1-Mavzu: Pedagogik ilmiy-tadqiqot jarayonini Modellashtirish fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja


O’quv fanlarini integratsiyalashning didaktik mohiyati



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə10/37
tarix31.01.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#81992
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Metodologiya majmua (3)

O’quv fanlarini integratsiyalashning didaktik mohiyati turli o’quv fanlari bo’yicha yangi bilimlarni shakllantirishning kontseptual tuzilma va metodlarini aniqlash imkonini beruvchi pedagogik tadbirlar tartibi hamda qonuniyatlarini ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi. Tor ma’noda qaralganda, o’quv fanlari integratsiyasi fan sohalari va ilmiy bilimlar o’zaro sintezining uzviy davomi hisoblanadi.
O’quv fanlari integratsiyasining asosiy maqsadi sub’ektiv yangi bilimlarni sintez qilishdan iborat bo’lib, integratsiya jarayonlarining bosh vazifasi – sub’ektiv yangi ilmiy bilimlarni sintez qilishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
O’quv fanlarini integratsiyalashgan holda o’rganishda sub’ektiv yangi bilimlar sintezi qanday kechadi? – degan savol yuzaga kelishi mumkin. Didaktikada turli fanlarga taaluqli o’quv materiallarini bitta kursga birlashtirish kabi integratsiyaning turli shakllari taklif qilinadi. Biroq, pedagogik tajribalar bu kabi shakllarning yetarli samara bermasligini ko’rsatmoqda. Biz, ta’lim tizimida tarixan tarkib topgan fanlarga bo’lib o’qitish tizimi saqlanib qolishining tarafdorimiz. O’quv fanlari nisbatan mustaqil bo’lishi kerak, chunki ularning har biri o’z tili, tushunchalar apparati, metodologiyasi, metodikasi, tadqiqot predmeti va kontseptsiyasiga ega alohida fan sohasini ifoda etadi.SHu bilan birga, ularni o’zaro bog’liqlikda o’rganish bilan bog’liq imkoniyatlar ro’yobga chiqarilishi lozim. Bunday imkoniyat jumladan fanlararo yondashuv asosida ta’minlanadi. Uni o’quv fanlarini integratsiyalash shakli sifatida ham, sub’ektiv yangi bilimlarni sintez qilish metodi sifatida ham qarash mumkin. Biz fanlararo yondashuvni umumta’lim hamda maxsus fanlarni integratsiyalashda pedagogika fani uchun eng optimal yo’nalish sifatida qaraymiz. Biz o’quv fanlarini integratsiyalash natijasi fanlar o’zaro bog’lanmagan holda o’rgatilganda shakllantirish mumkin bo’lmagan sub’ektiv yangi bilimlarning o’zlashtirilishi, — degan kontseptual g’oyaga tayanamiz.Ilmda yangi bilimlarning fanlararo sintez jarayoni juda sekin kechib, ba’zida u bir qancha o’n yilliklarga teng davrni qamrab oladi. O’quv jarayonida o’qituvchi bir yoki bir necha mashg’ulot, yoki hatto bir necha daqiqa ichida talabani ilgari turli fanlariga oid o’zlashtirilgan bilimlarga tayanuvchi sub’ektiv yangi bilimga “olib kelishi” kerak bo’ladi. Ya’ni, bilimlarni tayyor holatida berish emas, balki ularning sintezi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu vazifani amalga oshirishning texnologik usullaridan biri bir sohaga oid bilimlarni boshqasiga olib o’tish bilan bog’liq bo’lib, u fanlararo aloqalarni o’rnatishning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, bilimlarning har qanday olib o’tilish holati sub’ektiv yangi bilimlar sinteziga olib kelmaydi. Buning uchun ushbu bilim inversiyaga uchrashi lozim.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin