan boshlab o‘qishni davom ettirmoqchiman, so‘ngra qishloq xo‘jalik institutiga kirmoqchiman (SH.R.). Oho qora ko‘z deganda, u devordan oshadigan (O.).
Kelasi zamon maqsad fe’li sof fe’l negiziga -moqchi hamda fe’lning ravishdosh (-a, -y bilan shakllangan) shakliga –digan qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi:
SHaxs
|
Son
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
SHaxs-son qo‘shimchasi
|
Misol
|
Zamon ko‘rsat-kichi
|
SHaxs-son qo‘shim-chasi
|
I shaxs
|
o‘qimoqchiman, o‘qiydiganman
|
-moqchi,
-digan
|
-man
|
o‘qimoqchimiz, o‘qiydiganmiz
|
-moqchi,
-digan
|
-miz
|
II shaxs
|
o‘qimoqchisan, o‘qiydigansan
|
-moqchi,
-digan
|
-san
|
o‘qimoqchisiz, o‘qiydigansiz
|
-moqchi,
-digan
|
-siz
|
III shaxs
|
o‘qimoqchi, o‘qiydigan
|
-moqchi,
-digan
|
-
|
o‘qimoqchilar, o‘qiydiganlar
|
-moqchi,
-digan
|
(-lar)
|
16-mavzuFE’LLARNING SHAXS-SON KATEGORIYASI
Reja:
1.Shaxs-son (yokituslovchi) affikslar.
2.Ularningturlari, ularningkullanishxususiyatlari.
Ish-harakat ma’lum bir grammatik shaxs tomonidan bajariladi (yoki bajarilmaydi). Grammatik shaxs so‘zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o‘zga (III shax syoki predmet) bo‘lishi mumkin.
Grammatik shaxs grammatik son (birlik yoki ko‘plik) bilan birgalikda ifodalanadi. Fe’llardagi bunday grammatik shaxs va son ma’nosi ma’lum bir grammatik ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Masalan: o‘qidim, o‘qisam, o‘qisang, o‘qiyapman, o‘qibman, o‘qiy fe’llari tarkibidagi –m, -man, -y qo‘shimchalari ish-harakatning I shaxs so‘zlovchi, ya’ni yakka shaxs tomonidan bajarilganini ko‘rsatsa; o‘qidik, o‘qisak, o‘qiyapmiz, o‘qibmiz, o‘qiylik fe’llari tarkibidagi –k, -miz, -ylik affikslari ish-harakatning I shaxs, lekin ko‘p so‘zlovchilar (shaxslar) tomonidan bajarilganini ifodalaydi.
Demak, ish-harakatning bajaruvchisi uch shaxs va 2 son tushunchalarini aks ettiruvchi affikslarni o‘z ichiga oladi. SHuning uchun ham bunday affikslar shaxs-son affikslar deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o‘zgarishi esa tuslanish deyiladi. SHaxs-son affikslari tilshunoslikda tuslovchi affikslar deb ham yuritiladi.
O‘zbek tilida tuslovchi affikslar fe’l shakllariga turlicha ko‘rinishda qo‘shiladi. SHu jihatdan tuslovchi affikslar uch guruhga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |