ishlab chiqarish mumkin bo'lmagan narsalarnigina sotib olish zarur, degan g'oyani
qo'llaydi. U qul mehnati asosida xo'jalikni yuritishning
yangi uslublarini ham
ishlab chiqdi. Uning fikricha, qullar yoshligidan sotib olinish kerak, shunda
qullarni
tarbiyalash, ishga o'rgatish oson bo'ladi (yoshi kattalarda bu ish qiyin
kechadi), qullar orasida adovat urug'i sepilsa, ularda egasiga nisbatan ig'volar
yo'qoladi. Qullar qattiq intizom asosida ishlatilishi, arzimas gunoh uchun
jazolanishi, ishiga qarab boqilishi va kiyintirilishi taklif etiladi.
Bu davrda natural xo'jalik bilan birga
bozor munosabatlari ham
rivojlanayotgan edi. Bozorni qo'llagan Katon shu bilan birga yollanma mehnatga
dushman bo'lgan. U qul mehnatini to'g'ri tashkil etishga alohida ahamiyat beradi.
Bayram kunlari ish hayvonlariga dam berilgan holda, qullar ishlashga majbur
etilgan. Kasallangan ho'kiz
davolangan, qulni esa «eski arava» sifatida sotib
yuborish tavsiya etilgan.
Dehqonchilikda qul mehnati tobora kam samarali bo'layotganligini ko'rgan
Katon yaylov xo'jaligini, keyinchalik savdo va sudxo'rlikni qo'llab-quvvatlagan.
Qiymatdan ortiq mahsulotni foyda deb bilgan va uni to'la ravishda ishlab chiqarish
harajatlariga qo'shgan (xato fikr). «
Yuqori foyda olish uchun yuqori baholar kuni
kelishini bamaylixotir kutish kerak
», deydi u.
Dehqonlar qo'lidagi erlar tortib olinib, yirik
latifundiyalar vujudga kela
boshladi, erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari ersizlandi. Bu holat
yirik er egalari -
patrisiylar
va dehqon-plebeylar o'rtasidagi
qarama-
qarshilikni
kuchaytirdi, oxir-oqibatda aka-uka
Dostları ilə paylaş: