310
nazoratni talabalarning bilim darajasini har tomonlama aniqlash uchun
qo‘llab bo‘lmaydi.
Neyropedagogika
- inson miyasining ijodiy imkoniyatlarini
aniqlash va amaliy (funktsional)
rivojlantirish, shaxsda faoliyatga
nisbatan faol, ongli munosabatni qaror toptirish, ijtimoiy xulq-atvorni
psixologik korrektsiyalash, bolalar ruhiy rivojlanishni
tashxislash va
bashoratlashning yangi ilmiy dasturlari, samarali shakl va metodlarini,
yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tadqiq etadi.
Oligofpenopedagogika
– aqliy jihatdan zaif bolalarning ta’lim va
tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.
Oliy ma’lumot darajasi
— shaxs tomonidan oliy ta’limning
muayyan o‘quv rejalari va fanlar dasturini mazkur ma’lumot
haqida
tegishli davlat hujjati berilgan holda, o‘zlashtirishi natijasi.
Oliy
ma’lumot
haqida
davlat
hujjati
(diplom)
—
akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilariga
beriladigan va ularning oliy ta’limning o‘quv rejalari va fanlar dasturini
bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat. Hujjat
uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki
olingan akademik darajaga muvofiq ishlash huquqini beradi.
Oliy ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi
— oliy ta’lim
muassasasi faoliyati darajasining OT DTS mezon va talablariga javob
berishining davlat tomonidan e’tirof etilishi.
Dostları ilə paylaş: