Anderrayter –
1) turli risklarni sug’urtalash vakolatiga ega, sug’urta
kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug’urta kompaniyasini sug’urta
portfeli shakllanishi uchun javob beradi. U sug’urta shartnomalarini tuzish,
risklarni baholash va sug’urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli
malakaga ega bo’lishi zarur; 2) Lloyd sug’urta polislarini beradigan Lloyd sug’urta
korporatsiyasini a’zosi; 3) potentsial mijozlarga sug’urta polisini sotish bilan
shug’ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug’urta sohasi bo’yicha yuqori
darajada maslahat xizmatlarni ko’rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Anderrayter siyosati- sug’urtalash bilan bog’liq yangi takliflarni ko’rib
chiqish va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish to’g’risida xulosalar
chiqarishga qaratilgan siyosat.
Annuitet –
renta va nafaqalarni sug’urtalashning hamma turlarini
umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug’urtalanuvchi sug’urta kompaniyasiga bir
vaqtning o’zida yoki bir necha yillar davomida tegishli sug’urta mukofotlarini
to’laydi. Keyin sug’urtalanuvchi butun hayoti davomida sug’urta kompaniyasidan
daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fuqarolarning yillik
daromadini sug’urtasi bugungi kunda Buyuk britaniyada, Frantsiyada va AQShda
keng rivojlangan.
Dispasher –
dengiz transportida umumiy avariya sodir bo’lganda ko’rilgan
zararni kema, yuk va fraxt o’rtasida taqsimlash bo’yicha hisob-kitoblarni tuzadigan
mutaxassis.
Rivojlangan
mamlakatlarda
dispasher
funktsiyasini
maxsus
kompaniyalar bajaradi. Zararlarni taqsimlash bo’yicha hisob-kitoblar dispasha
deyiladi va dispashani tuzganlik uchun haqni manfaatdor tomonlar (kema egasi,
yuk egasi, yukni sotib oluvchi shaxs) to’laydi.
Dostları ilə paylaş: