1-Mavzu: Retsepsiya retseptor hujayralar tuzilishi va faoliyati. Sinergetika konsepsiyasi. Entropiya haqida tushu



Yüklə 199,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix14.12.2023
ölçüsü199,19 Kb.
#180372
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Beofizika mustaqil ish 6 ta amaliy

tanlab 
oʻtkazish
xususiyati mavjud. Bu xususiyat orqali plazmatik membrana 
maʼlum bir vaqt ichida hujayraga kiruvchi va chiquvchi moddaning turiga 
qarab uning miqdorini boshqaradi. Tanlab oʻtkazuvchanlikning asosiy 
vazifasi hujayralarning ozuqa moddalarini qabul qilish, chiqindi moddalarni 
tashqariga chiqarish va atrof-muhitdagi turli sharoitlarga qaramasdan 
barqaror ichki muhit (gomeostaz) saqlanishini taʼminlashdir. 
Membrana orqali moddalar tashilishining eng oddiy shakli passiv 
transportdir. 
Passiv transport
hujayradan hech qanday energiya sarflashni 
talab qilmaydi va moddalar membrananing ikki tarafidagi konsentratsiya 
gradiyenti hisobiga tashiladi. 
Konsentratsiya gradiyenti
– bu biror-bir modda 
molekulalarining tabiiy ravishda konsentratsiya yuqori joydan konsentratsiya 
kam joyga tarqaladigan, modda konsentratsiyasi oʻzgaradigan joydir. 
Hujayrada ayrim molekulalar toʻgʻridan toʻgʻri membrananing lipid qavatini 
kesib oʻtish orqali konsentratsiya gradiyentini tushirsa, baʼzilari 
yengillashgan diffuziya deb nomlanuvchi jarayon orqali membranadagi 
oqsillar yordamida oʻtishi mumkin. Quyida biz membrananing 
oʻtkazuvchanligi va passiv transportning turli usullarini batafsil koʻrib 
chiqamiz. 
Tanlab oʻtkazuvchanlik 
Fosfolipidlarning ham gidrofil (suvni yoqtiradigan), ham gidrofob (suvdan 
qoʻrqadigan) qismlari bor. Shu xususiyati sababli ham plazmatik 


membranadagi fosfolipidlar 
amfipatik
hisoblanadi. Plazmatik membrananing 
gidrofob qismi baʼzi moddalarning membrana orqali harakatlanishiga yordam 
beradi, boshqalarining 
esa harakatlanishiga toʻsqinlik qiladi. 
Fosfolipid strukturasi: gidrofob 
yogʻ kislotasi dumchalari va gidrofil boshcha 
koʻrsatilgan. Ikki qavatda tizilgan fosfolipidlardan iborat qoʻshqavatli 
membrana, boshchalar tashqi tomonga yuzlangan, dumchalar esa oraliqda 
joylashgan. 
Grafik material OpenStax CNX Biologyʼdan oʻzgartirib olindi.
Qutbli va zaryadlangan molekulalar membranani kesib oʻtayotganda ancha 
qiyinchilikka 
uchraydi. 
Qutbli 
molekulalar 
membrananing 
manfiy 
zaryadlangan boshlari joylashgan tashqi yuzasi bilan osongina oʻzaro 
taʼsirlashishi mumkin, ammo qutbli molekulalar fosfolipidning gidrofob 
qismidan oʻtishda qiyinchilikka duch keladi. Bunga misol tariqasida suv 
molekulalari membranani tezda kesib oʻta olmasligini keltirsa boʻladi (suv 
molekulalari kichik oʻlchamda boʻlganligi va toʻliq zaryadlanmaganligiga 
qaramasdan sekinro
q kesib oʻtadi). 



Yüklə 199,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin