ko'z olaytirmagan, tabiatni asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham
bitmas-tuganmas rohat va farog'atga burkanadi» deb yoziladi.
Ko'chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo'lgan mollar sonini saqlash
qo'llanilib, ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Bu g'oya
ayniqsa ilk zoroastrizmda kuchli. Hayvonot dunyosini asrash,
uning sonini
oshirish, sifatini yaxshilash (ayniqsa semirtirish) ga alohida urg'u berilgan. Buning
uchun esa yaxshi yaylov, kerakli qarov, em-xashak bilan ta'minlash eng yaxshi
faoliyat deb baholanadi. Yaxshi ishlarni amalga oshirish kuchli hokimiyat bilan
bo'lishi qayd etiladi. Kitobda yozilishicha, hayvonlarni o'g'irlash yoki tortib olish,
turar joylarni xonavayron qilishdan asrashga intilish Yaxshilik g'alabasiga olib
keladi. Ana shu qoidalarga amal qilganlarga yaylovlar bo'ylab erkin harakat
qilishga va'da beriladi, chunki tabiiy yaylovlar cheklangan sharoitda bu «erkin
harakat» ta'minoti muhimdir, aks holda o'zaro to'qnashuv va urushlar ro'y bergan.
Ma'lum qonun-qoidalarga bo'ysunish kuchli hokimiyat va mo''tadillik bilan
bog'liq edi. O'zaro shartnomalarga bekamu-ko'st
amal qilish zarurligi, ayniqsa
o'zaro moddiy yordam berish kerakligi targ'ib etiladi.
Avesto ma'lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib
olish mumkin. Bu davrda urug' jamoasi emirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo
bo'lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak,
ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo'lgan. Aholi ko'proq yarim
ko'chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik etakchi edi.
Ideal hayot tarzi quyidagicha talqin etilgan bo'lib, uningcha erdan shunday
joyni topish yoki yaratish kerakki, u erda ko'p ovqat pishirilishi, doim katta bo'lak
go'sht tegishi, otlar pishqirib turishi, ot-arava g'ildiraklari jarangi chiqishi,
qamchilar doim ko'tarilib,
ovozi chiqib turishi, odamlar jag'i tinmaydigan (ovqat
eyishda), ziravorlar etarlicha yashirib qo'yilgan, xushbuy hidlar arimaydigan,
yaxshi hayot uchun kerakli barcha narsalarni istakka qarab ko'p miqdorda
saqlanadigan omborlar bor joy tushunilgan.
«Avesto» bo'yicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zahira oziq-ovqatlar barpo
qilish qo'llab-quvvatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta'limotlarda ham bu g'oya
katta o'rinni tutadi).
«Avesto»ning yozilishi jihatidan keyingi davrga mansub fikrlarda, masalan,
chorvadorlar hamkori
Yim
to'g'risidagi afsonada «oltin asr»dagi mol-qo'ylarning
mo'l-ko'lligi haqida so'z yuritiladi. Yimning xizmati ulug'lanib, kuchli sovuq, kor
va suv to'fonidan hayvonlar va odamlarni qutqarish uchun «varu» (qo'rg'on)
qurdirib, unga suv o'tkazadi, mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush,
barcha
o'simliklar urug'i va yonib porlab turgan olovni keltiradi (
Nuh
payg'ambar bilan
solishtiring). Odamlar uchun turar joy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani
aytiladi.
«Avesto»ning 3-bobi (fargard)
«Vandidot»
bo'lib, nisbatan keyingi davr
voqealarini aks ettiradi, unda asosan dehqonchilik va dehqon mehnati ulug'lanadi
(avvalgi boblarda chorva etakchi edi). Endilikda ko'proq ekin ekiladigan, don, o't,
mevali ekinlar o'stiriladigan, suvsiz joylarni sug'oradigan, suvi ortiqcha erlar
quritiladigan (sug'orish bilan birga zax qochirish) joylar maqtaladi,
hatto erlarga
ko'p go'ng solinishi, buning uchun esa ko'proq kichik va katta qoramollar boqish
tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko'rinib turibdi.
Kitobning bu bobida dehqonchilik va ayniqsa don ekish, g'allakorlik
ulug'lanadi. Aholini qunt bilan don etishtirishga undaladi, hatto g'allakorlar
e'tiqodni olg'a suruvchilar deb talqin etiladi.
«Dehqonchiliksiz mo'l-ko'lchilik yo'q»
,
degan aqida ilgari suriladi (fiziokratizm ta'limoti bilan solishtiring). «Kimda-kim
zaminni chap va o'ng qo'l bilan, o'ng qo'l va chap qo'l bilan shudgor qilsa, zamin
unga farovonlik baxsh etadi. U go'zal va pokiza qizga o'xshaydi. Bu qiz er
xonadoniga kirib borib, o'z to'shagidan halol yostiqdoshiga farzandlar tug'ib beradi.
Zamin ham mo'l-ko'l mevalarini in'om etadi», deyilgan,
bunda erni tobora
madaniylashtirish va undan ko'proq naf olishi haqida gap boradi.
Xo'jalikning barcha tarmoqlari orasida g'allakorlikka eng yuksak baho
beriladi. Zoroastrizm qashshoqlikni yo'qotish yoki unga yo'liqmaslik uchun
ziroatchilikini rivojlantirish, yangi erlarni ochish bo'yicha faol siyosat olib borish
kerakligini uqtiradi. Ammo
inson erni tashlasa, unga qaramay qo'ysa, unday odam
o'zgalar eshigi
oldida turgan doimiy gadoyga aylanadi
, deyilgan bu kitobda
(hozirgi davr ta'limotlari bilan solishtiring).
Asketizm to'g'ridan-to'g'ri qoralanadi, chunki bu
odat monlik bilan kurashda
insonning kuch-qudratini susaytiradi. Ovqatni kam iste'mol qilgan odam na din, na
xo'jalik (qishloq xo'jaligi) ishlari, na farzand (ayniqsa o'g'il bolalar) ko'paytirish
faoliyati bilan kerakli darajada shug'ullana olmaydi; insonlar sonini ko'paytirish
ham muhim vazifa deb belgilangan, chunki farzandlar oila boyligini ko'paytiradi,
Yaxshilik g'alabasiga ko'maklashadilar. Bu g'oyalarning ahamiyati hozirgi kunda
ham juda muhimdir.
Bu din hozirgi Markaziy Osiyo, ayniqsa Qadimgi Eronda keng tarqaldi, davlat
diniga aylandi. M.a. VI-V asrlarda Dariy I podsholigi yillarida Eronda, keyinchalik
boshqa davlatlarda tarqaldi. Islom dinigacha bo'lgan davrda respublikamiz
aholisining asosiy qismi bu dinga e'tiqod qilgan, uning ayrim qoldiqlari hali ham
qayd etilib turadi (kelin-kuyovlarni olov atrofida aylantirish, vafot etganlarga
chiroq yoqish va boshqalar).
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar m.a. VI-III asrlarda shakllangan. Bu
mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari e.a. II ming yillikda paydo bo'lgan.
Konfutsiylik
g'oyasi muhimdir. Uning muallifi
Dostları ilə paylaş: