№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


Ko‘rish va eshitishga moslashtirilgan audiovizual vositalar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Ko‘rish va eshitishga moslashtirilgan audiovizual vositalar. 
e
shitish va ko‘rish yordamida ma’lumotlarni idrok etish. Audiovizual 
vositalar 
yordamida 
amalga 
oshadi. 
Bularga 
kinofil’mlar, 
teleko‘rsatuvlar, 
videoyozuvlar, 
diafil’mlar, 
videomagnitafonlar 
taalluqli bo‘lib, ular videoproektorlar yordamida video axborotlarni 
proektsiyalab beradi. Bugungi kunda videomagnitafonlar, kinofil’mlar, 
televidenie o‘quv jarayonida keng qo‘llaniladigan didaktik vositalar 
sirasiga kirib qoldi. 
Ilmiy-nazariy ma’lumotlar va maktab tajribasining ko‘rsatishicha 
o‘quv-ko‘rgazmali vositalar o‘qitishning didaktik vositalari majmui 
mazmunidagi eng oddiy, eng qulay va qo‘llash uchun har tomonlama 
oson hamda ko‘p tarqalgan vositalar hisoblanadi. 
O‘qitishning o‘quv-ko‘rgazmali vositalarini ba’zan vizual, ya’ni 
o‘qitishning tovushsiz vositalari deb ham atashadi. Chunki, o‘quv-
ko‘rgazmali vositalarda axborotlar (obyekt) tasvirlangan bo‘lib, ularda 
tovush bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularni faqat namoyish etish 
mumkin bo‘ladi. 
O‘qitishning o‘quv-ko‘rgazmali vositalarini ko‘p qo‘llanishining 
yana bir sababi, ular oddiy maktab sharoitida ham tayyorlanishi 
mumkin. Ularda ma’lumotlar (obyekt) qisqa, lo‘nda, yo‘nalishli, bayon 
etiladi. Shuning uchun ulardan foydalanish, ularni qo‘llash va yaratish 
juda oson hisoblanadi. Shu o‘rinda e’tirof etish joizki, o‘quv-
ko‘rgazmali vositalar muntazam faoliyatda bo‘lishi, o‘qituvchining 
mavzuli-ishchi 
rejasida 
o‘z ifodasini topishi uchun ta’lim 
muassasalarida o‘quv-ko‘rgazmalari vositalar kartotekasini ishlab 
chiqish maqsadga muvofiq. Kartotekada o‘quv-ko‘rgazmali vositaning 
nomi, mavzuli-o‘quv dasturdagi mavzu raqami, qisqacha mazmuni 
ifodalanishi darkor. Chunki, bu vositadan aniq vaqtda, aniq mavzuda 
foydalanishni osonlashtiradi. O‘quv-ko‘rgazmali didaktik vositaning 
juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ular o‘quv predmetlarining juda ko‘p 
jihatlarini, kunlik turmushimizdagi hodisotlarni, ishlab chiqarish 


116 
sohalaridagi ayrim lavhalarni aks ettiradi. Ulardan o‘rinli foydalanish 
o‘quv predmetining mazmunini qiziqarli, o‘quv ma’lumotlarini 
ta’sirchan, o‘quvchilar o‘zlashtirish jarayonini samarali qiladi. O‘quv-
ko‘rgazmali vositalarini tor ma’noda ko‘rgazmali vositalar, kengroq 
ma’noda o‘qitishning didaktik vositalari deb atash qabul qilingan. 
Uning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘quvchilarning ko‘rish organlariga 
ta’siri, ko‘rinish qoidalari, ma’lumotlarni bayon eta olish imkoniyati
axborotlar etkazish turi bo‘yicha quyidagicha guruhlash mumkin. 
Jadvalda aks ettirilgan o‘quv-ko‘rgazmali vositalar, didaktik 
vositalar majmuidan o‘rin olgan muhim o‘quv vositalari hisoblanadi. 
Axborotni uzatish, muayyan ko‘rinishda izohlash nuqtai nazaridan 
natural o‘quv-ko‘rgazmali vositalar eng qulay va ko‘p qo‘llaniladigan 
vosita hisoblanadi. Chunki, ularni tabiiy holda ko‘rsatish imkoniyatlari 
katta. Ularni pechatli (chop etilgan) ko‘rsatmali vositalar to‘ldiradi. 
Ular mavjud va ularni ta’lim muassasasi sharoitida ham yasash 
mumkin. O‘qitishning hajmli ko‘rgazmali vositalari ko‘p tarqalgani 
hamda ularni yaratish imkoniyati mavjudligi uchun ham ular eng qulay 
o‘quv-ko‘rgazmali vosita sanaladi. Bugungi bozor iqtisodi sharoitida 
ulardan foydalanish faoliyat uchun samarali bo‘ladi. Proektsion 
ko‘rgazmali vositalar garchi texnika bilan bog‘liqlik tomoni bo‘lsada, 
ular ovozsiz namoyish etilganligi sababli ular ushbu guruhga kiritilgan. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin