Nazorat savollari:
1.Davlat talablarining tarkibi nimalardan iborat?
2. Davlat talablarining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
2-mavzu: Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzini shakllanish sohasi
Reja:
1. Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzini shakllanishi sohasi va kichik sohalari:Yirik motorika, mayda matorika, sensomatorika, sog`lom turmush tarzi va xavfsizlik.
2. Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzini shakllanishi sohasini o`rganish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, o’z-o’zini nazorat.
Mazkur yo`nalish o`z ichiga quyidagilarni oladi:
-bolalarning jismoniy rivojlanishidagi muammolarini aniqlash va uning oldini olish bo`yicha chora-tadbirlar belgilash;
-doimiy ravishda bolalarning jismoniy rivojlanishini tahlil qilib borish;
bolalarning jismoniy rivojlanishi bo`yicha oila bilan hamkorlik qilish;
sog`lom turmush tarzining muhimligini tushuntirish va uni ta`lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.
Mazkur yo`nalishda bolaning rivojlanish jarayonlari quyidagi bosqichlar orqali kechadi:
-yirik motorikani rivojlantirish — bunda bola yurish (tez va sekin), yugurish (tez, sekin va ilon izi bo`lib), sakrash (uzunlikka va balandlikka), zina bo`ylab yuqoriga yurish (yurish, yugurish, sakrash) vaqtida o`zining tana a`zolarini boshqarishni o`rganadi;
-mayda motorikani rivojlantirish — bunda bola biron-bir faoliyatni yanada aniqroq bajarish (ushlash, ochish, yopish, qirqish, bo`lish) uchun o`z qo`llari va barmoqlarini ishlatish va ulardan foydalanish malakasiga ega bo`ladi;
-sensomotorikani rivojlantirish — bunda bola o`z harakatlarini boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko`rish, eshitish, qo`l bilan his qilish, hid bilish) foydalanadi;
-madaniy-gigiyenik malakalar — bunda bola o`z sog`ligining muhofazasiga ta`sir etuvchi shaxsiy gigiyenik malakalarni egallaydi.
Bola yirik motorikani rivojlantirish bosqichida:
-o`z tanasini boshqara olishi;
-o`z tana a`zolarini boshqara olishi;
-bir yo`nalishda maqsadli harakatlana olishi lozim.
Bola mayda motorikani rivojlantirish bosqichida:
-qo`l va barmoq harakatlarini nazorat qila olishi;
-o`yinchoq va kundalik ehtiyoj predmetlaridan foydalana olishi lozim.
Bola sensomotorikani rivojlantirish bosqichida o`z xatti-harakatlarini sezish organlari yordamida boshqara olishi lozim.
Bola madaniy-gigiyenik malakalar bosqichida madaniy-gigiyenik malakalarga ega bo`lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |