1-mavzu. Qadimgi dunyo iqtisodiy goyalari



Yüklə 167,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix07.01.2024
ölçüsü167,33 Kb.
#202834
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIY GOYALARI.

Siseron Mark Tulliy 
(m.a. 106-43 yy.) taniqli davlat arbobi va mashhur notik 
bo'lgan. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo'lib, savdo-sotiq ancha 
o'sdi, sudxo'rlik boyish manbaiga aylandi. U qishloq xo'jaligini qo'llagan holda 
(chunki bu soha bozor uchun ham mahsulot etkazar edi), yirik savdo va 
sudxo'rlikni boyish manbai deb hisobladi. Demak, Siseron boshqalardan farqli 
ravishda quldorlar bilan birga savdogar va sudxo'rlarning manfaatini ham himoya 
qildi.
Quldorlik tuzumining ichki qarama-qarshiligi tobora o'sdi, qullar qo'zg'oloni 
ro'y berdi. Tarixda 
Spartak
boshchiligidagi (m.a. 73-71 yy.) qullar qo'zg'oloni 
katta ahamiyatga ega, u beayov bostirilgan bo'lsa ham, tuzum zaminiga jiddiy 
zarba bo'ldi. 
Lusiy Sergey Katalina
m.a. 63-62 yy. kambag'al aholi yordamida 
hokimiyatni egallamoqchi, qulchilikni yo'q qilmoqchi va boyimoqchi bo'ldi, ammo 
uning harakatlari ham zoe ketdi.
Yangi eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida nisbatan barqarorlik davri 
bo'ldi, lekin quldorlik ekspluatasiyasining samarasizligi tobora ayon bo'lib qoldi, 
kolonat o'sdi. Aristotel g'oyalarida qulchilik tabiiy zarurat deyilgan bo'lsa, 
endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli kelingan, degan fikrlar yuzaga chiqa 
boshladi.
Lusiy Anney Seneka
(m.a.3-mil.65 yy.) qulchilikning siyosiy xavfini 
tushundi va qullar bilan yumshoqroq munosabatda bo'lishni taklif etdi, ular ham 
tabiatan ozod odam ekanligini tan oldilar.
Shu davrda kolonatga, krepostnoylikka o'tish kuchaydi. Ana shunday bir 
paytda milodning I asrida (2-yarmida) yangi diniy mafkura - 
xristianlik
vujudga 
keldi. Uning asosiy aqidalari Injilda keltirilgan. Bu muqaddas kitobda bir qancha 
iqtisodiy g'oyalar ham berilgan. Oddiy xo'jalik faoliyati (mehnat) zarur va ulug' ish 


deb qaraladi. Dastlab og'ir qullar haq-huquqini himoya qilgan bu din, bu ahvoldan 
qutulish yo'li yuqoridan, xudodan deb bilgan. O'sha davrda bu dinning boshqa 
dinlardan afzalligi shu bo'ldiki, xalqlar o'rtasidagi etnik va sosial tafovutlar inkor 
etildi, din oldida hamma barobar deb e'lon qilindi. Keyinchalik bu din boshqa 
toifalar orasida ham tarqaldi. Dastlab xristianlik mulki umumiy bo'lib, 
ekspluatasiya inkor etilgan, odatda sadaka hisobiga kun ko'rilgan. Birinchi 
xristianlar ta'qib ostiga olingan, ammo 325 yili Nikey Soborida xristianlikka Rim 
imperiyasining davlat dini maqomi berildi, oqibatda quldorlik va bo'lajak feodal 
jamiyatining mafkurasiga aylandi.
Milodiy yilning boshida ilk xristianlikning iqtisodiy g'oyalari 

Yüklə 167,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin