1-mavzu: “Soliq nazariyasi” fanining predmeti, mazmuni va


AQSh soliq tizimida soliq idoralari faoliyati



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə51/57
tarix22.12.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#189897
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
1-mavzu “Soliq nazariyasi” fanining predmeti, mazmuni va

5. AQSh soliq tizimida soliq idoralari faoliyati.

AQShdagi soliq yig’ish tizimining uch pog’onaligi uning tarixiy rivojlanish evolyutsiyasini aks ettiradi. Shunga asosan, soliq idoralari uch bosqichda faoliyat ko’rsatadi.


Birinchi bosqich - AQShning federal soliq idoralari.
Ikkinchi bosqich - Shtatlar soliq idoralari.
Uchinchi bosqich - Mahalliy (shahar, okrug) soliq idoralari.
Soliq idoralari bir-biriga bog’liq bo’lmagan va o’zaro bo’ysunmagan holda faoliyat ko’rsatadi, ammo hamkorlikda ishlab, ma’lumotlar almashish yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Federal idorani komissar boshqaradi. Bu AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadigan siyosiy lavozim. Komissar muoviniga esa kunlik operatsiyalarga va o’tkazilayotgan siyosatning turg’unligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan fuqaro xizmatchisi (shahodatlanmagan fuqaro) tavsiya etiladi. Federal soliq boshqarmasi (FSB) AQShning asosiy sanoat va madaniy markazlarida joylashgan 7 regional boshqarmaga ega (Nyu-York, San-Frantsisko, Tsintsinnati, Dallas, Filadelfiya, Atlanta, Chikago)56.
Regional boshqarmalarni regional komissar boshqaradi. Regional boshqaruvning funktsiyalari milliy boshqaruv tomonidan ishlab chiqarilgan dastur va siyosatning bajarilishini ta’minlash, bo’ysunadigan boshqarmalar (tuman boshqarmasi va soliq markazlari) ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilishdan iborat.
Hozirgi vaqtda AQShda 63 tuman boshqarmasi, 10ta xizmat ko’rsatish markazi va 3 kompyuter markazi mavjud.
Tuman boshqarmalari asosan yirik sanoat va madaniy markazlarda joylashgan va har bir shtatda kamida bittadan tuman boshqarmasi mavjud. Boshqarma boshlig’i - tuman direktori tomonidan tavsiya etiladigan fuqarolik lavozim.
Soliq idoralari dastur yo’nalishlari doirasida fuqarolar bilan bevosita muloqat olib boradilar. Ular muloqat chog’ida:

  • soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatish: axborotlar, konsultatsiyalar, soliq deklaratsiya shakllari va mos adabiyotlar bilan ta’minlash;

  • to’ldirilgan soliq deklaratsiyalari va unga mos hujjatlarni tekshirish;

  • to’lanmagan soliqlarni topish va soliq to’lovchilarning hisoblaridan mos summalarini olishni ta’minlash;

  • soliq to’lovchilarning shikoyatlarini tahlil qilib, qoniqtirish ishlarini olib boradilar.

Soliqlarni to’lamaganlarni aniqlash maqsadida o’tkazilgan tekshirish axborotlaridan foydalanib, bozorni o’rganish va soliqlarni ixtiyoriy to’lash darajasini ko’tarish uchun keng miqyosdagi texnologiyalardan foydalanadilar.
Xizmat ko’rsatish markazlari har bir regionda kamida bittadan joylashgan bo’lib, uning boshlig’i - xizmat ko’rsatish markazining direktori hisoblanadi.
Markaz direktorining vazifalariga FSB faoliyatiga xizmat ko’rsatish bilan birga soliq deklaratsiyalari va axborotlar hujjatlarini qayta ishlash, soliq deklaratsiyalarini dastlabki tekshirish va qo’shimcha axborot yoki hujjatlarini tasdiqlovchi ma’lumotlarni olish maqsadida soliq to’lovchilar bilan yozishmalar o’tkazish kiradi.
Kompyuter markazlari Detroyt, Martinsburg va Memfisda joylashgan bo’lib ularning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • elektron pochta orqali qabul qilingan hamma soliq deklaratsiyalarini va to’lovlarini olish va qayta ishlash;

  • dastlabki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, navbatdagi tahlil uchun muammolarni aniqlash yoki soliq to’lovchilar bilan muloqotning zarurlik darajasini aniqlash;

  • hisobotlarni ro’yxatdan o’tkazish va mamlakatning FSBga hisobotlarni elektron ko’rinishda jo’natishdan iborat.

AQSh shtatlarining barchasiida o’zining mahalliy hukumatlariga bo’ysunadigan va shtatlarning soliqlari bilan shug’ullanadigan okrug soliq idoralari mavjud.
Shahar bosqichida shahar byudjetiga tushadigan soliqlar bilan shug’ullanuvchi o’z soliq idoralari faoliyat ko’rsatadi.
Soliq to’lovchilar AQSh Hukumatiga federal soliq, shtatga soliqlar va mahalliy soliqlarni to’laydilar va mos ravishda har yili soliq deklaratsiyalarining kamida 3 ko’rinishini to’ldiradilar.
Soliqqa tortish qonunchiligi soliqlarni to’lashdan bosh tortganlik uchun juda qat’iy sanktsiyalarni ko’zda tutadi, jumladan: butun mol-mulkini musodara qilishgacha etib boradigan jarimalar, 1 yildan 5 yilgacha muddatda qamoqda saqlash, ommaviy axborot vositalari orqali mas’uliyatsiz ST haqida xabar berish kabilar. Alohida kompyuter dasturi yordamida hamma soliq deklaratsiyalari-ning 1 foizi tanlanib, har yili tekshiriladi. Ixtiyoriy tekshirishlar esa faqat ilmiy-tadqiqot va tekshirish maqsadlari uchun o’tkaziladi.
AQShda davlat sektorining kamligi hisobga olinib, daromadlarning asosiy qismi aholining daromadlaridan olinadi, bu tadbirkorlarning foydasi (80 foiz) va korporatsiyalarning foydasini ham o’z ichiga oladi.
AQShda soliq to’lashlar bo’yicha imtiyozlarga kichik biznes korxonalari, shuningdek, notijorat asosida ishlaydigan tashkilot va korxonalar, maorif, davlat o’quv muassasalari va hokazolar ega. AQSh soliq tizimi – soliq siyosati, moliya tadbirlari, davlatning tadbirkorlikka ta’sir o’tkazishi bozor munosabatlari rivojlangan bu mamlakat xo’jalik mexanizmining asosiy unsurlari hisoblanadi57.
AQShda doimiy soliq tushumlarining aksariyat qismi federal byudjetga yuborilib, xususiy kapitalni iqtisodiyot sohasiga jalb etishga mo’ljallangan. Soliq imtiyozlari bevosita turli usullar orqali tadbirkorlikni rivojlantirishga ko’maklashadi. Aholidan olinadigan daromad solig’ining nisbati katta bo’lib, u o’sib boruvchi shkala bo’yicha hisoblanadi. Ijtimoiy sug’urta ajratmalar federal byudjetda hajmi bo’yicha ikkinchi o’rinda bo’lib, uni ish beruvchi yoki ishchining o’zi to’laydi. To’lov stavkasi har yili o’zgarib turadi. Uchinchi katta soliq – korporatsiya solig’idir. Korporatsiyalar tabaqalashtirilgan stavkalarda 15, 25 va 34 foiz soliq to’laydi. Korporatsiyalardan shtatlar byudjetiga ham tegishli soliqlar olinadi. Odatda, uning miqdori 3-12 foizgacha bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti mexanizmi tadbirkorlikning erkinligini ta’minlaganligi sababli resurslar taqsimoti, narxlar tovarlar ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar asosida, foydaning o’rtacha miqdorini hisobga olgan holda belgilanadi. AQShda jismoniy shaxslar va korporatsiyalardan olinadigan soliq miqdori umumiy tushumning 75 foizdan yuqori qismini ta’minlaydi.
Shtatlar korporatsiyalar va fuqarolardan daromad solig’ini yig’ib oladilar. Sotuvlardan olinadigan soliq ularning daromad manbai bo’lib, uning bir qismi shahar byudjetiga o’tkaziladi. AQSh shtatlaridan 44tasida savdodan olinadigan soliq qo’llaniladi. Mahalliy soliqlarning tarkibi va stavkalari to’rt guruhga bo’linadi. Birinchi guruh – bevosita soliqlar (mulk solig’i, er solig’i, sovg’alar va meroslardan olinadigan mahalliy soliq) faqat shu hududda yig’iladi. Bilvosita soliqqa tortish turlicha bo’lib, asosan, savdo va maxsus aktsiz soliqlaridan iborat. Ikkinchi guruh – bu soliqlar mahalliy soliqlardan faqat shaklan farq qiluvchi umumdavlat soliqlariga qo’shimcha bo’lib, uning ma’lum foizi mahalliy byudjetga ajratiladi. Uchinchi guruh – transport vositalariga, mehmonxonalarga, musiqa va sport tadbirlariga, kommunal xizmatlarga belgilangan soliqlarni o’z ichiga oladi. Iste’mol soliqlariga avtomashinalarni ro’yxatga olish, avtomashinalar turar joyiga, yonilg’iga soliq, aktsiz solig’i va yo’llar uchun olinadigan soliqlar kiradi. To’rtinchi guruh – mahalliy soliqlar, mazkur hududni boshqarish organlari ixtiyoriga o’tkaziladi. Bu guruhga ekologiya solig’i ham kiradi va u atrof-muhitni muhofaza qilish va tozalashga sarflanadi.
AQShda ichki soliq xizmati (ISX) soliq to’lovchilarni soliq hisobotlarini elektron holatda topshirishga undab, soliq hisobotlarining elektron fayllar turini ko’paytirmoqda. 2003 yil 51,2 million, 2004 yil hisobiga esa salkam 61 million soliq deklaratsiyalari onlayn tartibida to’ldirilgan. 2007 yilda ISX 80 foiz soliq deklaratsiyalarini elektron holatda to’ldirilishiga erishgan. Bunday holat esa joriy deklaratsiyalar sonini ikki barobar o’sishiga olib keladi.
ISX soliq to’lovchilarga elektron deklaratsiya dasturidan foydalanishning afzalliklarini yoritishda maxsus yo’riqnomalar chiqarib, radio va televidenie dasturlaridan foydalanadi. Elektron deklaratsiyalar soliq to’lovchilar uchun ham, ISX uchun ham juda qulaydir. Shuning uchun ham ISX soliq to’lovchilar uchun bepul elektron deklaratsiyalar dasturlarini qo’llashni tavsiya etadilar.
Elektron deklaratsiya AQSh soliq hukumati uchun juda katta iqtisodiy foyda keltiradi. 2004 yilda ISX elektron hisobot dasturini yangi (S va C) korporatsiyalarni hisobga olgan holda ilk marotaba kengaytirdilar. Bu esa o’z navbatida, elektron hisobot topshiruvchilar sonining kengayishiga olib keldi.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin