agrar soha, ayniqsa donchilikka alohida urg'u berilgan. Agar legistlar
hunarmandchilik, ayniqsa savdoni befoyda soha deb hisoblagan bo'lsalar, bu
asarda esa o'sha sohalarga ham ijobiy baho berilgan. «Erni boshqarish»
uchun
davlat erning tabiiy xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. Er maydonlari nisbatan
tekis taqsimlanishi zarur, dehqonlarni ish qizigan davrda boshqa yumushlarga jalb
etmaslik, soliq tizimi sharoitiga qarab (er unumiga bog'liq ravishda) bo'lishi taklif
etilgan. Bu erda gap Er kadastrini tuzish to'g'risida boradi, ya'ni bu ishda hisob-
kitob bo'lishi qayd etiladi. Asarda er va suv (tog' va dengiz) larni davlat ixtiyoriga
o'tkazish va ulardan daromad yo'lida foydalanish, baholarni tartibga solish yo'li va
boshqa ko'pgina iqtisodiy g'oyalar ilgari suriladi. Bu g'oyalar
amalda ham
qo'llanildi va yaxshi samara berdi.
Qadimgi Xitoy ijtimoiy hayotida daosizm (aynan - yo'l) g'oyalari alohida
o'rinni egallaydi, uning asoschisi
Lyao-TSzi
bo'lib, Konfutsiy davrida yashab, ijod
etgan (e.a. IV-III asrlar). U taqiqlovchi qonunlarga amal qilmaslikni taklif etdi,
qonunlar ko'pligi tufayli «
xalq kambag'allashmoqda
», degan edi u.
Daosizm
g'oyalari konfutsiylikka qarama-qarshi bo'lib, insoniyat avvalgi majburiyatlaridan
voz kechishi, oddiy
tabiiy hayotga qaytishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. Bu
g'oyaga ko'ra inson ibtidoiy davrga qaytishi, yangi mehnat qurollaridan
foydalanmasligi kerak. Ko'rinib turibdiki, unda reaktsionlik elementlari bor, ammo
bu g'oyada xalq ommasining
noroziligi ham aks etgan, chunki tsivilizatsiya
yutuqlari ekspluatatsiya manfaatlariga ham xizmat qilayotgan edi. Bunda
kurashdan
voz kechish, davlatning xalq hayotiga aralashuvini inkor etish fikrlari
ustun kelgan.
Dostları ilə paylaş: