1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


-mavzu FE’L ZAMONLARI KATEGORIYASI



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə53/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92
она тилидан қулланма

15-mavzu FE’L ZAMONLARI KATEGORIYASI

1.Fe’lzamonlari, ularningturlari

2.utganzamonfe’liningturlari:

3.yakinutganzamonfe’li, uzok


4.utganzamonfe’li,

5.utganzamonxikoyafe’li,

6.utganzamondavomfe’li,
7.utganzamonmaksadfe’li.

8.Xozirgizamonfe’liningturlari:

9.Xozirgikelasizamonfe’li,

10.Xozirgizamondavomfe’li,

11.Kelasizamonfe’liningturlari:

12.kelasizamongumonfe’li,

13.kelasizamonmaksadfe’li
Ish-harakatning voqe bo‘lishi (yoki bo‘lmasligi) mantiqan zamon bilan bog‘liq bo‘ladi. Fe’llardagi zamon nutq so‘zlanib turgan paytga nisbatan qiyoslangan holda aniqlanadi, ya’ni ish-harakat nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin, nutq so‘zlanib turgan paytda, nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin. SHunga ko‘ra, fe’l uch zamon ko‘rinishiga ega: 1. O‘tgan zamon. 2. Hozirgi zamon. 3. Kelasi zamon. Fe’llarda zamon ma’nosi fe’l tarkibida qo‘llangan grammatik ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. Masalan: 1. Nodira ezgu ishlar bunyod etdi va o‘tar dunyoda yaxshi nom qoldirdi. (R.SHog‘ulomov). 2. Ko‘nglini kichik tutgan, kamtarlik yo‘lidan yurgan kishi ulug‘likka etadi (YUsuf Xos Xojib). 3. Ilm ko‘pga etkazar, hunar esa ko‘kka (Maqol). Keltirilgan misollarning birinchisida bunyod etdi, nom qoldirdi fe’llari tarkibidagi –di o‘tgan zamonni, ikkinchisida etadi fe’li tarkibidagi –a ko‘rsatkichi hozirgi zamonni, uchinchisida etkazar fe’lidagi –ar ko‘rsatkichi esa kelasi zamon ma’nosini ifodalagan.
Har bir zamon o‘z navbatida yana bir necha turga bo‘linadi. CHunki har bir zamon vaqtning katta qismini ko‘rsatish bilan birga o‘zining ichki xususiy modal ma’nolariga (qo‘shimcha ma’nolarga) ham ega. Masalan: o‘qimoqchiman, o‘qiydiganman fe’llari nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng bajariladigan harakatni ifodalab, vaqtning katta qismini ko‘rsatish bilan birga, bajarilishi maqsad qilib olingan harakatni anglatishi kabi o‘ziga xos modal ma’noga ham ega.

1. O‘tgan zamon
Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi.
O‘tgan zamon fe’li xususiy modal ma’nolariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) yaqin o‘tgan zamon fe’li; 2) uzoq o‘tgan zamon fe’li; 3) o‘tgan zamon hikoya fe’li; 4) o‘tgan zamon davom fe’li; 5) o‘tgan zamon maqsad fe’li.



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin