Xammurapi (ba'zi manbalarda
Xammurabi )
qonun to'plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.). Bu to'plam 1901-
1902 yy. Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish paytida topilgan (Frantsiya
poytaxti Parijdagi mashhur muzey - Luvrda saqlanyapti). Nushasini BMT
binosidagi muzeyda ham ko'rish mumkin. Toshga uyib yozilgan muhim va
qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va
sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. Biz uchun ayniqsa mulkchilik va unga
egalik shakllari muhimdir. Qonunda
«kuchlilar zaifroqlarni cheklamasligi kerak» degan qoida bor. Masalan, qarzdorligi uchun podsho jangchilari va boshqa
aholining erlarini sotish yoki tortib olish man' etilgan. Sudxo'rlik faoliyati
cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo'lmasligi
kerak.
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo'jaligini
rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash bo'lgan, ya'ni mehnatsiz daromad topishga
qarshi kurashilgan. Qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin
bo'lmagan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan erga ham tan olingan.
Birovning xususiy mulkiga ko'z olaytirgan, unga zarar etkazganlar iqtisodiy
jihatdan jazolangan. Bu qonunlar to'plami davlatning mamlakatni iqtisodiy
boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini ko'rsatadi. Oqibatda shu davrda
mamlakat ham siyosiy jipslashdi, ham iqtisodiy ravnaq topdi.
Qadimgi Hindistonning «
Manu qonunlari »da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy
mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo'ysunish institutlarining mavjudligi
aytiladi.
Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik
«
Artxashastra » (m.a. IV-III asrlar oralig'ida)dir (tom ma'nosi bo'yicha ifoda,
amaliy hayot to'g'risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to'ldirilgan). Bu qadimiy
va muhim tarixiy yodgorlikdir (u