1-Mavzu Psixologik maslahatning umumiy muammolari Reja
2-Mavzu: Psixolog konsultant tomonidan mijozdagi xavotirni konsultatsiya qilish
Kimni malakali psixolog-maslahatchi deb atash mumkin?
Buning uchun nima qilishni bilish kerak?
Oliy va maxsus oliy psixologik m a’lumotga ega va bundan
tashqari psixolog-maslahatchi sifatida yetarli amaliy ish tajribasiga
ega, mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan va kerakli sertifikat
bilan tasdiqlangan odam psixolog-maslahatchi bo‘lishi mumkin.
Buni kengroq tushuntirib o'tamiz.
Mutaxassis oliy o‘quv yurti — universitet yoki instituting
psixologiya fakulteti yoki bo‘limini muvaffaqiyatli yakunlagandan
keyin oigan m a ’lumoti umumiy oliy psixologik ta’lim deb ataladi.
Psixologiya fani va amaliyoti yo‘nalishlaridan birida ixtisoslashishni
ko‘zda tutish ta ’limi maxsus psixologik ma’lumot deb ataladi.
Bunday ikki turdagi ta’lim psixolog-maslahatchi uchun zamonaviy
ilmiy asosda va ishni chuqur amaliy tushunish bilan, maslahatchilik
bilan shug‘ullanishi uchun zarur, xususan quyidagi savollarga javob
bera olishi uchun kerak:
Zam onaviy mijozlarning psixologiyasi qanday? Haqiqatda
psixologik maslahat so‘rab yordam ko‘rsatishga murojaat etgan
mijozlar bilan hozirgi paytda nimalarsodir boMmoqda? Nima uchun
mijozga aynan shunday tavsiyalar kerak? Ushbu tavsiyalar mijozga
qanday ta ’sir ko‘rsatishi kerak?
Mijozga qanday qilib ilmiy asosda ushbu aniq maslahatlar
ahamiyatini tushuntirish kerak?
Ushbu barcha savollarga psixolog-maslahatchi beradigan javoblar
mijozga tushunarli bo‘lishi va professional psixologlar uchun ishonchli
bolishi kerak. Psixolog-maslahatchiningamaliy faoliyati bilan, uning
odamlar bilan psixologik ishlash metodlarini okzlashtirish bilan bog‘liq
psixologik ta ’lim maxsus amaliy ta’lim deb ataladi. Birinchi navbatda
gap oliy m a ’lumotli amaliy psixologlarni tayyorlovchi maxsus
fakultetlarda o ‘qitiladigan ilmiy asoslangan ish metodlari to‘g‘risida
boradi. Psixolog-maslahatchi uchun katta amaliy ishlar tajribasi
psixologiyani o‘qitishi uchun emas, balki odamlarning ancha
murakkab hayotiy muammolarini hal etishi uchun zarur.
Psixolog-maslahatchi uchun arnaliy ish tajribasi h ar doim ham
zarur. Bularning barchasi psixolog-maslahatchining kasbiy ishi
uchun juda muhimdir. Psixolog-maslahatchi bilim va malakaiardan
tashqari qator maxsus shaxsiy sifatlarga cga bo‘lishi kerak. Masalan,
u odamlarni yaxshi ko‘rishi, ularning holatlarini so‘zsiz sezishi va
tushunishi kerak. Mehribon, chidamli, xushmuomala va mas’uliyatli
bo‘lishi kerak.
Ushbu talablarga shu sohada mashhur mutaxassis bo‘lgan
R. Meyning psixolog-maslahatchi to‘g‘risida o‘z vaqtida aytgan
gaplarini qo'shimcha qilish mumkin. “ Maslahatchi-psixolog, -
deb yozadi u, - odamlarni o ‘ziga jalb qilishi, har qanday odamlar
orasida o ‘zini erkin his qilishi, empatiyaga qodir b o ‘Iishi kerak.
Psixolog-maslahatchida asosiysi — bu mehribonlik va mijozni
tushunishga intilish, unga o ‘zini yaxshi tomonlarini k o ‘ra olishga
va shaxs sifatida o ‘zining qim m atini anglab yetishga yordam
berishdir”.
Psixologik maslahatga qo‘yiladigan talablar
Psixologik maslahatga va psixolog-maslahatchi amaliy ishiga
qo‘yiladigan umumiy, kasbiy va m a’naviy-axloqiy talablar tizimi
nizomlarda juda yaxshi aks ettirilgan. Mana shu N izom ning
k o ‘pchilik qoidalari p sixolog-m aslahatchi ishiga bevosita
qoMlanilgan. Ularning «psixolog» iborasi o ‘rniga «psixologmaslahatchi» so‘z birligini kiritib, ushbu qoidalarni eslatib o'tamiz.
1. Psixolog-maslahatchining kasbiy faoliyati u tak lif etgan
tavsiyalari uchun mijoz oldida mas’uliyati bilan ifodalanadi.
2. Psixolog-maslahatchining kasbiy faoliyati m a’naviy-axloqiy
va yuridik asoslarga muvofiqlikka tayanishi kerak.
3. Psixolog-maslahatchining faoliyati mijozning intellektual va
shaxsiy rivojlanishi y o lid a har qanday cheklanishlarni olib
tashlashni ko‘zda tutuvchi insonparvarlik maqsadlariga erishishga
qaratilgan.
4. Psixolog-maslahatchi o ‘z ishini mijoz shaxsini so‘zsiz hurmat
qilish va daxlsizligi asosida tashkil etadi. Psixolog-maslahatchi inson
huquqlari deklaratsiyasi bilan belgilangan inson huquqi asoslarini
hurmat qiladi.
5. Mijozlar bilan ishlashda psixolog-maslahatchi halollik va
ochiqlik tamoyillariga amal qiladi. Shu bilan birga u mijozga
maslahat va tavsiyalarni berganda puxta o‘ylashi va ehtiyot bo‘lishi
kerak.
6. Psixolog-maslahatchi mijoz huquqlari buzilishini sezganda
o ‘z kasbiy birlashmalari a ’zolari, hamkasblariga xabar berish,
mijozlar bilan insonparvarlik munosabatlari buzilayotgani holatlarini
aytishi kerak.
7. Psixolog-maslahatchi mijozlarga kerakli m a’lumoti, malakasi,
bilimlari va ixtisosi mavjud bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin.
8. 0 ‘z ishida psixolog-maslahatchi faqat zamonaviy umumfan
standartlariga javob beradigan sinovdan o‘tgan metodikalarni
qo‘llashi kerak.
9. 0 ‘zining bilimlari va malakalarini doimiy ravishda yuksak
darajasini ta ’minlab turish psixolog-maslahatchining majburiy
tarkibiy qismi hisoblanadi.
10. Ilmiy tajribalarga to ‘la javob bermaydigan, yetarlicha
sinovdan o ‘tmagan psixologik metodlar va tavsiyalarni qo‘llashga
majbur b o ‘lganida psixolog-maslahatchi bu haqida o‘z mijozlarini
ogohlantirishi va o‘z xulosalarida juda ehtiyot bo‘lishi kerak.
11. Psixolog-maslahatchi o ‘z mijozi to‘g‘risida m a’lumotni
oshkor qilishga yoki maslahatlar natijasi to‘g‘risida ma’lumotni
uchinchi shaxsga aytishga haqqi yo‘q.
12. P sixolog-m aslahatchi huquqi boMmagan, kasbiy
tayyorgarlikka ega boMmagan shaxslarning psixologik maslahatlar
va psixologik ta ’sir ko‘rsatish metodlaridan foydalanishlariga
to'sqinlik qilishi hamda shunday «mutaxassislarning» xizmatlaridan
foydalanayotganlarni bu haqda ogohlantirishi kerak.
13. Psixolog-maslahatchi huquqi bo'lmagan odamlarga mijozlar
bilan psixologik ishlar metodlarini o‘rgatishi mumkin emas.
14. Psixolog-maslahatchi mijoz tomonidan nookrin ishonch va
umid yuzaga keltirmaslik uchun, ehtiyot bo'lishi kerak, unga bajarib
bo‘lmaydigan va’dalar, maslahatlar va tavsiyalar bermasligi kerak.
15. Psixolog-maslahatchi mijozlarga taalluqli axborotlarni sir
saqlash uchun shaxsiy javobgarlikni bo‘yniga oladi.
Mana shu barcha qoidalarga yoki odob normalariga amal qilish
psixolog-maslahatchi amaliy ishida majburiy hisoblanadi. Bundan
tashqari kasbiy tayyorlangan yaxshi psixolog-maslahatchining kasbiy
to la tayyorlanmagan psixolog-maslahatchidan ajratibturadigan yana
bir qator muhim farqlar bor. Bu farq psixolog-maslahatchining
mijozga boMgan munosabati, psixologik maslahatlar davomida uchrab
turadigan qiyin vaziyatlardan u qanday chiqa olishiga bogliq. Quyida
keltirilgan 1-jadvalda tajribali va tajribasiz psixolog-maslahatchi
xulqining 10 ta xususiyatlarini solishtirib ko‘rsatib o‘tilgan.
1-j.adval. M aslahat berish davom ida tajribali va tajrib asiz
psixolog-maslahatchi xulqining xususiyatlarini taqqoslash
j№
Xulqining
solishtirilayotgan
xususiyatlari
Tajribali psixologmaslahatchi
Tajribasiz
psixologmaslahatchi
I. Maslahat
maqsadini qo‘yish.
Mijozga uning o‘zi
ma’lum maqsadlarga
erishishiga yordam
berishga urinadi.
Mijozning istagini
e’tiborga olmay,
o‘zining shaxsiy
maqsadlarini
bajarishga majburlamoqchi bo‘ladi.
2. Mijozga taklif
etilayotgan
tavsiyalarda
namoyon
bo'ladigan
maslahat berish
strategiyasi.
Mijozga xulqi turli
uslublarini taklif
etadi va bu zarur
bo‘Isa, mijoz amalga
oshirishi kerak
boMgan aniq
harakatlami aytadi.
Mijozga faqat xulqi
turli uslublarni
taklif etadi, hatto
mijoz so‘raganda
ham deyarli unga
aniq maslahatlar va
tavsiyalar berishdan
bosh tortadi.
3. Maslahat berish
davomida sodir
boMayotganlarni
idrok etish.
Har qanday nuqtayi
nazarni tushunadi va
to‘g‘ri deb qabul
qilish va tan olishga
hamda unga mos
ravishda amaliy
harakatlami amalga
oshirishga qodir.
Faqatgina bir o‘zi
muammo haqida
fikrlay oladi,
boshqalar fikrlarini
tushunish va tan
olishga qodir emas.
4. Mijozning
ko'nglidagi
gaplarini aytganida
nazariy va
psixologik
yo‘na!ish.
Turli nazariyalarni
tushunadi, qabul
qiladi va uiar ustida
nazariy ishlay oladi,
ko‘plab muqobil psixoterapevtik yondoshishlarning foydasini
yaxshi tushunadi va
yuqori baholaydi.
Faqatgina yagonabir nazariya yoki
bir psixoterapevtik
yondoshish ustida
amaliy ishlay oladi,
boshqa nazariya va
yondoshishlarni
noto‘g‘ri deb
tushunadi.
5. Shaxsiy
imkoniyatlari va
chegaralarini yaxshi
tushunadi.
0 ‘zining imkoniyatlari
chegaralanganligini
tushunadi, o‘zidan
tajribali psixologmaslahatchi nazorati
ostida ishlashga rozi,
o‘z tajribalari bilan
boshqa psixologmaslahatchilar bilan
o‘rtoqlashadi va
ularning ish
tajribalaridan
foydalanishga tayyor.
0 ‘zining imkçniyatlari chegaralanganligini tushunib
yetmaydi. Boshqa
psixolog-maslahatchilar nazoratida
ishlashdan bosh
tortadi, sirlari va
kasbiy tajribalarini
boshqa psixologmaslahatchilar
bilan o‘rtoqlashishni yoqtirmaydi,
ularning tajribalaridan o‘z ishida
foydalanmaydi.
6. Mijozga ko‘rsatilayotgan ta’sir ko‘rsatishni va mijozning
psixolog-maslahatchiga qayta ta’sirini
anglab yetish.
0 ‘zining shaxsiy harakatlari mijozga qanday
ta’sir ko‘rsatayotganini
va mijozning xulqi o‘z
navbatida unga ta'sirini anglab yetadi.
0 ‘zining mijozga
va mijozning uning
o‘ziga qayta
ta’sirini anglab
yetmaydi.
7. Suhbat davomida
mijozning shaxsiga
va uning
muammosiga
yo‘nalish.
Mijozning hissiyotlari
va flkrlarini tushunib
boradi, unga ortiqcha
savol bermaydi.
Mijoz ishiga
to‘g‘ridan to‘g‘ri
aloqasi bolmagan
masalalarga katta
e’tibor qaratadi.
0 ‘z navbatida
mijozning 0‘zini
tashvishlantiradigan masalalarga
e’tibor bermaydi.
8. Mijozning
harakatlariga va
maslahat berish
vaziyatiga qarab
harakat qilish.
Maslahat o‘tkazish
jarayonida yuzaga
keladigan turli
vaziyatlar va
muammoiarga qarab
to‘g‘ri harakat qiladi.
Bir xil vaziyatlarda
psixolog-maslahatchi to‘g‘ri yo‘l
topa olmaydi yoki
bunday hollarda,
bir-biriga o‘xshash,
doimiy bir xilda
harakat qiladi.
9. Mijozning insoniy
qadriyatlarini
hurmat qilish.
Mijozga katta
hurmat bilan
munosabatda bo‘ladi.
Mijozni hurmat
qilmaydi, unga
behurmat muomala
qilishi mumkin.
10. Maslahatlarning
maxfiyligi.
Mijozga, uning
muammosiga va
shaxsiy hayotiga
taalluqli barcha
ma’lumotlarni sir
saqlaydi, mijoz
to‘g‘risida biror
kimga qandaydir
ma’lumotni xabar
qilish zaruriyati
yuzaga kelganida
albatta ruxsat
so‘raydi.
Mijozning
ruxsatisiz uning
muammosini va
faqatgina unga
taalluqli bo‘lgan
muammoni
boshqalar bilan
muhokama qiladi.
Bu aytilganlarga qo‘shimcha qilib psixolog-maslahatchi ega
bolishi va mijoz bilan muloqotda u nam oyon etishi kerak bo‘lgan
sifatlar to ‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
1. Empatiya, hamdardlik, tashvishlanishga qodirligi. Bu qobiliyat
boshqa odamning — mijozning ichki dunyosiga chuqur psixologik
kirib bora olishi, uni tushunishi, sodir bo‘layotganlarni, uning
shaxsiy nuqtayi nazarini ko‘ra bilishi, dunyoni uning ko‘zi bilan
ko‘rishi, uning nuqtayi nazaridan t o ‘g ‘ri qabul qila olishi
tushuniladi.
2. Ochiqlik, mijozni tushunishga, uning ichki dunyosiga kirishga
intilib psixolog-maslahatchi unga o‘zining shaxsiy his-tuyg‘uîarini
ochiq aytadi, u tom ondan empatik javob uyg‘otadi va shu bilan
uni o ‘zi uchun ochiq bo‘lishini ta’minlaydi.
3. Mijozga hamdardlik, rahmi kelishi hamda mimika, ishoralar
yordamida shaxsan g‘am xo‘rligini ifoda etish.
4. D o‘stonalik, mijozga m ehribonlik, em otsional ijobiy
m unosabatda boMish, uning m uam m osini hal qilishdan
manfaatdorlik va ishtirok etish.
5. Mijozga baho bermay munosabatda boMish, maslahatchining
hatto o‘ziga bu xulq yoqmaydigan boisa ham o‘z xulqida odob,
axloq qoidalariga amal qilish.
6. Huquqini o‘rgatish, mijozga o‘z maslahatlariga amal qilishni
majburlashdan voz kechish.
7. Mijozga ishonish, uning o‘z muammolarini mustaqil hal qila
olishi mumkinligiga ishonch bildirish.
8. Mijozni nafaqat o ‘z tashvishlaridan qutulishiga, balki uning
kechinmalarini to ‘g‘ri yoMga yo‘naltirishga tayyorligi va intilishi.
9. 0 ‘zi va mijoz o ‘rtasida to‘g‘ri psixologik masofani saqlashni
bilish.
10. Mijozning o ‘zini o‘zgartira olishiga ishonchi va qat’iyligini
uyg‘otishni bilish.
Empatiya - bu psixolog-maslahatchi ega boMishi kerak bolgan
asosiy shaxsiy sifatdir. Bu sifatda odamning boshqa odamni
psixologik his etishga va tushunishga, o‘z dunyoqarashini vaqtincha
esdan chiqarib uning ko‘zi bilan dunyoga qarashga tayyorligidir.
Bu sifatni psixolog-maslahatchi butun maslahat berish jarayoni
davomida namoyon etadi va shuning hisobiga mijozni yaxshiroq
va chuqurroq tushunadi, unga samarali yordam bera oladi.
Ochiqlik — shaxs xislati boMib, bir necha ko‘rinishlarga ega
bo‘ladi. Birinchidan, psixolog-maslahatchining shaxssifatida mijoz
uchun ochiq bo‘lishga tayyorligi (lekin mijoz bilan maslahatchi
o ‘rni almashib va mijoz maslahatchining muammolari to‘g‘risida
bilib olib, uning o‘ziga rahmi keladigan, hamdardlik qiladigan
darajada emas). Rollarni almashish odatda psixolog-maslahatchi
mijozga o‘z muammolarini gapira boshlab, unda maslahatchiga
yordam berish istagi paydo bolganida sodir bo'Iadi. Ochiqlik
m e’yori mijozning sezgisi bilan belgilanadi: agarda u psixologm aslahatchini ochiq inson deb hisoblasa va uning oldida
ochiqlikdan qoVqmasa - demak, maslahatchining mijoz oldidagi
ochiqlik masalasida hammasi joyida hisoblanadi.
Ikkinchidan, ochiqlik —bu psixolog-maslahatchining mijoz bilan
muloqotda faqat o‘z ustunliklarini emas, balki imkoniyatlarini va
kamchiliklarini mijozga tabiiy nam oyon etib, qanday b o ‘lsa
shundayligicha qolishga intilishidir. Ochiq inson bo‘lib psixologmaslahatchi o‘zining kamchiliklarini mijozga namoyon etib, uni
o‘ziga tortish yoki hayron qoldirishni, uning tomonidan hamdardlik
yuzaga keltirishni xohlamaydi, balki maslahatchining o‘zi ham oddiy
tirik odam, barcha kabi ekanligini ko‘rsatishni, kamchiliklari ham
borligini va maslahat berish jarayonida hayotda unga xos bo‘lmagan
rolni o‘ynashga harakat qilmasligini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Uchinchidan, ochiqlik maslahatchining mijozga u bilan har
qanday masalalarni muhokama etishga tayyorligini ko‘rsatishida
namoyon bo‘ladi. Empatiya ochiqlikni keltirib chiqaradi, biri
ikkinchisisiz deyarli mavjud bo‘lishi m um kin emas.
Maslahatchining mijoz to‘g‘risida chin k o ‘ngildan qayg‘urishi,
psixolog-maslahatchining mijoz to‘g‘risidagi shaxsiy g‘amxo‘rligi
ifodasi deb tushuniladi. Bunday g‘amxo‘rlik ham haddan tashqari
bo‘lishi kerak emas.
M ijozning psixologik holatiga h a y a jo n lan u v c h i t a ’sir
ko‘rsatmaslik uchun psixolog-maslahatchi mijoz bilan muloqotda
haddan tashqari ta ’sirchan odam bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Do‘stonalik — bu ham maslahatchining muhim psixologik sifati
hisoblanadi. Ushbu sifat deyarli yuqorida aytib o‘tilgan barcha
shaxs xislatiari bilan aloqador bo‘lsa ham , u o ‘zining shaxsiy
individual ko‘rinishiga ega. Ularga masalan har qanday vaziyatlarda,
nima bo‘lsa ham va mijoz o‘zini qanday tutishiga qaramay psixologmaslahatchining u bilan do‘stona muloqot usulini saqlab qolishini
bildiradi.
Psixologik maslahat amaliyotida psixolog-maslahatchining
mijozga baho bermaslik deb ataluvchi munosabati alohida o rin
egallaydi. Bu nimani anglatishini tushuntirib o ‘tamiz. Eng avval
— bu psixolog-maslahatchining mijoz bilan muloqot davomida
uning harakatlari va shaxsini to‘g‘ridan to‘g‘ri baholamasligi zarur.
Uning muammolarini iloji boricha chuqurroq tushunishi va ushbu
muammoni hal etishda unga yordam berishdan iborat hisoblanadi.
Maslahat berish — bu psixolog-maslahatchi va mijozlarning —
ikkala tom onning shaxs sifatida tengliklari jarayonidir. Ushbu
tenglik doim iy hisoblanadi va maslahat berishning barcha
bosqichlari uchun taalluqlidir.
Agarda psixolog-maslahatchi haq bo‘lsa, unda maslahatchi uni
ishontirishda davom etishi kerak va faqatgina psixologning
urinishlariga yengib boMmasqarshilik ko‘rsatgan holdagina to‘xtatish
kerak bo‘ladi. Shundan keyin maslahatchi mijoz o‘zi qanday to‘g‘ri
deb hisoblasa, shunday harakat qilishga imkon berishi kerak.
Mijozga ishonch - bu insonparvarlik g‘oyasiga asoslangan
bo‘lib, psixologik maslahatda asosiy hisoblanadi. Maslahatchining
mijozga ishonchi agarda mijozni anglab yetishiga va muammoni
hal etish usulini u bilan birga topishga yordam berilsa, o z
muammosini mijoz mustaqil hal qila olishiga ishonchni ko zda
tutadi. Ishonish psixolog-maslahatchining mijoz fikriga qo‘shilishi,
agarda albatta mijoz haq bo‘lsa, o‘z fikridan voz kechib, uning
fikrini qabul qilishini ham anglatadi.
Psixolog-maslahatchining mijozni tashvishlardan qutulishiga
yordam berishga intilishi kabi R. Mey belgilab bergan sakkizinchi
sifati alohida e ’tiborga loyiq.
Tashvishlanish - bu mijozning o lz muammosiga va o‘ziga
befarq b o ‘lm agan munosabatning belgisidir. Agarda mijoz
muammosini to ‘g‘ri tushunmasa yoki uni hal qilishning to‘g‘ri
yo‘lini bilmasa, unda tashvishlari destruktiv rol o‘ynashi mumkin.
Hayajonlar, emotsional energiyasi muammoning yechimini to‘g‘ri
tanlash va amalga oshirish uchun zarurdir. Demak, psixologmaslahatchining vazifasi mana shu energiyani saqlab qolish, uni
konstruktiv, to ‘g‘ri yo‘naltirish va kuchaytirishdir.
Mijoz bilan munosabatda ma’qul boMgan psixologik masofani
tanlashni va saqlashni bilishni quyidagicha tushunish kerak.
Maslahatchi ishonch va ochiqlikni saqlab qolgan holatda mijoz
bilan muloqot qilishni bilishi kerak. Shu bilan birga psixologmaslahatchining mijoz bilan munosabatlari yaqin munosabatlarga
aylanib ketishi kerak emas. Mijoz shu vaziyatda psixologmaslahatchiik jihatdan yaqinlashayotganini, uzoqlashayotganini his
etishi kerak emas. M aslahatchining m ijoz bilan psixologik
yaqinlashishi strategiyasi quyidagicha bolishi kerak: maslahatchi
asta-sekinlik bilan mijozga sezdirmagan holda uning uchun yaqin
odamga aylanib borishi kerak. Lekin psixolog-maslahatchi keyingi
qadam yaqin o‘zaro aloqalarga olib kelishini sezib qolishi bilan
darhol to‘xtashi kerak va keyinchalik mijoz bilan hozirgi vaziyatda
mavjud bolgan masofani saqlashi kerak. 0 ‘z muammosini hal
qüa olishiga mijozda ishonch va qat’iylikni uyg‘otish mahorati -
bu alohida sifat hisoblanadi. U psixolog-maslahatchining odamni
ishontira olish, uqtirish, q o ‘llab-quvvatlashini bilish qobiliyatiga
bog*liq bo‘ladi.
Buning uchun mijozga ta ’sir ko‘rsatishning kerakli verbal va
noverbal vositalaridan oqilona va mohirona foydalanishni o‘rganib
olish kerak.
Yuqorida aytilganlarning barchasi psixolog-maslahatchining
mijozga nisbatan ichki qarashlari, munosabati va tashqi xulqiga
taalluqlidir. Biroq psixologik maslahat o ‘tkaziladigan vaziyatga,
sharoitga maxsus talablar ham bor.
Psixologik maslahat o ‘tkazishda optim al vaziyat, sharoit
quyidagilar hisoblanadi:
1. Alohida, tinch xonaning mavjudligi, bu xonada maslahatchini
yoki mijoznichalg‘ituvchitovushlareshitilmasligi kerak. Maslahat
olib borilayotganda bu xonaga hech kim kirmaydigan bolishi kerak.
2. Bu xonada maslahatchi va mijoz qulay joylashishlari kerak
- eng yaxshisi bir-biri bilan yonma-yon yoki kichik burchak ostida
6 0 -7 0 sm dan to 100-110 sm masofada bir-birining qarshisida
o'tirishlari mumkin.
3. Maslahatni mijoz hech qayerga shoshiimayotgan paytida va
o‘zini yomon his qilmayotgan paytda o ‘tkazish.
4. Mijoz psixolog-maslahatchi bilan suhbatlashish davomida
boshqa tomonga qarash, boshini yon tomonga burish imkoniyatiga
ega boMishi kerak.
5. Maslahat berish vaqti aniq belgilangan boMsa maqsadga
muvofiq boMadi. . .
6. Maslahat o ‘tkaziladigan xonada soat bo‘lishi mumkin, lekin
u bevosita maslahatchi va mijoz o'rtasida bo lishi kerak emas.
Soat mijozning orqasidagi devorga yoki yon tomonda osilib turgani,
mijozning ko‘zi tushmagani m a’qul.
7. M aslahat o ‘tkaziladigan xonada mijozning e tiborini
tortadigan, unga yoqmasligi mumkin bo‘lgan hech bir buyum
boMmasligi kerak. Maslahat o'tkazish davomida xonada sodir
bo‘ladigan harakatlar ham uni xavotirga solmasligi kerak.
8. Xonada turgan narsalar yoki sodir boMayotgan hodisalar
mijozni tinchlantirishi, unda yaxshi kayfiyat uyg otishi kerak.
Psixologik maslahatning m a’lum bosqichida xonada past tovushda
yoqimli musiqa eshitilib turishi mumkin.
Psixologik maslahatni turli ko'rinishlariga qo‘yiladigan maxsus
talablar: ,
Ko'rsatib o‘tilgan umumiy talablardan tashqari turli sohalarda
psixologik maslahatlar o‘tkazish amaliyotiga bogMiq maxsus alohida
talablar ham mavjud.
Alohida talab intim - shaxsiy doirada psixolog-maslahatchiga
va psixologik maslahatga qo‘yiladi. Bu yerda psixolog-maslahatchi
juda sezgir va odobli odam boMishi kerak. Mijoz tomonidan о ziga
so'zsiz ishonch uyg‘otishi va turli odamlar bilan intim-shaxsiy
munosabatlarda yetarli tajribaga ega boMishi kerak. Psixologmaslahatchi mijozdan yoshi biroz kattaroq odam bo Igani ma qui
hisoblanadi. Biroq psixolog-m aslahatchi va mijoz yoshlari
o ‘rtasidagi farq juda ham katta boMmasligi kerak. Ularning
yoshidagi farq katta boMsa, masalan, 20 yosh farq qilsalar, ular
boshqa-boshqa avlod odamlari bo'lib qoladilar. Buning oqibatida
ular orasida yoshi sababli tushunmaslik va ishonchsizlik yuzaga
kelishi m um kin. Biroz katta yoshdagi odam lar boshqalarga
maslahat berish uchun yetarli hayotiy tajribaga ega boMadilar va
shu bilan birga ularning o ‘zlari mijozning yoshida qanday
bo‘lganliklarini ham eslaridan chiqarmagan boMadilar. Bunday
odam lar yoshidagi farqqa qaram ay, odatda bir avlodga mansub
bokladilar, shuning uchun osongina til topishadilar.
Intim-shaxsiy masalalar b o kyicha psixologik maslahatlarga
taalluqli keyingi muhim talabni quyidagicha ifoda etish mumkin:
Mijoz bilan ish olib borayotgan psixolog-maslahatchining o kzi
intim-shaxsiy xususiyatdagi, ayniqsa, mijozga maslahat berayotgani
kabi keskin, hal etilmagan muammolarga ega bo‘lmasligi kerak.
Mana shunday holatlarda u yuqorida aytilgan talablarga amai qila
olmaydi va mijozga haqiqatda yordam bera olmaydi. Ularning
o ‘zlarida komplekslari yoki shaxsiy-intim m u n o sa b a tla rd a
muammoli bo‘lgan maslahatchilarga shaxsiy o‘zaro munosabatlarni
tuzatish, komplekslarni yo‘qotish ishlari bo‘yicha psixologik
maslahat yoki amaliy psixologik yordam ko'rsatish tavsiya etilmaydi.
Endi boshlayotgan psixolog-maslahatchilar juda ko‘p duch
keladigan ushbu muammoni amaliy hal etishda quyidagi amallar
foydali bolishi mumkin: psixologik maslahat o‘tkazish, masalan,
intim-shaxsiy xususiyatdagi psixologik maslahat mustaqil amaliyotga
kirishishdan avval psixolog-maslahatchining o‘zi mana shu masala
bo‘yicha tajribali hamkasbi maslahatidan o‘tishi ma’qul hisoblanadi.
Mana shunda maslahatchining o ‘zida hal etilmagan intim-shaxsiy
xususiyatdagi muammolari borligi aniqlansa, u m a n a shu
muammolarini okzi hal qilmagunicha boshqalarga ushbu m uam m o
bo‘yicha psixologik maslahat berishga kirishmasligi kerak bo‘ladí.
Mana shu yerda bir m a’lum qoidaga amal qilinadi. Bu um um an
muammoga ega bo‘lmagandan ko'ra, muammoga ega b o ‘lib uni
yo'qotgan yaxshiroq deganini anglatadi.
Intim-shaxsiy maslahatning muvaffaqiyatliligini ta ’minlovchi
yana bir muhim shart bu uni o ‘rganishga vaqtning yetarliligidir.
Gap shundaki, intim-shaxsiy xususiyatdagi muammolar darhoi hal
etilmaydi va ular birinchidan uzoq vaqt o krganilishi kerak b o ‘lgan
va ulami hal etish uchun ham ko‘p vaqt talab etiladigan muammolar
qatoriga kiradi.
Birinchidan, bunday m uam m olarni hal etishda ko‘pincha
sinov-xavotir metodida ish olib boriladi va odatda xatolarni tuzatish
uchun vaqt talab qilinadi. Bundan tashqari oldindan m uam m oni
amaliy hal etish uchun qancha vaqt talab etilishini um um an bilib
bo‘lmaydi. Bunday m uammoni hal etishga kirishuvchi psixologmaslahatchi birinchidan mijoz hilan ishlar olib borish uchun yetarli
vaqtga ega bolishi kerak.
Ikkinchidan, unga yordam so‘rab murojaat etgan odamni
oldindan uning muammosini hal etish uchun ancha ko‘p vaqt
taíab etilishi to'g^isida ogohlaníirishi kerak. Oldindan talab
etiladigan vaqtni taxminan aniqlab olish va bu to'g'risida mijozga
aytib q o ‘yish yaxshi b o 'la d i, bu intim -shaxsiy mavzuda
m aslahatlardan tashqari maslahatning boshqa turlariga ham
taalluqlidir.
Endi oilaviy masalalar bo‘yicha psixologik maslahatlar o‘tkazish
samaradorligining ba’zi maxsus shartlarini kokrib chiqamiz. Bu
yerda maslahat berishga kirishishdan avval psixolog birinchi
navbatda oila tashkil topishi va oilaviy o‘zaro munosabatlar
rivojlanishi umumiy qonuniyaílarini hisobga olib, mijozlarga oqilona
va asosli amaliy tavsiyalar berishi uchun mana shu qoidalarni yaxshi
bilishi kerak.
Bunday turdagi muhim qoidalar quyidagilar hisoblanadi:
1. Birinchidan, oila endigina tashkil topayotgan paytda (bu
birinchi navbatda yosh oilalarga taalluqli) bo‘lajak er-xotinlar odatda
bir-birlariga hali to‘la obyektiv va beg'araz haqqoniy munosabatda
bo‘la olmaydilar. Ular m a’Ium darajada subyektiv boMadilar va
bir-birlarini ideallashtiradilar, ustunliklarini oshirib, kamchiliklarini
kichraytirib yoki um um an sezmay bir-birlariga munosabatda
bo‘ladilar. Mana shu va boshqa bir qator holatlar sababli yosh
oilada birmuncha vaqt davomida yosh er-xotinlarning bir-birlarini
o'zaro sevishlari paydo boMadi. Bu vaqt o‘tishi bilan his-tuyg‘ular
asta pasayishi va odam laming bir-biriga o'rganib qolishlari bilan
bog'liq. Bundan tashqari birgalikda hayot kechirishda yoshlarfaqat
ijobiy boMmagan hayot tajribasiga ega bo‘lib borar ekanlar, birbirlarini faqat yaxshi tom ondan bilib bormaydilar. Gap shundaki,
ularda haqiqatda mavjud bolgan ijobiy tomonlarini ko‘pini awaldan
biladilar, salbiy tomonlarini ular anglab yetmaydilar, yoki erkin
namoyon etmaganlar yoki bir-birlaridan yashirganlar.
2. Ko‘pincha er-xotinlar o ‘zaro munosabatlarida vaqtinchalik
bir-biridan sovish davri birinchi bolalari tug‘ilgandan keyin.
birgalikdagi hayotlari ikkinchi yaki uchinchi yiîidan boshlanadi.
Bunga sabab bola tug‘ilgandan keyin ona bolasiga ko‘proq e ’tibor
beradi, vaqt sarflaydi, bunda erining e’tiborli bo‘lishiga talabi ortadi.
Biroq keyinchalik taxminan bola 3 - 4 yoshga toMganda yuqorida
ko‘rsati!gan sabablar bilan yomonlashgan oiladagi ahvol yana
yaxshilanadi. Shuning uchun yosh oilalarda psixologik maslahat
o‘tkazish paytida ular o‘rtasidagi sodir bo‘layotgan holat — bu
yoqmaydigan bo‘lsa ham qonuniy ekanligini, uni faqat nizo kabi
tushunmaslik kerakligini uqtirish kerak. Aksincha sabr-toqat,
chidam bilan bir-biriga yon bosish, kelishish kerakligini va tezlikda
oilada hammasi yana yaxshi bo‘lib ketishini aytiladi.
3. Er-xotinlar ulaming birgalikdagi hayotlari uchun juda m uhim
bo‘lgan narsalarda bir-biriga psixologik o ‘xshash odam larbolsalarda, lekin baribir bir-birlaridan farq qiladilar va bu ertami yoki
kechmi ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni yuzaga keltiradi. Bir
masala bo‘yicha oila a ’zolarida turlicha fikrlar mavjud boMishi bu
chetlanishdan ko‘ra ko‘proq qonuniy hisoblanadi. Q a ra m a -
qarshiliklar ertami-kechmi har qanday oilada yuzaga keladi. M ana
shu mazmunda yaxshi oilalar yomon oiladan farq qiladilar. Birinchi
yaxshi oilada — er-xotinlar bu qarama-qarshiliklarni tezlikda odatiy
holat deb qabul qilishga o‘rganib olishlari, ikkinchidan-yomon
oilalar — janjal qilishlari va kelishish yo'lini topa olmasliklari bilan
farq qiladilar.
4. Oilaning har bir a’zosi shaxs sifatida uning a ’zosidir. Shu
bilan birga mustaqil, hardoim ham oila bilan bog‘liq boMmagan
o‘z manfaatlariga ega odamdir. Oila a ’zosi sifatida u m a’lum
majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak, biroq mustaqil odam
sifatida u oilada ma’lum erkinlikka ega boMishi mumkin va kerak.
Yevropa zamonaviy oilalari uchun bir tom ondan h ar bir
a ’zoning oila oldidagi huquq va majburiyatlari gokyo bir xilda bo‘lib,
ikkinchi tom ondan ushbu oilaning barcha a ’zolari bir xilda
huquqlarga va majburiyatlar teng hajmiga ega bolishlari odatiy
hisoblanadi. Oilaning bir a ’zosi va boshqa a ’zolari ixtiyoriy
roziliklari bilan ular orasidagi m ajburiyatlarni tu rlic h a
taqsimlanishiga yo‘l qo‘yiladi, lekin majburiyatlarni taqsimlash har
qanday nohaqlik holatlari yoki oila a ’zolaridan birining huquqi
chegaralanishi odatda oilada keskinlik keltirib chiqaradi va oxiroqibat uning psixologik yomonlashishiga olib keladi.
Psixologik maslahat o ‘tkazayotganda psixolog-maslahatchi
e’tiborga olishi kerak bo'lgan ba’zi umumiy qoidalarda to‘xtalib
o‘tamiz. Masalan, er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari bo‘yicha
psixologik maslahat o ‘tkazish paytida ularning biri tomonida bo'lish
tavsiya etilmaydi, chunki ko‘pchilik hollarda har qanday muammo
yuzaga kelishida deyarli har doim unda ishtirok etuvchi odamlaming
barchasi aybdor boMadilar. Bu albatta nizo kelib chiqishida ikkala
tomonning aybi bir xil boMishini, ularning ikkalasi ham bir xilda
javobgar ekanligini anglatmaydi. Bu faqatgina psixologning bir
tomonlama harakat qiiishi, er-xotinlarning biri tomonida boMish
nizoni yo‘qotishga emas balki, yana keskinlashishiga olib kelishi
mumkinligini anglatadi. Nizoning aybdori bo‘lgan er-xotinlarning
biri buni tushunishi qiyin bo‘ladi (agarda u tushunganida balki
nizo kelib chiqmasdi ham). Boshqacha qilib aytganda, birtomonni
aybdor deb hisoblansa, hech qachon nizoni hal qilishga olib
kelmaydi. Ushbu qoida ayniqsa, yuzma-yuz ikkala er-xotinning
ishtirokida psixologik maslahat oltkazilayotganda juda muhimdir.
Agarda maslahat predmeti ancha katta yoshdagi bir-biriga yaxshi
tanish bo‘lmagan katta odamlarning turmush qurishlari yoki bir
oilaga birlashishlari sababli psixologdan tavsiya va maslahatlar olish
bo‘lsa, bunday holatda quyidagi holatlarga e’tibor berish kerak.
Birinchi nikohi muvaffaqiyatsiz bolgan odamlarda ko‘pincha
moslasha olmaslik deb nomlanuvchi xarakterli xususiyatlari
uchraydi. Bunday xususiyatli har qanday odam uchun oilaviy
hayotga deyarli moslashish qiyin bo‘ladi.
Ikkinchi bor nikohdan o‘tayotgan odam buni yaxshi tushunishi
va tan olishi kerak boMadi, aks holda birinchi oilasida mavjud
bo‘lgan awalgi muammolari tez orada yana paydo bo'ladi va awalgi
oilada bo‘lgani kabi yana falokat yoqasiga olib keladi.
Bu haqda psixolog-maslahatchi mijozni ochiq va qattiq
ogohlantirishi lozim. Shundan keyin mijoz xohlasa unga faqat o‘z
kamchiliklarini anglab yetishgagina emas, balki ularni yo‘qotishga
ham yordam beradi.
Keyin esa shu kabi yoki boshqacha kamchiliklar boMajak turmush
o‘rtog‘ida ham uchrashi mumkinligini va bunga ham psixologik
tayyor boMish kerakligini aytadi. Er-xotin!arning xarakterlaridagi
kamchiliklarni tan olish va ularga chidam ü (sabrli) munosabatda
boMish ikki tomonlama bolishi kerakligini aytib o ‘tish kerak. M ana
shu mazmunda qayta turmush qurayotgan odamga xarakteridagi
mavjud kamchilikni u tan oîganida va boMajak turmush okrtog*i
xarakteridagi kamchilikka rozi bo‘iganidan keyingina turm ush
qurishni tavsiya etish mumkin. Bolajak er-xotinlarga ulardan biri
mavjud kamchilikni ochiq namoyon eta boshiagan holatlar va
vaziyatlarda o ‘zini qanday tutish kerakligini tushuntirish va kerakli
amaliy harakatlarga o ‘rgatish zarur, y a ’ni oilaviy hayotdagi
tasvirlangan murakkab vaziyatda bir-biriga qanday qilib yordam
berishlari mumkinligi tushuntiriladi. Psixolog-maslahatchi tavsiya
etgan uslub va vositalar yaxshi o'zlashtirilib olinsa va maslahat paytida
turmush qurayotgan ikki tomon ham am al qilsalar yaxshi boladi.
Agarda yosh bolmagan bundan tashqari uzoq vaqt alohida bir
okzlari yashagan odamlar okzaro nikoh tuzayotgan bolsalar, unda bu
odamlarni albatta birgalikdagi hayotlarida uîarda bir-biriga psixologik
mos kelmasligi bilan bogliq, birgalikdagi hayot tajribalari yokqligi
sababli yuzaga keladigan muammolarto‘g‘risida ogohlantirish zarur.
Bunday odamlarga bolajak nikohlari to kg‘risida psixologik
maslahat berayotganda quyidagilarni tavsiya etish mumkin:
Nikoh tuzishdan avval bir-biri bilan odatlari, qarashlari, hayot
tarzi bilan mos kelishlari mumkinligini aniqlab olish kerak.
Bunday odamlarga psixologik m aslahatlar berish masalan
qnyidagi rcja bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin:
1. Mijozlar o'zlarining qaysi shaxsiy sifatlari bilan m os
kelmasliklari yoki mos kelishlarini aniqlash maqsadida ularning
mumkin bo‘lgan psixologik mosliklarini aniqlovchi metodika
yordamida harbirini alohida psixologik test sinovlaridan oktkazish.
2. Mijozlarning ikkalasi roziligi bilan ularning psixologiyasi bir
xilligini, mosligini va bir-biri bilan mos emasligini aytish.
3. Bir-biri bilan haqiqatda psixologik mos kelishi uchun ulardan
har biri o ‘z xulqini o‘zgartirishni xohlaydimi va o‘zgartira olishini
aniqlash (buni yoMini mijozga psixolog-maslahatchi aytib berishi
mumkin).
4. ßo‘lajak er-xotinlarning mos ekanliklarini aniqlovchi ijtimoiypsixologik tajribani bevosita psixologik maslahat xonasida tashkil
qilish va o'tkazish. Bu tajribaning natijalarini ularga aytish.
5. Mijozlarga ularning mos kelishlari mumkinligini aniqlashlari
mumkin boMgan har qanday savol-javob imkoniyatini berish.
6. Psixologik maslahat yakuniovchi bosqichini o‘tkazish, bunda
psixolog-m aslahatchi mijozlarga ularning bo'lajak nikohlari
muvafTaqiyatli bo'lishi bo'yicha uning kasbiy xulosasini aytadi.
Bu masalada psixolog juda odobli bo‘Iishi, shu bilan bir vaqtda
izchil, prinsipial va kasbiy halol bo‘lishi kerak. Har qanday
boMganida ham u er-xotinlarni ogohlantirib qo‘yishi kerak, chunki
ular katta odamlar, shuning uchun birgalikdagi hayotlarida shaxsiy
munosabatlarida hammasi yaxshi boMishi qiyin, ularning shaxsiy
psixologiyalari va xulqlari er-xotinlarning har birini qoniqtira
oladigan bo‘lib tez o ‘zgarishi mumkin emas. Agarda ular jiddiy
qaror qilgan bo‘lsalar, o‘z nikohlari va oilalarini saqlab qolishni
xohlasalar, unda albatta bir-birlarini qanday bo‘lsalar shundayligicha
qabul qilishlari kerak.
Psixologik-pedagogik maslahatda psixolog-maslahatchining o‘zi
pedagogik m a ’lum oti b o ‘lishi va pedagogika nazariyasi va
amaliyotini yaxshi bilishi muhimdir. Turli yoshdagi bolalarni
o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha shaxsiy tajribasi ham zarur.
Lekin bu ham psixologik-pedagogik maslahatlarni muvafTaqiyatli
o‘tkazish uchun yetarli emas. Oddiy pedagog, olim psixolog yoki
o'qituvchidan farqli ravishda psixolog-maslahatchi mijozning
xulqiga ochiqdan ochiq salbiy munosabatni namoyon qilish
huquqiga ega emas. Hatto mijoz pedagogik odob va axloq qabul
qilingan qoidalarini buzganida ham bu qoidaga amal qilishi zarur.
Psixolog-maslahatchi odob qoidalarini yuqorida muhokama
etib, biz u mijozga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini namoyon
etishga huquqi yo‘qligini aytib o‘tdik. Bu ayniqsa, maslahat so‘rab
murojaat etgan o ‘smirlar va ularning ota-onalariga taalluqlidir.
Psixolog-maslahatchiga nisbatan ularning munosabatlari hardoim
ham pedagogik to ‘g‘ri va vazmin bo‘lmaydi.
Psixologik-pedagogik masalalar bo‘yicha maslahat berganda
psixolog-maslahatchi tavsiyalarini aynan bajarishi kerak bo‘lgan
odamlar har doim to‘la va sidqidildan bajarmasliklarini ham hisobga
olish zarur.
Masalan, ota-onalarga ko‘pincha aslida o ‘z bolalariga tegishli
tavsiyalar berishlariga to‘g‘ri keladi, bolalarga esa ko‘proq ularning
ota-onalari xulqiga tegishli maslahatlar beriladi (katta bolalarning
ota-onalari ularga nisbatan pedagogik noto‘g‘ri xulqlariga m um kin
bo‘lgan javobiari). Bu holatni e ’tiborga olish kerak.
Psixologga o ‘smirlar o ‘zlari keltirib chiqargan emas, balki
ularning atroflaridagi katta odamiar - ota-onalari yoki o‘qituvchilari
bilan m unosabatlarda yuzaga kelgan m uam m olar bilan h am
murojaat ctishlari mumkin. Bunday holatda faqat bola bilan
psixologik maslahatlar o‘tkazishning o ‘zi yuzaga kelgan vaziyatni
o‘zgartirishga yordam bermaydi.
Birinchidan, o ‘smir kattalar bilan munosabatlarda psixologmaslahatchi bergan tavsiyalarni chuqur tushunib, qabul qilib va
amalga oshiradigan yoshda emas.
Ikkinchidan, yuzaga kelgan nosog‘lom vaziyatni tuzatish
bo‘yicha tashabbus ulardan emas, balki boladan kelib chiqqan
hollarda o‘zining noto‘g‘ri xulqi bilan o ‘smir bilan munosabatlarda
muammo keltirib chiqaradigan katta yoshli odamiar har doim ham
o ‘sm ir fikriga e ’tibor berm aydilar. Bu yerda m u a m m o n i
muvafTaqiyatli hal etish uchun tizimli yoki kokp yo'nalishli deb
ataluvchi psixologik maslahatlar zarur b o ‘ladi.
Shunday psixologik maslahatlar o'tkazilganda nizoli yoki
muammoli vaziyatning barcha ishtirokchilari psixolog tom onidan
amaliy tavsiyalar oiadilar va shu bilan birga odatda ularning har
biri kim q a n d a y tavsiyalar olganligini biladilar. N a tija d a
ishtirokchilardan har biri o‘zini va boshqaiarni kuzatish bilan bir
qatorda boshqalarga olingan tavsiyalarni bajarishga yordam bera
oladi. Bu ifoda etilgan qoida psixologik-pedagogik ta ’sir ko‘rsatish
obyekti kichik maktab yoshigacha b o ‘lgan bolalar, psixologmaslahatchidan amaliy tavsiyalarni katta odamiar, ota-onalar,
o ‘qituvchilar yoki bolani tarbiyalovchilar olayotgan hollaridan
tashqari, psixologik-pedagogik masalalar bo‘yicha psixologik
maslahatlar o ‘tkazish ko‘p vaziyatlar uchun umumiy bo‘lib qoladi.
Psixologik-pedagogik maslahat intim-shaxsiy masalalar bokyicha
maslahat kabi kam dan kam hollarda bir marotabalik maslahat
sifatida o'tkaziladi, chunki pedagogik jarayon ancha murakkab va
olingan tavsiyalar har doim ham darhol istalgan natijalarga olib
kelmaydi. Bundan tashqari tavsiyalarni amalga oshirish yo‘lida
psixolog bilan maslahat qilinishi kerak bo'lgan ko‘pgina yangi
kutilmagan masalalar, muammoli vaziyatlar yuzaga keladi.
Xulqini pedagogik qayta yo‘naltirish — bu har doim murakkab,
xatolarga olib kelishi mumkin bolgan ish, chunki bu ishda inson
ongida joylashib qolgan pedagogik noto‘g‘ri tushunchaga duch
kelish mumkin.
Endi amaliy masalalar bo'yicha psixologik maslahatlar o‘tkazish
xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Bu yerda barcha boshqa hollarda bo‘lgani kabi psixologik
maslahat paytida psixolog oqilona va samarali tavsiyalar bera olishi
uchun mijozga maslahat berayotgan ish bo‘yicha o‘zi ma’lumotga
ega bo‘lishi kerak. Agarda psixolog-maslahatchida maslahat
berayotgan ishlari b o ‘yicha shaxsiy hayotiy tajribasi bo‘lmasa
psixologik maslahat berishga kirishishdan avval mana shu tajribani
egallab olishi kerak.
Ba’zan albatta bu shartni t o l a bajarishga erishish qiyin
b o ‘ladi, chunki bir odam ning o'zi barcha kasb va hunarlarni
yaxshi bilib olishi m um kin emas. Bunday holatda m a’lum ishlar
b o 'y ic h a b e x a b a r b o ‘lib qo lm aslik u c h u n p six o lo g -
maslahatchiga m ijozdan u qanday kasb bilan shug'ullanishini,
uning ish faoliyati va uning m uam m olari xususiyatlarini
yaxshilab bilib olish tavsiya etiladi. Bu ishni tortinm asdan,
uyalmasdan va ochiq, maslahat eng boshidan mijozga uning
kasbini psixolog-m aslahatchi yaxshi tushunm asligini aytib
amalga oshirish kerak, shu sababli darhol maksima! foydali
tavsiyalar bera olmasligini tushuntirishi kerak.
Psixolog-maslahatchiga bu ishda maslahat boshida mijozga
beradigan quyidagi savollarga javoblar yordam berishi mumkin:
—O 'z ishingiz to kg‘risida umumiy xususiyatlarni aytib bersangiz.
— Siz aniq nima ish bilan shugkullanasiz?
— Siz ish bo‘yicha atrofdagi odamîar bilan odatda qanday amaliy
aloqalar va munosabatlarda boMasiz?
— 0 ‘z ishingizda yaqin amaliy aloqalarda bo‘lgan odamlar bilan
sizning shaxsiy munosabatlaringiz qanday?
— Sizning atrofdagi odamlar ishlari b o ‘yicha amalda, rasmiy
va norasmiy qanday bogMiqligingiz bor?
- Siz kimga bevosita bo‘ysunasiz?
- Kimlar sizga shaxsan bo‘ysunadi?
— Odamlarga ta ’sir ko‘rsatishda sizning qanday xizmat, rasmiy
va norasmiy imkoniyatlaringiz bor?
— Ish bo‘yicha hamkasblaringiz sizga qanday ta’sir ko‘rsata oladilar?
- Sizning m ehnat jamoangizda anchadan beri yuzaga kelgan
va qattiq yoki birmuncha amal qiünadigan qandaydirxulq qoidalari
mavjudmi?
- Agarda shunday qoidalar bo‘lsa ular nimalardan iborat va
ularga kimlar ayniqsa, qattiq ama! qiladilar?
Amaliy masiahat o‘tkazish uchun amaliy ish vaziyati juda mos
keladi. Unda psixolog-maslahatchi mijoz bilan ishlarni samarali olib
boradi va ularo‘rtasida amaliy xususiyatli o‘zaro munosabatlar bo‘ladi.
Bu xususan quyidagilarni anglatadi:
Birinchidan, mana shunday maslahatni mijozning bevosita ish
joyida va u uchun odatiy ish sharoitlarida o ‘tkazilgani juda yaxshi
b o ‘ladi. Shunda psixolog-m aslahatchidan oigan tavsiyalarni
tushunishi oson boMadi. Shu yerda va hozir tamoyilini am alda
bajarish oson bo‘ladi. Maslahatchining o ‘ziga esa mijoz bilan odatiy
ish muhitida birga bo‘lish mijozni qiynayotgan muammo mohiyatini
yaxshiroq tushunib olishga va uni hal etishning to ‘g‘ri yo‘lini
topishga yordam beradi.
Ikkinchidan, amaliy masiahat o ‘tkazish tajribasida psixologmaslahatchiningo‘zi o‘zini ishbilarmon odam kabi tutishi kerak. Shunda
mijoz uning shaxsiy namunasidan ko‘p narsalami o‘rganib oladi.
Uchinchidan, psixolog-maslahatchining ishbilarmonlik xulqi
albatta mijozning unga ishonchini kuchaytiradi, u ham ishbilarmon
odam va boshqalardagi bunday sifatni qadrlaydi.
Nihoyat to ‘rtinchidan, psixologik masiahat o ‘tkazishga am aliy
yondoshish, masiahat berishni boshlashdan aw al mijoz bilan uning
shartlari: vaqtijoyi, kutiladigan natijalar, narxi vaboshqalar kelishib
olinishi kerak.