1-mavzu. Qadimgi dunyo iqtisodiy goyalari


Konfutsiy yoki  Kun-TSzi (m.a. 551- 478 yy.)  «Lun yuy



Yüklə 167,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix07.01.2024
ölçüsü167,33 Kb.
#202834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIY GOYALARI.

Konfutsiy
yoki 
Kun-TSzi
(m.a. 551-
478 yy.) 
«Lun yuy
» to'plamida 
(«Suhbatlar va mulohazalar»
) o'z g'oyalarini 
jamlagan. Olim kelajak rivojini o'tmishdan izlaydi. Shu davrda obro'si pasaygan 
zodagonlarning manfaatini himoya qiladi (bu g'oyalar keyinchalik Ken-TSzi 
(m.a.312-289 yy.), Syun-TSzi (313-278 yy.) va boshqalar tomonidan davom 
ettirilgan). shlarning qariyalarga hurmati, ularga qarshi chiqmaslik g'oyasi asos 
qilib olingan. Davlat bu katta oila, podsho esa «xalqlar otasi»dir, boyliklar nisbatan 
tekis taqsimlanishi kerak, soliqlarni me'yorida saqlash, er ishlarini yaxshi bajarish, 
hammani o'z vazifalarini bajonidil ato etishi zarur deyiladi («Xalqlar otasi» 
tushunchasining ibtidosiga e'tibor bering).
Bu g'oyalar Xitoydagi muhim iqtisodiy o'zgarishlar davriga to'g'ri keladi. 
Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topdi, tovar-pul 
munosabatlari o'sdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiy munosabatlar keskinlashdi. Shu 


sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, ahloq va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini 
ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq o'rtasida vujudga kelgan quldorlik 
va xususiy mulk himoya qilinadi. Konfutsiy «
buyuk jamoa mulki
» (dehqonlar 
jamoasi) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, so'nggisini ko'proq 
qo'llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini ta'kidlaydi 
va uni tabiiy hol, deydi. Boylikning manbai mehnat bo'lib, hokimlar boyligi xalq 
boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori edi, xalqni 
ko'proq ishlab, kamroq iste'mol qilishga chaqirdi.
Syun-TSzi davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori edi, odamlarning 
boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish yuritishsa bas). Ammo 
inson bir vaqtning o'zida ko'p kasb egasi bo'la olmaydi, degan fikr paydo bo'ldi, 
ya'ni olim mehnat taqsimoti zarurligi g'oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir). 
Davlatning iqtisodiy siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak:
1.
Harajatlarni iqtisod qilish, ya'ni tejab-tergab sarflash;
2.
Xalq to'qligini ta'minlash;
3.
Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi. 
Etarlicha ta'minot tamoyili insonning jamiyatdagi o'rniga bog'liq holda 
belgilangan (ya'ni sinfiylik tamoyili mavjud). Ekspluatatsiya qo'llab-quvvatlanadi, 
jamiyatda hammaning o'z aniq joyi bo'lishi kerak, deyilgan, ya'ni hukmdor, tobe', 
ota, o'g'il. Boshqarish ma'lum qonun asosida emas, balki oddiy odat bo'yicha 
bo'lishi, og'ir soliq va majburiyatlar bo'lmasligi ta'kidlanadi.
Miloddan avvalgi VI-III asrlarda 
legistlar (
qonuniy degani) oqimi paydo 
bo'ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga qarshi) olib borish 
tarafdori edilar (namoyandalari TSzi-Chap, Li-Kuy), markaziy davlat kuchli
mamlakat esa yagona birlashgan bo'lishini qo'llab-quvvatlashgan. Legistlar (Shan 
Yan) ayniqsa qishloq xo'jaligi, dehqonchilik, donchilikni rivojlantirishga alohida 
e'tibor berishgan. Don masalasini hal etish bosh masala deb bilingan. Shan 
Yanning fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: don va urush 
(atrofdagi erlarni bosib olish). Dehqonlar ro'yxatini o'tkazish, qonun yo'li bilan 
yig'ilgan don miqdoriga bog'liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun 
yo'li bilan turli «ishyoqmaslar»ni «erga qaytarish», ya'ni dehqonchilik bilan 
shug'ullanishga, ya'ni mehnat qilishga majbur etish siyosatini qo'llash kerak 
deganlar (Xitoydagi 1960 yillar davomida ro'y bergan madaniy inqilob davrida shu 
siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan savdo 
qilishni qat'iy cheklash ham talab qilingan (go'yoki savdogarlar bundan katta foyda 
olishlari mumkin). Savdogarlar savdoni tashlab, dehqonchilikka intilishlari 
kerak.Erkin sohibkorlik taqiqlangan, umumiy er egaligi va javobgarlik joriy 
etilgan(m.a.351 y.) 

Yüklə 167,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin