2. Ilmiy-pedagogik faoliyatning mazmuni Ilmiy-pedagogik faoliyat magistratura o’quv jarayonining muhim uzviy bo’lagi bo’lib, uning maqsadi oliy ta’lim muassasasi o’qituvchisi sifatida tayyorlanayotgan magistrantlarning egallangan ilmiy-nazariy bilimlarni bevosita amaliy tadbiq etib, ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida bilim berish, pedagogik mahoratni egallashni ta’minlashdan iborat. Magistrantlarning ilmiy-pedagogik amaliyot davrida o’zlarinining magistrlik dissertatsiyasi mavzusidagi ilmiy izlanishlarida pedagogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazishlari va olingan natijalar asosida mazmunan boyitishlari ham nazarda tutilgan. Universitetda ilmiy-pedagogik faoliyat davomida magistrantlarga quyidagi vazifalar qo’yiladi va ularning ilmiy rahbarlari va kafedra mudirlari tomonidan bevosita nazorat qilinadi: I.Ilmiy-pedagogik faoliyatni bajarish avvalida magistrantlar turli shakldagi darslarni tahlil qilib o’rganishlari lozim bo’ladi. Bundan ko’zlangan maqsad ta’lim jarayonini amalga oshirishning yanada mukammal metod va shakllarini o’zlashtirish orqali mashg’ulotlar mazmunini takomillashtirib borishdan iborat. Ilg’or tajribalarni o’rganish va tatbiq qilish o’quv-tarbiyaviy jarayon samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. SHu sababli magistrantlar har bir tahlil qilingan mashg’ulotdan o’z bilim va tajribalarini boyitish uchun foydalanishi hamda ularni ommalashtirishga harakat qilmog’i lozim. Darslarni tahlil qilishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:
Ta’limning zamonaviy muammolari yechimini aks ettiruvchi o’quv mashg’ulotlari turini tanlash.
Darsni kuzatish jarayonida asosiy e’tiborni magistrantning shaxsiy tajribasini oshirishga qaratilishi.
Bir darsda aniqlangan tajribani boshqa mashg’ulotlarda qaysi darajada namoyon bo’lishi va o’ziga xosligiga e’tibor qaratish.
Qo’llanilayotgan metod va usullarning erishilgan natijalar bilan bevosita uzviy bog’liqlik omillarini aniqlash.
Aniqlangan amaliy tajribalarini nazariy manbalar asosida o’rganib, ularning asoslanganlik darajasini belgilash.
Darslarni tahlil qilishda amaliy, laboratoriya yoki seminar mashg’ulotlaridan biri ixtisoslik fanlarida ko’zda tutilmagan bo’lsa, uning o’rniga mavjud bo’lgan dars shakli qo’shimcha tahlili qilinadi.