1-mavzu. Qadimgi dunyo iqtisodiy goyalari


Avreliy  Avgustin Blajenniy



Yüklə 167,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/15
tarix07.01.2024
ölçüsü167,33 Kb.
#202834
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIY GOYALARI.

Avreliy 
Avgustin Blajenniy
(353-430) asarlarida ham berilgan. U hammaning mehnat 
qilishi zarurligini, «ishlamagan tishlamaydi» (apostol 
Pavel
ning fikri) g'oyasini 
ilgari surdi (sosializmning asosiy tamoyilini eslang), dehqonchilik eng faxriy kasb 
ekanligini aytdi, savdoni esa faqat foyda, naf olish uchun qilinadigan ish deb 
qoraladi. Aqliy mehnatni jismoniy mehnat kabi baholash muhim edi. Ammo 
Avgustin qullarni ozod qilishni qat'iy talab etgan emas, u dinning bosh vazifasi 
aholining ahloqiy takomillashuviga yordam berish, degan qisqacha xulosalar 
chiqargan. Bu dinda odil baho tamoyili, mahsulotlarni shaxsiy emas, balki ijtimoiy 
baholash, mulk, boylik va boshqa ko'pgina iqtisodiy muammolarga tegib o'tilgan. 
Avgustin Blajenniy «
Faflatda yotgan xalqni uyg'otish uchun avvalo uning tarixini 
uyg'otish zarur
», degan buyuk fikrni ifoda etgan.
 
 
 
 
 
QISQACHA XULOSALAR 
Dastlabki iqtisodiy g'oyalar insoniyatning paydo bo'lishi bilan shakllangan
ammo bizgacha etib kelganlari m.a. 2-ming yillikka to'g'ri kelib, ko'proq qadimiy 
Osiyo xalqlarining xo'jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma'lum darajada 
amaliyotni nazariy umumlashtirish, abstraksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy 
mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi.
Qullikka asoslangan natural xo'jalik, ayniqsa qishloq xo'jaligi qo'llab-
quvvatlangan, boylikning asosiy manbai mehnat deb hisoblangan Hindistonda 
«buyumning qiymati»ni «ish kunlari» bilan belgilash, mahsulotning bozor bahosi 
bilan uning tabiiy qiymati o'rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko'tarilib, uning 
miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan.


Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar ancha rivojlangan bo'lib, tabiiy huquq nazariyasi 
ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va hukmdorlar 
mulki o'rtasidagi bog'lanish, iqtisod va qonun masalalariga tegib o'tiladi.
Agar Osiyoda quldorlik ko'proq patriarxal shaklda bo'lsa, antik dunyoda u 
klassik ravishda ro'y bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik xo'jaligi 
qo'llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo'rlik ham qo'llab-quvvatlangan. 
Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg'arish) funksiyasi tan olingan. Mahsulot 
ishlab chiqarishni rag'batlantirish, boylik jamg'arish zararli deb hisoblangan. 
«Ekonomika», «Xrematistika» tushunchalari kiritilugan, ular bir-biriga qarshi 
qo'yilgan, qiymat (qimmat) kategoriyasi, tovarlarning almashuv tamoyillari (ilk 
yo'nalish) keltirilgan, ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq 
berilmagan.
Rimda quldorlik eng yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi 
(Osiyoda feodalizm munosabatlari oldinroq ro'y bergan). Qulchilikka munosabat 
o'zgardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo'lib qoldi, dehqonchilik bilan 
chorvachilik, yirik savdo va sudxo'rlik faoliyati qo'llandi (Siseron). Mayda ishlab 
chiqarishga o'tish jarayoni, islohotlar (Grakxlar) yo'li boshlandi.
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda 
qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan.
Zoroastrizmning muqaddas kitobi Avesto va xristianlik kitoblari Bibliya
Injilda ham muhim iqtisodiy g'oyalar mavjud, masalan sosializmning bosh tamoyili 
bo'lgan «ishlamagan tishlamaydi» g'oyasi eramiz boshida ma'lum edi.
Qisqacha qisqacha xulosalar qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi 
iqtisodiy g'oyalarda natural xo'jalik (nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi.

Yüklə 167,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin