1-Mavzu: rivojlangan davlatlarda ta`lim-tarbiya rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi


Belgiya hududida 4 tipdagi o‘rta maktablar faoliyat yuritadi



Yüklə 281,26 Kb.
səhifə16/20
tarix13.11.2022
ölçüsü281,26 Kb.
#68894
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-5 pedagogikadan

Belgiya hududida 4 tipdagi o‘rta maktablar faoliyat yuritadi:Umumiy ta’lim beruvchi o‘rta maktab (Algemeyen Secundair Onderwijs,(ASO)). Mazkur tipdagi muassasalar o‘quv dasturida maktab bitiruvchisi 6 yilto‘liq ta’lim olib, o‘qishni oliy o‘quv yurtida davom ettirishi ko‘zda tutilgan.Mehnat bozorida ASO tugatganlik to‘g‘risidagi diplomli shaxslarga ehtiyoj mavjudemas, chunki mazkur tipdagi muassasalarda ta’lim ko‘p hajmli nazariy bilimlarberish fanlarga qaratilgan bo‘lib, amaliy va kasbiy tayyorgarlik ko‘zda tutilmagan.Texnik o‘rta maktablar (Technisch Secundair Onderwijs, (TsO)) ikkita: TTKva STK kabi ―tipcha‖ga bo‘linadi. I ―tipcha‖dagi maktablarda ta’lim texnik jihatitomoniga yo‘naltirilgan, II ―tipcha‖ ga - amaliy muassasalarga ixtisoslashgan.Mazkur ta’lim muassasalarda matematika, tillar, tarix, tabiiy fanlarga urg‘uberiladi, lekin ASOga nisbatan bilim hajmi kamroqdir. STK bitiruvchilari mehnatbozoriga chiqishga tayyor, TTK bitiruvchilari esa, odatda, o‘qishni davomettirishni: ixtisosi bo‘yicha bir yil qo‘shimcha tahsil olish, turizm, savdo, sog‘liqnisaqlash kabi sohalar bo‘yicha bakalavr yoki hattoki magistr darajasini olishni afzalko‘rishadi.Kasbiy-texnik o‘quv yurtlari (Beroyeps secundair ondwyerwijs (VSO))duradgor, zargar, g‘isht teruvchi (quruvchi) usta kabi o‘ziga xos mutaxassisliklarbo‘yicha ta’lim taklif etishadi. BSO — faqat belgiya o‘rta ta’limida mavjudbo‘lgan ta’lim muassasasi tipidir, bundan keyin oliy ta’lim olish imkoniyati ko‘zdatutilmagan. Agarda ushbu ta’lim muassasasi bitiruvchisi qo‘shimcha yil (7 yoki 8)o‘qish istagini bildirsa, bu qo‘shimcha o‘quv yilidan keyin bitiruvchiga TsOdiplomiga ekvivalent bo‘ladigan diplom berishadi.O‘rta badiiy ta’lim muassasalari (Kunst secundair onderwijs (KSO)). Ushbuo‘quv yurtlar san’at sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish uchun universitetyoki kollejga o‘qishga kirish uchun talabalarni tayyorlaydilar. Tanlaganyo‘nalishiga qarab, akterlik mahorati, xoreografiya, musiqa yoki tasviriy san’atustuvor bo‘lishi mumkin.
Belgiyada oliy ta’lim: universitetlar va oliy maktablar.Belgiya oliy ta’limi o‘zining ko‘hna an’analariga ega. O‘qitish jarayoni vazamonaviy ilm-fanni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha fundamentalva amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish o‘rtasidagi bog‘liqlik Belgiya ta’lim tizimi uchunan’anaviy hisoblanadi. Belgiyada o‘qishni tanlash jarayonida e’tiborni, asosan,ishlab chiqarish (masalan, texnologiyalar) va biznes (xalqaro biznes, iqtisodiyot,boshqaruv, huquq, moliya va boshqa)lar bilan bog‘liq bo‘lgan dasturlarga qaratishkerak bo‘ladi. Bunda, albatta, ta’lim olib boriladigan tilni bilish to‘g‘risida dalillarbo‘lishi kerak. Belgiyadagi ta’lim xalqaro biznesga yo‘naltirilganligi oliy o‘quvyurtlari bitiruvchilari uchun katta imkoniyat beradi.Belgiya ta’limiga fransuz, flamand va nemis hamjamiyatlari javobgar. 6yoshdan 16 yoshgacha va kechki maktablarda 18 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalaruchun ta’lim majburiy va bepuldir. Savodsizlik deyarli tugatilgan. Belgiyaliklarbolalarining yarimi xususiy, aksariyat qismi katolik cherkovlarga tegishli bo‘lganmaktablarda tahsil oladi. Qariyb barcha xususiy maktablar davlat tomonidantomonidan yordamga beriladigan mablag‘ – subsidiya bilan ta’minlanadi.Maktab ta’limining birinchi bosqichi - olti yillik boshlang‘ich maktabhisoblanadi. O‘rta ta’lim aksariyat hollarda uchta ikki yillik bosqichdan iboratbo‘lib, uning dastlabki to‘rt yili majburiydir. Birinchi va ikkinchi bosqichlaro‘quvchilarining tahminan yarmi umumpedagogik tayyorgarlik, badiiy ta’limolishadi yoki texnik yoxud hunarmandchilik tayyorgarlikdan o‘tadi; boshqalar esata’limning umumiy kursini o‘tashadi. Oxirgi guruhining tahminan yarimo‘quvchilari bitirgandan keyin universitetga kirish huquqini beruvchi o‘rtamaktabning oliy bosqichida ta’lim olishni davom ettiradilar.Belgiyada 7 ta akademiya va 8 ta universitet faoliyat ko‘rsatadi. Belgiyadaoliy ta’lim qadimgi an’analarga ega: birinchi oliy o‘quv yurti - Luven katolikuniversiteti hisoblanadi. U 1425 yili Martina V papasi tashabbusi va brabantgertsogi Jana IV ko‘rsatmasiga binoan tashkil topgan. 1517 yili Erazm Rotterdamham Luvenda uch til (ivrit, lotin, grek) maktabiga asos soldi va uning namunasidaParijda Fransiya kolleji yaratildi.Hozirgi kunda Belgiyaning aholisi 10 mln.dan ortiq kishidan tashkil topganbo‘lib, u erda qariyb 180 ta oliy ta’lim muassasasida 280 ming nafar talaba tahsiloladi. 1970 yili frantsuz tilida so‘zlashiladigan Valloniya, niderland tilidaso‘zlashuvchi Flandriya, ikki tilda so‘zlashiladigan Bryussel’ va nemis tilidaso‘zlashiladigan Germaniya bilan chegaradosh bo‘lgan Valloniya sharqidagi tuman4 ta lingvistik hudud mamlakat konstitusiyasida mustahkamlandi.O‘sha vaqtdan beri maorif federal vazirligi faqatgina o‘rta ta’limningmajburiyligini nazorat qiladi va barcha bosqich bo‘yicha ta’lim to‘g‘risidagidiplom va sertifikatlarni berishning talablarini belgilaydi. Ta’lim bo‘yicha boshqamasalalar tillar hamjamiyati vakolatiga kiradi. Shunday qilib, oliy ta’lim masalalariFlamand hamjamiyatining ta’lim va davlat xizmati Vazirligi, Frantsuzhamjamiyatining oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro aloqalar va sport Vazirligihamda Nemis tilida so‘zlashuvchi hamjamiyatning ta’lim, madaniyat, ilmiytadqiqotlar, haykallar va diqqatga sazovor joylar Vazirligi vakolatidadir.

Yüklə 281,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin