1-Mavzu. O'smirlik davri Reja


Keksalik va keksayish nazariyalari



Yüklə 119,32 Kb.
səhifə12/17
tarix20.07.2022
ölçüsü119,32 Kb.
#62834
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-Mavzu. O\'smirlik davri Reja

Keksalik va keksayish nazariyalariKeksalikni o’rganish bo’yicha bir necha nazariyalar mavjud.Har bir nazariya asosida keksalikni qanday tushunish yotadi.Keksalik biologik muammo sifatida. Har bir nazariya organizmning qarish mexanizmi bo’yicha o’z modeliga tayanadi. Biologik nazariyalarga rus gerontologiyasining asoschisi A.A.Bogomolsning organizm fiziologik jarayonlari uyg‘unligining buzilishini keksayishda asosiy omil deb hisoblagan nazariyasini hamda keksayishni intoksifikatsiya sifatida qaragan I.I.Mechnikov nazariyasini kiritish mumkin. Gerontolog W.Frolkis keksalikni organizm moslashuv imkoniyatlarining qisqarishi sifatida qaraydi. Antiqarish yoki vitaukta toshunchasi(lot. Vita — hayot, auktum — cho'zmoq) olim tomonidan taklif etilgan moslashuv-boshqaruv nazariyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Keksayish evolutsion jihatdan dasturlashtirilib genetik kodga kiritilishi haqidagi tasavvur, hujayralarning buzilishi bilan bogliq g‘oyalar biologik nazariyalarga misol bola oladi.
Keksalik ijtimoiy muammo sifatida. Ijtimoiy nazariyalarga ≪erkinlik≫ hamda ≪o’yindan chiqish≫ nazariyalari misol bola oladi. Jamiyatdan uzoqlashuv, motivatsiyaning o’zgarishi, kommunikativlikning pasayishi, o’z ichki dunyosiga o’ralashib qolish kabilarda kuzatiladi. Jamiyatdan uzoqlashish ilgarigi ijtimoiy rollarning yo’qotilishi, sogliqning yomonlashuvi, topish-tutishning kamayishi, yaqin kishilarning yo’qotilishi yoki uzoqlashishida namoyon boladi. Subyektiv ravishda bu kerak emaslik tuyg‘usi, qiziqishlar doirasining pasayishi, uning o’ziga qaratilishida namoyon boladi. Bu jarayon insonning nafaqaga chiqishi bilan boshlanadi, lekin qari inson ishxonada nimalar bolayotgani bilan qiziqib turadi, lekin bu sekin-asta sun’iy xarakterga ega bola boradi, sekinlik bilan bu ham to’xtaydi. Insonga keladigan ma’lumotlar kamayib boradi, qiziqishlar doirasi torayadi,faolligi pasayadi, qarish jarayoni tezlashadi.Faollik nazariyasi (≪Yangi bandlik≫) jamiyatdan uzoqlashish nazariyasiga qarama-qarshidir. Faollik nazariyasi keksalarni jamiyat hayotiga tortish, ular qanchalik faol bolsa, ularning hayotdan qoniqqanlik darajasi yuqori boladi, degan g'oyaga asoslanadi.
Uzluksiz hayot yoli konsepsiyasi qarilikni ilgarigi hayot uslubini saqlab qolish uchun kurash maydoni sifatida talqin etadi.Qarilik kognitiv muammo sifatida. Bu yondashuv asosida keksalarda intellektual va emotsional qobiliyatlarning pasayishi yoki yo’qotilishi jarayoni yotadi.≪Foydalanmaslik≫ nazariyasiga ko’ra intellektual ko’nikmalar yetarlicha foydalanmaslik natijasida keksalarda yomonlashadi. Kognitiv nazariyaning boshqa variantida keksa inson o’zidagi o’zgarishlarni qanday talqin qilishiga bogiiqligi nazarda tutiladi. Bunda uch soha asosiy rol o’ynaydi: shaxsiy kechinmalar (sog‘liqning yomonlashuvi, jozibadorlikning kamayishi),ijtimoiy mavqe xususiyatlari (kirishimlilik, integratsiya yoki ajralib qolish), shaxsiy hayotining tugayotganligini anglash.Keksayishning kompleks nazariyalari. Kompleks nazariyalar keksayishning biron jihatiga urg‘u beradigan nazariyalarga qarshi chiqadi. Keksayish ko’p qirrali jarayon bo’lib, u o’zaro biologik, ijtimoiy va psixologik jarayonlar bilan bog’liqdir. Har bir insonga o’ziga xos keksayish yo’li xos. Dj.Terner, D.Xelms uch o’zaro bog‘liq jarayonni ajratib ko’rsatadilar:Psixologik keksayish - individ o’zi keksayish jarayonini qanday tasavvur qiladi va his qiladi, boshqalarning keksayishi bilan o’zini taqqoslab keksayish jarayoniga qanday munosabatda boladi.Biologik keksayish — yosh o’tishi bilan organizmda o’zgarishlarning sodir bolishi.Ijtimoiy keksayish — individ keksayishni jamiyat bilan, ijtimoiy rollarni bajarish bilan qanday boglaydi?



Yüklə 119,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin