Avreliy
Avgustin Blajenniy
(353-430) asarlarida ham berilgan.
U hammaning mehnat
qilishi zarurligini, «ishlamagan tishlamaydi» (apostol
Pavel
ning fikri) g'oyasini
ilgari surdi (sosializmning asosiy tamoyilini eslang), dehqonchilik eng faxriy kasb
ekanligini aytdi, savdoni esa faqat foyda, naf olish uchun qilinadigan ish deb
qoraladi. Aqliy mehnatni jismoniy mehnat kabi baholash muhim edi. Ammo
Avgustin qullarni ozod qilishni qat'iy
talab etgan emas, u dinning bosh vazifasi
aholining ahloqiy takomillashuviga yordam berish, degan qisqacha xulosalar
chiqargan. Bu dinda odil baho tamoyili, mahsulotlarni shaxsiy emas, balki ijtimoiy
baholash, mulk, boylik va boshqa ko'pgina iqtisodiy muammolarga tegib o'tilgan.
Avgustin Blajenniy «
Faflatda yotgan xalqni uyg'otish uchun avvalo uning tarixini
uyg'otish zarur
», degan buyuk fikrni ifoda etgan.
QISQACHA XULOSALAR
Dastlabki iqtisodiy g'oyalar insoniyatning paydo bo'lishi
bilan shakllangan,
ammo bizgacha etib kelganlari m.a. 2-ming yillikka to'g'ri kelib, ko'proq qadimiy
Osiyo xalqlarining xo'jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma'lum darajada
amaliyotni nazariy umumlashtirish, abstraksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy
mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi.
Qullikka asoslangan natural xo'jalik, ayniqsa qishloq xo'jaligi qo'llab-
quvvatlangan, boylikning asosiy manbai mehnat deb hisoblangan Hindistonda
«buyumning qiymati»ni «ish kunlari» bilan belgilash, mahsulotning bozor bahosi
bilan uning tabiiy qiymati o'rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko'tarilib, uning
miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan.
Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar ancha rivojlangan bo'lib, tabiiy huquq nazariyasi
ilgari suriladi, ularda
mehnat taqsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va hukmdorlar
mulki o'rtasidagi bog'lanish, iqtisod va qonun masalalariga tegib o'tiladi.
Agar Osiyoda quldorlik ko'proq patriarxal shaklda bo'lsa, antik dunyoda u
klassik ravishda ro'y bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik xo'jaligi
qo'llangan,
ammo bu davr oxirida savdo, sudxo'rlik ham qo'llab-quvvatlangan.
Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg'arish) funksiyasi tan olingan. Mahsulot
ishlab chiqarishni rag'batlantirish, boylik jamg'arish zararli deb hisoblangan.
«Ekonomika», «Xrematistika» tushunchalari kiritilugan, ular bir-biriga qarshi
qo'yilgan, qiymat (qimmat) kategoriyasi, tovarlarning almashuv tamoyillari (ilk
yo'nalish)
keltirilgan, ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq
berilmagan.
Rimda quldorlik eng yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi
(Osiyoda feodalizm munosabatlari oldinroq ro'y bergan). Qulchilikka munosabat
o'zgardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo'lib qoldi,
dehqonchilik bilan
chorvachilik, yirik savdo va sudxo'rlik faoliyati qo'llandi (Siseron). Mayda ishlab
chiqarishga o'tish jarayoni, islohotlar (Grakxlar) yo'li boshlandi.
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda
qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan.
Zoroastrizmning muqaddas kitobi Avesto va
xristianlik kitoblari Bibliya,
Injilda ham muhim iqtisodiy g'oyalar mavjud, masalan sosializmning bosh tamoyili
bo'lgan «ishlamagan tishlamaydi» g'oyasi eramiz boshida ma'lum edi.
Qisqacha qisqacha xulosalar qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi
iqtisodiy g'oyalarda natural xo'jalik (nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi.