4. TAFAKKUR VA MASALA HAL QILISH
Agar hayot va amaliyot davomida odam yangi maqsad, yangi muammo, yangicha ahvol va yangi
faoliyat sharoitlari paydo bo`lsa, odamda dastlab tafakkur qilishga zaruriyat tug`iladi. Tafakkur yangilikni
izlash va ochish demakdir.
Oddiy eski usullar bilan vazifa hal qilinganda tafakkur talab qilinmaydi. Masalan, 2Q2q4 muammoli
vaziyat bilan masalani farq qilish zarur. Muammoli vaziyatning odamlar faoliyati davomida kutilmagan,
qandaydir tushunib bo`lmaydigan narsaga, noma`lum tashvishli narsalarga duch kelib qoladi. Muammoli
vaziyatni tahlil qilish natijasida masala paydo bo`ladi va tarkib topadi. Masalani yuzaga kelish muammosi
vaziyatdan farq qilib, garchi oldindan bo`lsa ham mazkur (ma`lum) va noma`lum qidiralayotgan narsani
taxminan bo`laklarga bo`lish masalaning shartida ifodalanadi. Masalan, o`quv masalasida uning asosiy
sharti hamda talablar (savollar) mavjud bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: