1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja



Yüklə 3,5 Mb.
səhifə51/73
tarix03.10.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#151706
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja (1)

Yozma bahsni o’tkazish usuli. Pedagogik amaliyotda bahsning mohiyati ko’pincha faqat og’zaki dialoglar va tortishuvlar tarzida tasavvur qilinadi. Lekin og’zaki bahslarning yanada samarali va ta’sirchan bo’lishi uchun yozma bahs shakli ham qo’llaniladi. Bu usul o’quvchilarning berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish, munozara madaniyatini oshirish va har bir fikrni asoslash qobiliyatini rivojlantiradi. O’qituvchi esa o’quvchi yoki talabalarning bilimlarini asosli baholash va bilimdonlikni to’la ma’noda tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu usul ayniqsa, milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantiruvchi fanlar — sotsial-gumanitar fanlar yuzasidan o’tkazilsa yanada samarali bo’ladi.
O’quvchilar oldindan mavzu bilan tanishtiriladilar, uyga berilgan topshiriqlar orasida qay biri yozma tarzda o’tkazilishi ma’lum qilinadi. Yozma bahs o’tkaziladigan kuni o’qituvchi uni quyidagi tarzda amalga oshiradi:

  1. O’qituvchi guruhni ikkiga bo’ladi va ularni alohida qatorlarga o’tqazadi. Har bir guruh mavzu bo’yicha qaysi nuqtai nazarni himoya qilishini ma’lum qiladi. Masalan, birinchi guruh bolalarning aqliy darajalarini muntazam o’lchab turish va shu orqali ta’lim muassasalariga jalb etishni himoya qilsa, ikkinchi guruh — bu fikrni asosli tarzda inkor qiladi.

  2. Shundan so’ng o’qituvchi qarama-qarshi guruh a’zolarini juftlaydi va ularga nomeri yozilgan varoqlarni tarqatadi. Har bir ishtirokchiga biror fikrni yozma asoslashga 5 daqiqadan beriladi. Yozma dalillar ravon tushunarli tilda, asosli tarzda yozilishi kerak.

  3. Yozilgan varaqchalar qarama-qarshi sheriklarga beriladi. Ular o’z «raqiblari» fikriga qarshi fikrni 8-10 daqiqa mobaynida o’ylab, yozishlari kerak bo’ladi va narigi tomondagi sherigiga beradi.

  4. Yozma dalillar almashinuvining bunday tartibi 2-3 marta takrorlanadi, har safar har bir o’quvchi sherigining dalil-isbotini diqqat bilan o’rganib chiqib, javob qaytaradi. Oxirgi raundda o’quvchilarning o’zlariga yakunlash imkoni beriladi va yozma ishlar yig’ib olinadi.

  5. O’qituvchi yozma baholarni yakunlashda tomonlarga «Qarshi tomonning eng yaxshi dalil-isboti qaysilar bo’ldi?» deb so’raydi va o’quvchilar bilan oldindan kelishgan xolda ular bilimlarini yakka-yakka yoki guruhiy baholaydi.




Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin