120
Barcha qayd qilib o‘tilgan ta’lim shakllaridan hanuzgacha o‘zining
qimmatini yo‘qotmagan, dunyoning barcha ta’lim muasasalarida keng
qo‘llaniladigan sinf- dars tizimi hisiblanadi.
Professor N.X.Avliyoqulovning fikriga ko‘ra «sinf-dars tizimi
o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
-Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan talabalar
sinflarini (guruhini) tashkil etadi.
- Sinfda (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlari
va yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi.
-Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta
mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi.
- O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichi, jamiyat
ehtiyojini fan-texnika yutuqlri oliy ta’lim muassasalarda o‘qitishning
tashkiliy shakillarini mazmunan va tarkibidan o‘zgarishiga olib keldi.
Ayniqsa, mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun talablarni
amalda bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlangan “Nizom”ga binoan oliy
maktablarda o‘quv mashg‘ulotlarining ma’ruza, amalyot, seminar,
amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, malakaviy bitiruv
ishi, magistrlik desertatsiyasini tayyorlash kabi shakl-usullar joriy
etilgan
1
.
Shu o‘rinda e’tirof etish joizkiy, bugungi kunda oliy ta’lim
muassasalarida o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishda quyidagi
yondashuvlar ko‘zga tashlanmoqda:
Dostları ilə paylaş: