asaridagi fikrlar hamohangligini ko'rish, qiymat qonunining hosil bo'lishi
mexanizmini tushunish mumkin.
Qiymat (qimmat)
iqtisodiyotning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Tarixan uni
talqin etishda ikki yo'nalish bor. Birinchi yo'nalishda tovar qiymati ob'ektiv bo'lib,
uning manbai shu tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat hisoblanadi.
Ikkinchi yo'nalishda qiymat tushunchasi sub'ektiv narsa bo'lib, odamlar tomonidan
tovarning foydaliligi boshqa biron foydalilik bilan solishtirish tufayli yuzaga
keladi.
Aristotelning g'oyalarida ikkala yo'nalish kurtaklari mavjud. U qiymat qonuni
muammosini qo'yadi, lekin unga to'la javob topa olmaydi.
U almashuvda tovar
qiymatlari tenglashtirilishini ko'radi. «Nikomaxov ahloqi» asarida u shunday fikr
yuritadi: «
Jamiyat ikki vrachdan tashkil bo'lmaydi, balki vrach va dehqondan,
umuman bir xil va teng bo'lmaganlardan tashkil topadi. Ana shunday odamlarni
bir-biriga tenglashtirish zarur. Shuning uchun almashuvga uchraydigan barcha
narsalarni tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa biror narsa
bilan o'lchanishi kerak. Etikdo'z mahsulotining dehqon mahsulotiga, dehqon
mahsulotining etikdo'z mahsulotiga bo'lgan to'g'ri munosabati, to'g'ri tenglamasi
topilishi kerak».
Lekin o'sha narsa nima ekanligi aytilmaydi. Savolga javob izlab u
o'z fikrini shunday davom ettiradi: «
biz nima uchun almashamiz, chunki menga
sening tovaring, senga esa mening tovarim kerak»
,
degan oddiy qisqacha
xulosalarga keladi. Tovarlarning tengligi pul tufayli amalga oshadi, deydi u.
Hamma narsa biron narsa bilan o'lchanishi kerak. Bu avvalo ehtiyoj,
u barcha
narsani bog'lovchi asos. Ehtiyojni almashtirish uchun (odamlar kelishuvi bilan) pul
- chaqa paydo bo'ldi. Aristotelning bu fikrida hozirgi zamon marjinalizm g'oyalari
yotadi, ya'ni tovarlarning foydaliligi asosiy o'ringa chiqadi.
Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni xrematistikaga qarama-qarshi
qo'yishi xarakterlidir. U o'ylab topgan «
Dostları ilə paylaş: