qoralaydi. U dehqonchilik bilan chorvachilikni birga rivojlantirishni ma'qul deb
biladi. Varron ular o'rtasidagi «
buyuk ittifoq
» tarafdori edi. Buning asosiy sababi
shundaki, Italiyada don nisbatan arzon edi, chorvachilikning foydasi esa ancha
yuqori bo'lgan. Shu bilan birga, Varronning fikricha, har bir xo'jalik o'z-o'zini
ta'minlashi kerak, u bozor munosabatlariga kam e'tibor qilgan, qullar
ekspluatasiyasi tarafdori bo'lgan va ularni «
gapiruvchi qurollar
» deb bilgan. U
qullarning siyosiy jihatdan xavfli ekanligini tushungan va imeniyolarda bir
millatga tegishli qullarni ko'p saqlamaslik kerak deb tavsiya etgan (chunki
birlashib harakat qilishlari oson).
Kolumella o'zining qishloq xo'jaligiga oid yirik asarida qullar mehnatining
samarasi pastligini ta'kidlaydi (birovga ishlaydi-da!). Uning fikricha, qullar erni
yaxshi ishlamaydilar, er yuqori hosil berishi uchun kayg'urmaydilar. U erkin
mayda ishlab chiqaruvchilarning mehnati qullarnikidan yuqori bo'lishini isbotlab
berdi, yirik quldorlik latifundiyalariga nisbatan mayda dehqonchilikni afzal deb
hisobladi. Bu davrda yirik latifundiyalarning inqirozi aniq bo'lib qoldi, rivojlanish
faqat ekstensiv yo'l bilan bordi, ya'ni hosil qo'shimcha er hisobigagina oshdi.
Qullar imkoni boricha erni ishlamaslikka intilgan. Kolumella bunday erlarni erkin
kolonlarga bo'lib berish yaxshiroq samara beradi, degan to'g'ri qisqacha
xulosalarga keldi, uningcha mayda ishlab chiqarishga o'tish kerak edi (hozirgi
davrga solishtirib ko'ring).
Dostları ilə paylaş: