1-mavzu “Soliq nazariyasi” fanining predmeti, mazmuni va
2. Jahon soliq kodeksini qabul qilish zarurati va ahamiyati.
Birlashgan millatlar tashkiloti u yoki bu xalqaro dasturlar asosida bozor islohotlarini amalga oshirayotgan davlatlarga ma’lum bir loyihalarni ishlab chiqish va joriy etishda yordam berish hamda hamkorlik qilishni amalga oshiradi. Bunday hamkorlik yo’nalishlaridan biri - zamonaviy xalqaro iqtisodiy talablarga javob beradigan milliy soliq tizimining yuzaga kelishiga, shakllanishi va rivojlanishiga yordam berishdir. Aynan shunday chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida, ya’ni xalqaro soliq dasturi doirasida Jahon soliq kodeksini tayyorlash fikri yuzaga keldi. Ushbu Kodeksning asosiy maqsadi - islohotlarni amalga oshirayotgan davlatlarga ilmiy asosda soliq munosabatlarini tashkil qilish, yagona terminologiya va yagona mazmundagi izohni yaratish imkoniyatlarini taqdim etishdir.
Jahon soliq kodeksi asoslari shaklidagi ushbu hujjat 1993 yilda tayyorlanib, nashrdan chiqarildi. Uning mualliflari Garvard universiteti (AQSh) mutaxassislari Uord M. Xassi va Donald S. Lyubik. Ushbu Kodeks asoslari 300 betdan iborat bo’lib, 591 ta modda va izohni o’z ichiga olgan.
Kodeksning kirish qismida mualliflar ko’pgina davlatlar tajribasidan o’tgan soliq tizimining zamonaviy ma’nosini ochib berishga harakat qilganliklarini yozishgan.
Jahon soliq kodeksi namuna sifatida bo’lishiga qaramasdan, unda soliq to’lovlarining aniq stavkalari, uning minimumlari va imtiyozlar berilgandir.
Kodeks matni va unda berilgan stavkalar kodeksdan foydalanishni hohlovchi davlatlar uchun majburiy emas, balki tavsiyaviy tusga ega.
Milliy soliq qonunchiligi tayyorlanayotganda ushbu davlat mutaxassislari tomonidan mamlakatdagi aniq iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar inobatga olinishi kerak.
Kodeksda berilgan nizom alohida ahamiyatga ega. Nizomga ko’ra, soliq tizimi orqali iqtisodiy subsidiyalar berish to’g’ri subsidiya to’lovlariga nisbatan kam samaralidir. Imtiyoz turlari va engilliklarning ko’pligi, soliq imtiyozlarini nazorat qilishning qiyinligi sababli, soliq tizimini murakkablashtiradi va samaradorligini pasaytiradi, uning zarur bo’lgan egiluvchanlik xususiyatlarini yo’qotadi. Bundan kelib chiqib, kodeksda soliqlardan vaqtinchalik yoki doimiy ozod etish kabi imtiyozlar ko’zda tutilmaydi. Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti xususiyatlarini hisobga olgan xolda, Kodeks mualliflari fikricha, ushbu davlatlar daromadlarining asosiy qismi bojxona bojlari, qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar hamda korxona va tashkilotlar foydasiga soliq hisobiga shakllanadi. Bunday soliq tizimi soliqlarni undirish bilan bog’liq bo’lgan ma’muriy xarajatlar jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqqa nisbatan kam bo’ladi.
Tavsiya etilayotgan Kodeksdagi soliqlar tizimiga faqatgina yuqori daromadlarga ega bo’lgan aholi qismiga qo’llaniladigan jismoniy shaxslardan olinadigan individual daromad solig’i ham kiritilgan. Bu bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatlarda asosan rivojlanayotgan va sobiq sotsialistik davlatlarda individual daromad solig’ini rivojlangan davlatlardagi kabi keng miqyosda qo’llash uchun etarli darajadagi ma’muriy va huquqiy mexanizmlar mavjud emasligi bilan izohlanadi. Individual daromad solig’i soliq tushumlari maqsadida emas, balki tenglik hissini qaror toptirish maqsadida joriy etiladi.
Jahon soliq kodeksini ishlab chiqqanlar, soliq qonunlarini tayyorlash va qabul qilish soliq islohotiga dastlabki qadamdir deb hisoblaydilar. Asosiysi, soliq apparatining samaradorligini yaratishda deb biladilar. Adolatli va yuqori salohiyatli soliq xizmatining mavjudligi soliq islohotidagi muvaffaqqiyatlarning zaruriy shartidir.
Jahon soliq kodeksi asosiy soliq turlari bo’yicha 5 qismga bo’linib, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatlarda joriy etish uchun tavsiya qilinadi. Birinchi qism - daromad solig’i; ikkinchi qism - qo’shilgan qiymat solig’i; uchinchi kism - aktsiz soliqlari; turtinchi qism - ko’chmas mulkka soliq; beshinchi qism - soliq ma’muriyati, deb nomlanadi.