1-Mavzu: Pedagogik ilmiy-tadqiqot jarayonini Modellashtirish fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə36/37
tarix31.01.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#81992
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Metodologiya majmua (3)

Jami

100

2.3.Ilmiy faoliyatning IV bosqichi (4- semestr)
Malakaviy amaliyot (8- hafta)
Hozirgi kunda respublikada ta’lim- tarbiya va ilmiy- pedagogik tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg’unlashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali sohada yuqori ko’rsatkichlarga erishishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va tarbiya berish tizimi o’tkazilayotgan islohotlar talablari bilan chambarchas bog’lanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zamon talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosidagi ta’lim va tarbiya berish, uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Barcha fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda malakaviy amaliyotning o’rni beqiyos. Magistrant talabalarni malakaviy amaliyotini tashkil etish “Magistrlik dasturiga qo’yiladigan talablar”ga muvofiq ravishda amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Malakaviy amaliyot magistratura o’quv jarayonining muhim uzviy bo’lagi bo’lib, uning maqsadi oliy ta’lim muassasasi o’qituvchisi sifatida tayyorlanayotgan magistrantlarning egallangan ilmiy-nazariy bilimlarni bevosita amaliy tadbiq etib, o’quv jarayonining o’quv-me’yoriy hujjatlari haqidagi ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida bilim berish pedagogik mahoratini egallashlarini ta’minlashdan iborat. Magistrlar malakaviy amaliyoti mutaxassislarni tayyorlashda Davlat ta’lim standartiga, xususan o’quv rejaga muvofiq tarzda tashkil etiladi va u ta’lim jarayonining bevosita tarkibiy qismi hamda davomi hisoblanadi. Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi - bitiruvchini bevosita ta’lim standarti talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, o’zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo’yicha tajriba hosil qilish, oliy ta’limda ilmiy va pedagogik faoliyat olib borish ko’nikmalarini to’liq shakllantirishdan iborat. Magistrantlarning malakaviy amaliyot davrida kaferada o’qitiladigan fanlarga biriktiriladi va shu fan bo’yicha o’quv –metodik majmua yaratishda ishtirok etadi, shu bilan birga o’zlarining magistrlik dissertatsiyasi mavzusidagi ilmiy izlanishlarida pedagogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazishlari va olingan natijalar asosida mazmunan boyitishlari ham nazarda tutilgan bo’ladi.Belgilangan 8 hafta davomida magistrantlar bakalavr ta’lim yo’nalishida amaliy , labaratoriya , seminar mashg’ulotlarini kalendar- tematik rejalashtirish muvofiq tarzda olib boradilar. O’quv metodik majmuani qayta yaratish va yangilash jarayonida magistrant zamonaviy va ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llagan tarzda shakllantirishi kerak.Magistrant tomonidan o’quv uslubiy majmuaga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar o’z samarasini berishi kerak. Universitet bo’yicha malakaviy amaliyot o’tkazish davomida magistrantlarga bir qator vazifalar qo’yiladi va ularning ilmiy rahbarlar va kafedradagi malakaviy amaliyot bo’yicha mas’ul shaxs tomonidan bevosita nazorat qilinadi: - Mutaxassislik fanlari bo’yicha olgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va ularni malakaviy amaliyot davrida mustahkamlash; - kafedraning boshqaruv tuzilishini o’rganish; - Kafedra rahbarlari va mutaxassislarining xizmat vazifalarini o’rganish; -amaliyot dasturida ko’zda tutilgan topshiriqlarni to’liq bajarishi; -amaliyot davrida kafedraning ichki mehnat tartib qoidalariga bo’ysinishi; -amaliyot rahbariga barcha topshiriqlarni bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berishi va amaliyot bo’yicha test -sinov topshirishi shart Nizomiy nomidagi TDPUda magistratura o’quv jarayoni jadvaliga ko’ra malakaviy amaliyot semestrlar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan:



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin