1-Mavzu: Pedagogik ilmiy-tadqiqot jarayonini Modellashtirish fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə29/37
tarix31.01.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#81992
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Metodologiya majmua (3)

Nazorat savolari:

  1. Van der Varden kriteriysi, Spirmen kriteriysi.

  2. Nol gipoteza nima?

  3. Statistikaning noparametrik kriteriylari.

  4. Statistik gipoteza nima?

Mavzu: 20. Pedagogik tadqiqotlarda tizimli yondashuv va ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi.
Reja:
1. Tizimli tahlilni amalga oshirish metodlari.
2. Umum ilmiy va xususiy metodlar.
3. Natijalarni sharhlash texnologiyasi.
Tizimli tahlilni amalga oshirish metodlari. Tizimli tahlilni umumiy va xususiy jihatlarini inobatga olib, pedagogik faoliyat doirasida uni amalga oshirish uchun to’rttadan ortiq tadqiqiy usullardan vosita sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Garchi, pedagogik faoliyat doirasida tizimli tahlil usulidan foydalanishga oid alohida yondashuv bo’lmasada, ammo pedagogik reallikni amaliy jihatlaridan kelib chiqqan holda mazkur masalaga funksional tarzda yondashish maqsadga muvofiqdir.22 Usul, biron bir natijaga erishish vositasi hisoblanib, reallikni amaliy yoki nazariy jihatdan o’rganish tarzi. Muammoni alohida tartib asosida o’rganish uchun qo’llaniladigan harakatlar ketmaketligini ta’minlash uchun, aniq o’lchov birligiga (son, foiz, ball, gramm, kilogramm, shakl, rang, koeffitsent, o’rin va b.) ega bo’lgan majmuadir. Tizimli tahlilni amalga oshirish uchun turli usullar tanlanishi mumkin. Nisbatan ko’proq qo’llaniladiganlari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin: - so’rov (anketa tarzida yozma, og’zaki savol-javob (masofali)) usuli; - hujjatlarni o’rganish (DTS, hisobot, xulosalar va b.) usuli; - faoliyat mahsulini o’rganish (insho, maqola, talabalarning bilimi va b.) usuli; - alohida holatlarni o’rganish (alohida pedagogik vaziyatni. Masalan, a’lochilar guruhini, faollarni va b.) usuli; 22 Qarang: Kolesnikova I.A. Pedagogicheskaya real’nost’: opit mejparadigmal’noy refleksii / Kurs leksiy po filosofii i pedagogike. - SPb., 2001. Reja: 2.1. Tizimli tahlilni amalga oshirish metodlari. 2.2. Umumilmiy va xususiy metodlar. 2.3. Natijalarni sharhlash texnologiyasi. 2-mavzu: PEDAGOGIK FAOLIYATDA TIZIMLI TAHLILNI AMALGA OSHIRISH METODLARI 33 - qiyoslash (raqamlar, dalillar, bildirilgan fikr va munosabatlarni qiyoslash) usuli; - suhbat (nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bilvosita ma’lumot olisht) usuli. - biografik (kishini uning tarjimai holi bilan bog’lik bo’lgan xujjatlar orqali o’rganish) usul; - interv’yu (muammoga oid bo’lgan savollarga berilgan javob tariqasida axborot to’plash) usuli; - kuzatish (kishining harakatlarida namoyon bo’ladigan turli holatlarni hisobga olish, biron bir jarayonni kechishiga oid axborot olish) usuli; - sotsiometriya (J. Moreno tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, o’zaro munosabatlar tuzilishi bilan psixologik qovushuvchanlikni aniqlash maqsadida guruh va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni o’rganish. Bugungi kunda sotsiometriyani turli variantlari ishlab chiqilgan) usuli; - test (standartlashtirilgan sinov bo’lib, uning yordamida u yoki bu xildagi psixik jarayon baholanib, shaxsni bir butunligicha o’rganish mumkin) usuli; - eksperiment (muammoli vaziyatni hal qilish jarayoni, shaxsning histuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql-zakovatini o’rganish mumkin. Bunda, ob’yektga ta’sir etadigan barcha omillar kat’iy nazorat kilgan holda kuzatiladi) usuli; - modellashtirish (jarayonni bilvosita o’rganishga asoslangan bo’lib, bunda biron ob’yektning xususiyatlarini o’rganish uchun maxsus ravishda tuzilgan boshka ob’yektda qayta xosil qilish tushuniladi) usuli; - prognozlash (biror-bir hodisaning kelajaqdagi holati haqidagi mulohaza) usuli; - ekstrapolyatsiya (lot. ekstra-tez, polio-silliqlayman, to’g’rilayman) biror hodisaning alohida qismini kuzatish natijasida olingan xulosani shunga o’xshash hodisaning boshqa bir qismiga, boshqa hududiga (manzilga, joyga) tadbiq etish) usuli. SHu bilan birga biografik va tarixiy-qiyosiy usullarni ham ko’rsatib o’tish mumkin. Biografik metod (yunon tilida bios – hayot, graho – yozayapman) – shaxs hayot yo’lini tadqiq etish, tashxislash, korreksiyalash, rejalashtirish uslubi. Biografik usul XX asrning birinchi choragida tatbiq etila boshlandi. Birlamchi biografik usullardan yordamida siyosatchilar, tarixiy shaxslar o’tmishdagi siyosiy hayotni retrospektiv tahlil etish maqsadida foydalanilgan. Keyinchalik bunga muhim va kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalarni (bo’lajak avtobiografiya, boshqariladigan fantaziya, hayotni rejalashtirish, kauzometriya)ni, shuningdek, shaxsning muloqot doirasini (qo’shimcha biografiya, sub’yektning munosabatlar doirasini) qo’shishdi. Zamonaviy biografik metodlar siyosatchi shaxsini tarixiy, 34 ijtimoiy va individual borliq doirasida o’rganishga asoslangan bo’lib, shaxs rivojining ssenariysi va hayotiy dasturlari, uning kasbiy, oilaviy, ma’naviy, tabiiy va ijtimoiy makonda «makon-vaqt» doirasida tahlil etadi. Biografik metodlarni qo’llashda so’rovnoma, interv’yu, test, yaqinlarining ko’rsatmalari, zamondoshlarining xotiralari, faoliyat mahsulini o’rganish(xatlari va kundaliklarini, ma’ruzalari nutqlarining kontent-tahlili va b.)dan manba va vosita sifatida foydalaniladi. Tarixiy-qiyosiy usullarga tarixiy tavsif, aniq tahlil, qiyoslash, davriylashtirish, xronologik, muammoli-xronologik, retrospektiv, istiqbolni belgilash, tarixiy analogik va boshqa uslublar kiradi. Qiyosiytarixiy uslublar siyosiy-psixologik dalillar va hodisalar yuzaga kelganda hamda amalga oshganda, rivojlanishning turli bosqichlarida sifat ko’rsatkichi jihatidan o’zgarib borishini tarixiy muhit bilan uzviy bog’liq holda o’rganish imkonini beradi. SHu asnoda tizim deganda, nafaqat tizimning (boshqarish ob’yektining) o’zaro bog’langan tarkibiy qismlarini yig’indisi va uning o’zaro ichki bog’liqlik darajalari tushunilishi lozim. Balki tashqi aloqadorliklarni darajalari ham uning tarkibiga kirishini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Bu o’z navbatida tizimli tahlilni amalga oshirish yo’lini, ya’ni yondashuvni belgilab olishni taqozo etadi. Tahlil, bu turli hajm va mazmundagi axborotni jamlab, manba shakliga keltirish bo’lib, bunga tizimli yondashish maqsadga muvofiqdir. Tizimli yondashish, bu ob’yektni yaxlit majmua sifatida o’rganishga asoslangan metodologiya, ilmiy anglashni ta’minlovchi “yo’l”dir. Fanda, tizimli yondashuv turli fan sohalarining vakillari tomonidan shakllantirilgan. Tizimli yondashuv, bu o’zaro aloqador bo’lgan jihatlarni qamrab olgan majmua bo’lib, tahlilni amalga oshirishda metodologiya vazifasini bajara oladi. Bular: – tizimli – xossaviy (elementli), tizim nimalardan tarkib topgan degan savolga javob topish uchun xizmat qiladi; – tizimli - strukturaviy, tizimni ichki tuzulishini, uning tarkiblarini ta’minlashuvini belgilash uchun xizmat qiladi; – tizimli - funksional, tizim va uni vujudga keltiruvchi qanday vazifalarni bajarishini ajratib berish uchun xizmat qiladi; – tizimli - kommunikativ, tizimning boshqa tizimlar bilan gorizontal va vertikal aloqadorliklarni mohiyatini belgilash uchun xizmat qiladi; – tizimli - integrativ, tizimning saqlanish mexanizmi, saqlanish omillari va takomillashuvini belgilash uchun xizmat qiladi; – tizimli - tarixiy, “tizim qanday shakllangan?”, “rivojlanish davomida qanday bosqichlardan o’tgan?”, “tizimni istiqboli qanday?” degan savollarga javob berish uchun xizmat qiladi. Ko’rinib turibdiki, tizimli yondashuv, bu tizimli tahlilni amalga 35 oshirish yo’lini belgilab berish uchun xizmat qiladigan majmua hisoblanadi. Tizimni (ob’yektni) boshqaruvi bilan bog’liq bo’lgan masalani xavfsizlikni ta’minlash nazari asosida tizimli tahlil qilishni tadqiqotchi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirishi maqsadga muvofiq: - o’zining ilmiy salohiyatini inobatga olib, tadqiqotning vazifa va maqsadini (ya’ni, istiqboldagi istakli holatini) belgilab olishi; - tahlil uchun tanlangan tizimni (bunda faoliyat sohalari nazarga olingan) hamda tashqi muhitning rivojlanish tarzi va prognozini tadqiqotda belgilanishi; - tashqi muhit omillarini (iste’molchilar bozori, mol yetkazib beruvchi hamda raqobatchilar va boshqalar) tadqiq qilib, uning istiqbolini belgilashi; - maqsad va vazifalarning tizim tuzilishi(yaratilishi)da ifodalanishini belgilab olishi lozim. 2.2. Umumilmiy va xususiy metodlar. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni davomida tabiiy tarzda vujudga keladigan har qanday mazmundagi muammolarni/o’zgarishlarni tizimli o’rganish galdagi rivojlanish bosqichiga, ya’ni miqdoriy ko’rsatkichdan, sifat ko’rsatkichiga o’tishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu o’z navbatida jarayonni ilmiy o’rganishni (bilishni) taqozo etadiki, bunda abstraksiya, induksiya va deduksiya kabi metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Bilish, olamning inson ongida aks eetirish jarayoni hisoblanib, inson o’zini qurshab olgan atrof-muhit to’g’risida bilim va tasavvurga ega bo’lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan shug’ullana olmaydi. B.ning maxsuli, natijasi bilim bo’lib, bilimlar maishiy, ilmiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Har qanday muammoni o’rganish uchun bilim kerak bo’ladi va tahlilni amalga oshirish davomida extiyoj sifatida, kasbiy zaruriyat ko’rinishida namoyon bo’ladi. Har qanday bilish mavhumlik jarayonlari bilan zaruran bog’liq. Bu jarayonlarsiz narsa(jarayon)ning mohiyatini ochib berish, uning “ichi”ga chuqur kirish mumkin emas. Narsa(jarayon)ni bo’laklarga bo’lish, undagi muhim jihatlarini qismlarga ajratish, ularni “sof” holida har tomonlama tahlil qilish, tafakkurning mavhumlashtiruvchi faoliyati natijasidir. SHu sababli muammoni o’rganishda jarayonida abstraksiyaning ahamiyati juda katta. Abstaksiya nechog’lik chinakam ilmiy bo’lishiga qarab amaliyot mezoni tarzida xizmat qiladi. Abstraksiya (lot. abstaktio – mavhumlik) bilish shakllaridan biri bo’lib, u narsa(jarayon)larning bir qancha xossalarini va ular o’rtasidagi aloqadorlilarni fikran nazardan soqit qilishdan hamda biron bir xossa yoki munosabatni ajratib ko’rsatishdan iborat. Nazardan chetlatish jarayoni 36 abstraksiyalash mahsuli hisoblanib, voqea, xodisa, predmetlar kuzatilayotganda nihoyasizlik abstraksiyasi, “sanab chiqilgan”, “tugallangan” abstraksiyalaridan foydalanish mumkin. Har muammoni o’rganishda abstraksiyasiz biror bir natijaga erishib bo’lmaydi. Uningsiz predmet(jarayon)ni mohiyatini ochish, uning ichki tabiatiga kirish mumkin emas. Narsa, hodisa, predmetni bo’laklarga bo’lish, ularni muhim tamoyillarini o’rganish, bo’laklarga ajratish abstraksiya metodi orqali bajariladi. Tizimli tahlil etish jarayonida, fikr, murakkablikdan oddiylikka, tasodifdan zaruratga qarab, xilma-xillikdan ayniyatga va birlikka qarab harakat qiladi. SHu sababli, tizimli idrok alohida o’rin tutadi. CHunki, tizimli tahlilning maqsadi qismlarni, murakkab butunning unsurlari sifatida o’rganib, ular o’rtasidagi aloqa va qonuniyatlarni aloqadorlik darajasini belgilab olishdan iborat. Birok, tizimli tahlil jarayonning mohiyatini ajratib, mavhum holda qolayotgan birlik, xilma-xillikdagi birlikni ochish uchun xizmat qiladi. Bunda sintezlashuv jarayoni vazifadorligi jihatidan muhim o’rin tutib, tahlil davomida ajratilgan qismlar, xossalar, munosabatlarni yagona bir butunlikka keltirish uchun xizmat qiladi. Sintez birlikdan, tafovutga va xilma-xillikka qarab yo’naltirilgan bo’lib, umumiylik va xususiylikni, birlik va xilmaxillikni muayyan organik yaxlitlikga birlashtiradi. Maydonini kegaytirishi bo’yicha murakkab vaziyatga tushirsada, ammo tadqiqotchining tahliliy faoliyatining mazmundorligini ta’minlaydi. CHunki o’rganilayotgan jarayonga ta’sir ko’rsatadigan barcha omillar (sub’yekti, ob’yektiv)ning ta’sir ko’rsatishini darajaviyligini (ular, kuchli ta’sir ko’rsatadi, to’ldiruvchi tarzida amal qilishi mumkin) belgilab olish imkoniyatini yaratadi. Bu o’z navbatida tizimli tahlil turining tuzulishiga oid tasavvurga ega bo’lishni taqozo etadi. Nazariy mulohazalar va tajribaning xulosaviy natijalariga suyanib tizimli tahlilning nazariy modelini (2 – chizma) keltiramiz. 37 2 - chizma. Tizimli tahlilni amalga oshirishda umumilmiy va xususiy metodlarni qo’llashning nazariy modeli Bir qarashda, go’yoki bu nazariy tasniflar tadqiqotchining idrok Tizimli tahlilni strukturaviy-funksional tuzilishi Qismlarga ajratish Tahlil Sintez Umumiy maqsadni belgilash va qismlarga ajratish Tizimning nazariy modelini ishlab chiqish Funksionallistrukturaviy tahlil Tizimning joriy holatini baholash Strukturaviy sintez Vazifadorlik sintezi Analog(o’xshashlik)la r-ning tahlili Tuziladigan tizimga oid talablarni shakllantirish Samaradorlik natijalarining tahlili Tizimni muhitdan ayrish Aloqador bo’lgan omillarning sharhi Prognozlarning tahlili Morfologik, omilli va indikativ tahlil Rivojlanish tendensiyasining sharhi, noaniqlikni holatini belgilash Mavhum muamammo tarzida sharhlash Funksional va tarkibiy qismlarga ajratish Ko’rsatkichlar sintezi Tizim faoliyatini istiqbolini prognozlash Joriy tizim va idel tizim orasidagi tafovutlarni ajratish Genetik tahlil Barcha axborotni jamlab, bir nechta variantlardan iborat bo’lgan qaror loyihasini ishlab chiqish 38 2.3. Natijalarni sharhlash texnologiyasi. Tizimli tahlilni muvaffaqiyatli kechishi, avvalambor, tahlining maqsadini qanchalik to’g’ri qo’yilganligi, hal qilinishi zarur hisoblangan masala tadqiqotchi tomonidan yetarli darajada tushunilganligi va ikkinchi navbatda tanlangan metodlar qay darajada muammoni o’rganishga bog’liq. SHundagina, pedagogik faoliyatda tizimli tahlilning muhim tomonlaridan hisoblangan, muayyan pedagogik muammoni bartaraf etishda zaruriy choratadbirlar majmuasini ishlab chiqishi hamda uning tarkibiy qismlarini belgilab beruvchi amaliy tavsiyalar manzilli bo’lishi ta’minlanadi. Bunda jamlangan ma’lumotlarni sharhlash alohida o’rin tutadi. SHarh, bu ma’lum pedagogik muammo bo’yicha (har qanday tashuvchilarda) eng muhimlarining qisqa va ketma-ket bayoni, ya’ni muayyan bosqichlar davomida metrik uslublar vositasida jamlangan barcha ma’lumotlarni yoki asosiy qismini umumlashtirish va baholash natijasida o’rganiladigan manbadir. Manba turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin, ya’ni so’rov yoki test natijasi, shikoyat yoki murojaat xati, raqamlar va shu ko’rinishda. Ularni bari matn shaklida keltirilgan bo’lishi mumkin. SHu sababli, matnda biror bir savol yoki bir qator savollarning yig’ma tavsifnomasi, sintezlashtirilgan ma’lumot bo’lib, ular muayyan bir vaqt davomida tayyorlangan bo’ladi. Bu o’z navbatida tahlilni amalga oshiruvchidan quyidagi bilim turlaridan foydalanishni taqozo etadi. Empirik bilim (eksperimental) tabiat qonunlari va insoniyat evolyutsiyasini kimyo, fizika, arxeologiya, botanika, zoologiya, paleontologiya kabi boshqa fanlarda o’rganilishi jarayonida olinadigan bilimlar. Mantiqiy bilim (tahliliy) matematika, astronomiya, molekulyar fizika va boshqalar. Bu, insonning chuqur o’rganishi jarayoni natijasida yuzaga keladigan keng bilimdir. Bu yerda oldindan bilish va his etish muhim rol o’ynaydi; Badiiy bilim - adib, musiqachi, musavvirlarning faoliyatiga daxldor bo’lib, ob’yektiv borliqni badiiy uslublar yordamida aks ettiradi. Maishiy bilim - an’analar, xatti-harakatning me’yor va qoidalari, milliy o’ziga xosliklarga taalluqli ma’lumotlar majmuasidir. Tezkor bilim - insoniyat hamjamiyatining siyosiy, harbiy, ijtimoiyiqtisodiy muammolar, ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalari, tabiat falokatlari haqidagi kundalik mo’ljali uchun zarur bo’lgan axborot. “Protobilim” - arxiv bilimlar. Pedagogik faoliyat doirasida tizimli tahlilni amalga oshirishda bilimlarni ushbu tarzda ajratish shartlidir. Inson bilimi bu bizni o’rab turgan dunyo manzarasini anglashning yagona jarayoni, unda bir turdagi axborot boshqasiga o’tadi, eskirgan bilim o’rnini yangisi egallaydi. YA’ni, sodda qilib aytganda, biz kimmiz, bu yorug’ dunyoga nima uchun keldik, biz unda va u bilan nima qilishga majbur ekanligimizni bilish uchun amaliy xizmat qiladi. 39 Muammoli vaziyatni oldindan ko’rishning barcha nozik tomonlarini bilish uchun axborot zarurdir. Ular, yopiq tarzda hamda ogohlantiruvchi va istiqbolni belgilovchi ruhda bo’lib, ularni jamlash uchun vosita sifatida metrik usullar to’g’ri tanlanishi shart. Qolgani esa tahlilchining ishi bo’lib, u yetishmagan axborotni o’zinining tahlilga bo’lgan intellektual qobiliyati bilan to’ldiradi. SHuni ta’kidlash muhimki, mutaxassis tomonidan tayyorlangan hujjat (o’z ob’yektivligiga ko’ra) iste’molchi/buyurtmachi tomonidan qabul qilinishi yoki rad etilishi mumkin. Bu uning nuqtai nazariga ko’ra (ayrim sabablarga ko’ra tahlilchi tanishishi qiyin bo’lgan maxsus kasbiy axborotning borligi bilan izohlanadi) mavjud muammoga kasbiy manfaatlar nuqtai nazari bilan qarashdir. Tahlilchi va iste’molchi/buyurtmachi o’rtasidagi ushbu ziddiyatlar natijasida talab qilinayotgan haqiqati yuzaga keladi. Inson tafakkuri uni qurshab turgan atrof muhitga munosabat bildiruvchi (aks ettiruvchi) uning miyasi faoliyatining mahsulidir. SHu yo’sinda u sub’yekt(individ)ga tegishli bo’ladi, ya’ni, uning o’rab turgan dunyoga nisbatan sub’yektivdir. Tafakkur yordamida inson ikki bir butun vazifani bajaradi: 1. ob’yektiv dunyoni, uning ichki mohiyatini anglaydi, anglash orqali esa uni qayta idrok etadi; 2. tafakkurning ichki mexanizmlarini bilishga intiladi, ya’ni dunyoni u o’zi qanday anglaydi va buni nima maqsadda amalga oshirishini tushunib yetadi. Tahliliy intellektning muhim belgilari quyidagilar hisoblanadi: teranlik - dalil va hodisalarning mohiyatiga yet·ib bora olish qobiliyati, ularning sabab va qonuniyatlarini, aloqadorligi va rivojlanish istiqbolini bilish; tanqidiy qarash - hodisa va dalillarni ob’yektiv baholash, mavjud· qarash, mulohaza, qarorlarni shubha ostiga olgan holda yondashish; egiluvchanlik - bir g’oyadan ikkinchisiga o’ta olish, shu jumladan· o’zinikiga zid bo’lgan g’oyalarga ham; bilimning kengligi - hodisalar o’rtasidagi aloqadorlikni ko’ra· olish qobiliyati, muammoni keng ko’lamda ko’ra olish; tezkorlik - topshiriqlar yechimining tezligi;· asllik - notakror yechimlarni topa olish qobiliyati, umumiy qabul· qilingan qarashlardan farqli bo’lgan yangi g’oyalarni o’rtaga tashlay olish; sinchkovlik - hodisalarning tub mohiyatigacha yetib borishga bo’lgan· intilish; intuitsiya - zakovatning barcha belgilarini faol ishga solgandan· so’ng voqealar rivojini oldindan ko’ra olish qobiliyati. Pedagogik faoliyat doirasida tizimli tahlilni o’tkazuvchi mutaxassis quyidagilarga masalarga oid aniq tasavvurga ega bo’lishi maqsadga 40 muvofiqdir: - pedagogik tizimning funksionallagiga oid; - ta’lim – tarbiya psixologiyasiga oid; - pedagogik jamoalarni boshqarishga oid; - turli destruktiv guruhlarga oid; - internetning qidiruvchi tizimlariga oid; - mahalliy va xorijiy OAVda ta’limga doir munosabatlariga oid; - maxsus tematik adabiyotlarga oid va b. Ko’rinib turibdiki, tahlil avvalam bor axborotning sifat va mazmundorligini ta’minlashni taqozo etadi. SHu bois, bu jarayonda ilmiy (yangi bilimni ishlab chiqarish) va boshqaruv (qarorlar, ssenariylar variantlarini ishlab chiqish) funksional kesishadigan nuqta hisoblanadi. Tizimli tahlil tizimida funksional kesishuv (o’zaro aloqadorlik) xarakterini quyidagicha ta’riflash mumkin: bir tomondan, ilm-fan va axborot tahlili bu bilishni va voqe’likni ilmiy tahlilining axborotli usulidir. Ammo ular orasida farqlar ham bor. SHu bois, dalil va voqealar haqida bahsni amalga oshiradi, ularni rivojlanish istiqbolini nafaqat umumlashtirilgan tipik parametrlar, balki bir qator qo’shimcha omillar bilan belgilashni taqozo etadi. Aslida, ma’lumotlarni semantik qayta ishlash jarayonini mustaqil bosqichlarga nisbatan ketma-ketlik shaklida ko’rsatish mumkin. Qo’yida, tizimli tahlil uchun maqbul bo’lgan harakatlarning ketma ketligini turli bosqichlar asosida amalga oshirishining nazariy modelini texnologiya tarzida 2 - chizmada taqdim etamiz. Bunda, ya’ni tizimli tahlilni amalga oshirishda tadqiqot usuli, aniqrog’i tizimli tahlil usuli tahlilchining faoliyatini samaradorligini ta’minlaydi. SHu sababli, uslub chuqur tahlil o’tkazishni ta’minlash barobarida, qaror qabul qilish, qaror variantlarini shakllantirish uchun ham xizmat qilishi lozimligini ko’rsatib o’tamiz. Bunda, mutaxassislarni intuitsiyasini faollashtirish uslubi (MIFU) va tizimni formal tasavvur etish uslubi (TFTEU)dan foydalaniladiki (3-chizma), buni tizimli tahlilni amalga oshirishda qo’llaniladigan takt sifatida ham ko’rib chiqish mumkin. 3 - chizma. Tizimli tahlil natijalarini sharhlash texnologiyasi. Tizimli tahlil ob’yekti, predmeti va muammosini aniqlash ↓ Ob’yekt va predmetni mukammal modelini tuzish ↓ Muammoga oid bo’lgan axborotni jamlash ↓ Daliliy manbalarni aniqlik darajasini 41 baholash ↓ Dalillarning ma’nosini sharhlash ↓ Faraz ishlab chiqish ↓ Samarali tahlil turini tanlash (ular strukturaviy, funksional, institutsional bo’lishi mumkin) ↓ Tizimli tahlil uslublarini tanlash yoki ishlab chiqish ↓ Dalillarga tayangan holda isbotni amalga oshirish ↓ Tahliliy xulosalarni ifoda etish ↓ Tadqiqot natijalarini ishonchli va oydin bayon etib, taklif va tavsiyalar berish Agarda, pedagogik faoliyat statik emasligini, ya’ni dinamikligini inobatga olsak, jamiyat hayotidagi har bir o’zgarish u, yoki bu ko’rinishda pedagogik jarayonda ifodalanadi. SHu sababli, pedagogik faoliyat davomida ifodalanadigan shaxsiy, kasbiy, uslubiy, jamoaviy, texnik, ekologik va boshqa shu kabi muammolarni oldindan bilish va baholash talab etiladi. Buning uchun quyidagi nazariy modeldan foydalanish mumkin deb hisoblaymiz: “Ob’yektning institutsional tavsifi→Ob’yektning funksional tavsifi→Ob’yektning strategik tavsifi→Ob’yektga yetkaziladigan ehtimolli zararlar ko’lami, darajasi, miqdori (mablag’ hisobidagi ko’rsatkichi, ma’naviy va psixologik sohadagi balli ko’rsatkichlari kabilar)ning tavsifi→Ob’yektning boshqa ob’yektlar bilan aloqadorligini tavsifi→Ob’yekt faoliyatini ta’minlash uchun mavjud shart-sharoitlarning tavsifi→Faoliyatni ta’minlashda hamkorlikning asosiy yo’nalishlarini tavsifi→Barcha tavsiflarning tahlili ═ Prognoz”. Natija tariqasida, prognoz namoyon bo’lib, pedagogik faoliyatda ifodalanishi mumkin bo’lgan ehtimoliy muammolarni ko’rsatib beradi. Bu o’z navbatida resurslrani baholash va ulardan foydalanish tartibini belgilab olishni talab etadi. 42



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin