1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə50/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90
Узбек тили

Xalq bo’l, elim

Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,


Qumlar bosib qurimasin daryolarim.
Alpomishga alla aytgan momolarim
Ruhini shod etay desang, xalq bo’l, elim.

Ko’z yoshlaring aylansa ham dengizlarga,


Qo’rg’oningni bermay desang Chingizlarga
Ulug’bek nom qo’yib ketgan yulduzlarga
Yuzum bosib o’tay desang, xalq bo’l, elim.

Go’ro’g’lilar qonga botsa G’irotlarda,


Ko’r o’g’lilar yurtin sotsa xilvatlarda,
Boburing bexabar yotsa Hirotlarda
Borib men uyg’otay desang, xalq bo’l, elim.

Kuyib ketti kitoblaring karvon-karvon,


Sinolaring malhamiga mushtoq-zorman
Ko’ksingda ham besh asrlik kuyuk armon-
Navoiyga yetay desang, xalq bo’l, elim

Osmon diling orzulari turnaqator,


Ota meros yerning o’zi bir iftixor.
Ostonangdan oftob chiqib, oftob botar
Kunlaringa qaytay desang, xalq bo’l, elim.

Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,


Qumlar bosib qurimasin daryolarim.
Alpomishga alla aytgan momolarim
Ruhini shod etay desang, xalq bo’l, elim.


16-mavzu: «Dam olish kunim»
I. Og‘zaki nutq o‘stirish. 1-topshiriq. Talabalar kichik guruhlarga ajratiladi va har bir talabaning fikr-mulohozalari tinglanadi.
1-mashq. Quyidagi matnni ifodali o‘qing va o‘zingizning bo‘sh vaqtingizni qanday tashkil qilishingizni gaprib bering.
Bo‘sh vaqt
Vaqtda to‘g‘ri, unumli va samarali foydolanish har bir insonga xos ijobiy fazilatdir. SHu bois xalqimiz «Vaqting ketdi – naqting ketdi» deb bekorga aytmaydi. Bo‘sh vaqt dam olish, madaniy hordiq chiqarish, kitob o‘qish, aqliy va jismoniy qobiliyatni mustahkamlash va qaytadan tiklash uchun zarur. Bekorchilik esa turli salbiy holatlarga olib kelishi mumkin.
Uyqu dam olishning lazzatli onglaridir, uxlash kishi organizmini kuchga to‘ldiradi, aqlan tetik qiladi, mehnat qobiliyatini yuksaltiradi. Har kuni me’yorida uxlash inson salomatligini yaxshilaydi. Lekin ko‘p uxlash koni zarar bo‘lib, insonni lanj qiladi va dangasalikka etaklaydi.
Talabalar bo‘sh vaqtlarida quyidagilar bilan shug‘ullanganlari maqsadga muvofiqdir. Jumladan, kitobxonalik, estetik madaniyatni o‘stirish, jismoniy chiniqish, aqliy kamolotga intilish, ekologik madaniyatni shakillantirish, milliy qadiriyatlarni asrab-avaylash va boshqalar.
2-topshiriq. YUqoridagi matn tarkibidagi kitobxanlik, estetik madaniyatni o‘stirish, jismoniy chiniqish, aqliy kamolatga intilish, ekologik madaniyatni shakillantirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash degan jumlalarni to‘la izohlang.
Namuna: Men bo‘sh vaqtlarimda universitet kutubxonasidan badiiy asarlarni o‘qib turaman. Har kuni gazeta jurnallar mutaola qilib boraman.
2-mashq. «Mening ish kunim» matnini ifodali o‘qing vash u asosda o‘zingizning bir kunlik ish rejangizni tuzing.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin