2.1.Ilmiy-pedagogik faoliyat davomida talabalar tomonidan bajariladigan vazifalar Nizomiy nomli TDPU magistrant talabalar ilmiy-pedagogik ish amaliyotini tashkil etish “Magistrlik dasturiga qo’yiladigan talablar”ga muvofiq ravishda amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Davlat ta’lim standarti ko’zda tutgan ixtisoslik fanlari magistrda zamonaviy ilmiy bilimlar olish, tubdan kasbiy ixtisoslashishi, ilmiy-pedagogik faoliyat bo’yicha bilimlarni Nizomga asosan magistr: Ilmiy-pedagogik amaliyot natijalari bo’yicha: - yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, o’quv-tarbiyaviy jarayonini faollashtirish uslublari, talabalar bilimlarini reyting nazorat tizimida baholash; - mustaqil o’qishning tashkiliy va o’quv –uslubiy ta’minoti, uzoqdan o’qishning texnologiyalari; - o’quv-uslubiy qo’llanmalarni yaratish asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak; - turli mashg’ulotlarni o’tkazish, ma’ruza matnlari va mashg’ulotlar o’tkazish rejalarini tuzish; - talabalar bilimlari nazoratining tashkiliy va o’quv-uslubiy ta’minotini rejalashtirish; - tarbiyaviy ishning tashkiliy va o’quv-uslubiy ta’minoti bo’yicha tajribaga ega bo’lishi kerak. Ilmiy-pedagogik amaliyot, odatda, oliy ta’lim muassasalarida o’tkaziladi. Bunday amaliyotni ikki tomonlama va boshqacha kelishuvlar asosida xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida o’tkazish mumkin. Ilmiy-pedagogik amaliyot: - ixtisoslik fanlari bo’yicha turli mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha tajriba orttirish; - ma’ruzalar matnlari va mashg’ulotlar o’tkazish rejalarini tuzish; - yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o’rganish va qo’llash; - talabalar bilimlarini reyting -nazorat qilish tizimini o’rganish va qo’llash; - talabalar mustaqil bilim olishining tashkiliy va o’quv-uslubiy ta’minotini o’rganish; - uslubiy ko’rsatmalarni ishlab chiqish; - tarbiyaviy ishlarni olib borishni ko’zda tutadi. Ilmiy pedagogik ish magistratura o’quv jarayonining muhim uzviy bo’lagi bo’lib, uning maqsadi oliy ta’lim muassasasi o’qituvchisi sifatida tayyorlanayotgan magistrantlarning egallangan ilmiy-nazariy bilimlarni bevosita amaliy tadbiq etib, ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida bilim berish pedagogik mahoratini egallashlarini ta’minlashdan iborat. Magistrantlarning ilmiy pedagogik ish va davrida o’zlarining magistrlik dissertatsiyasi mavzusidagi ilmiy izlanishlarida pedagogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazishlari va olingan natijalar asosida mazmunan boyitishlari ham nazarda tutilgan bo’ladi. Universitet bo’yicha ilmiy pedagogik ish o’tkazish davomida magistrantlarga bir qator vazifalar qo’yiladi va ularning ilmiy rahbarlari tomonidan bevosita nazorat qilinadi. Nizomiy nomidagi TDPUda magistratura o’quv jarayoni jadvaliga ko’ra ilmiy-pedagogik ish semestrlar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan: