1-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida ta`lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari reja


-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari



Yüklə 265 Kb.
səhifə22/32
tarix10.12.2022
ölçüsü265 Kb.
#73524
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
1-Mavzu (1)

46-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:

  • ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;

  • o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;

  • ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi;

  • voyaga etmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;

  • ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi;

  • o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;

  • tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.

Pedagog xodimlarning zimmasida qonun hujjatlariga, shuningdek ta’lim oluvchi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
Pedagog xodimlarning kiyim-boshiga doir talablar ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.


6-BOB. TA’LIM OLUVCHILARNING, ULAR OTA-ONASINING HAMDA BOSHQA QONUNIY VAKILLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
47-modda. Ta’lim oluvchilarning huquqlari
Ta’lim oluvchilar quyidagi huquqlarga ega:

  • bepul asosda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olish;

  • yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul qilinish;

  • ta’lim olish shakllarini erkin tanlash;

  • davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq sifatli ta’lim olish;

  • ta’lim olish uchun o‘zining ruhiy xususiyatlari va fiziologik rivojlanishi inobatga olingan holda zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lish, shuningdek bepul psixologik-tibbiy xizmatlardan foydalanish;

  • davlat ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, professional ta’lim va oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga binoan ishlab chiqilgan, o‘zi oladigan ta’limning mazmunini shakllantirishda ishtirok etish;

  • pedagog xodimlar va ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan hayoti va sog‘lig‘iga qilinadigan har qanday jismoniy hamda ruhiy zo‘ravonlikdan, shaxsi haqoratlanishidan himoyalanish;

  • ta’lim olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta’tillar olish;

  • akademik ta’tillar va stipendiyalar olish, o‘qishni tiklash va o‘qishini boshqa ta’lim tashkilotlariga, bir ta’lim shaklidan, kasbdan, ta’lim yo‘nalishidan, mutaxassisligidan boshqasiga ko‘chirish;

  • ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

  • ta’lim olish jarayonida ta’lim tashkilotining o‘quv, uslubiy, ilmiy-ishlab chiqarish, madaniy, sport va maishiy ob’ektlari xizmatlaridan bepul foydalanish;

  • ta’lim tashkilotining ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, ilmiy-texnikaviy, eksperimental va innovatsion faoliyatida ishtirok etish.

Ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.



Yüklə 265 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin