Evropolis –
Evropa Ittifoqi mamlakatlarida sug’urta shartnomasi tuzganlik
faktini tasdiqlovchi sug’urta polisi.
Kovernota –
sug’urta vositachisi tomonidan sug’urtalanuvchiga beriladigan
va sug’urtalanuvchining sug’urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu
hujjatda ko’rsatilgan muddat mobaynida sug’urta brokeri sug’urtalanuvchiga
sug’urta polisini berishi shart. Chunki, kovernota sug’urta kompaniyasi uchun
yuridik kuchga ega bo’lgan hujjat hisoblanmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent мoliya instituti
“Sug’urta” fakulteti
“Sug’urta ishi” kafedrasi
“СУҒУРТА ИШИ”
fanidan
3-mavzu:
Sug’urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari
Kafedraning 2015 yil 25 avgustdagi 1-sonli
bayonnoma bilan tasdiqlangan
Kafedra mudiri ____
dots. I.Abdurahmonov
Tayorladi:
k.o’q. I.Kenjaev
TOSHKENT-2015
3-mavzu: Sug’urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari
REJA:
1. Sug’urta munosabatlarini tartibga solishda huquqning ahamiyati, sug’urta
huquqi va uning mazmuni.
2. Sug’urta qonunchiligi, sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar.
3. Sug’urta faoliyatini qonun osti hujjatlari bilan tartibga solish.
4.
Sug’urta faoliyati klassifikatorining tasdiqlanishi.
5. Sug’urta faoliyati klassifikatorining tarkibi.
1.
Jamiyatda fuqarolar va ularning jamoasi o’z faoliyatlari jarayonida bir-
birlari bilan tegishli ijtimoiy munosabatda bo’ladilar. Ushbu munosabatlarni bir
qolipga solish uchun ularni tartibga keltirish zarur, ya’ni fuqarolar va
tashkilotlarning hatti-harakat qilish doirasini belgilash zarur. Bayon etilganlar
to’laligacha sug’urtaga ham taalluqlidir. Sug’urta ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyat
sifatida huquqiy tomondan mustahkamlanishni talab etadi. Sug’urta fondini tashkil
etish va undan foydalanish jarayonida paydo bo’ladigan munosabatlar huquqiy
tartibga solinadi.
Sug’urta sohasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar fuqarolik-
huquqiy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bunday munosabatlar fuqarolik muomalasi
ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy
huquqlarning, shartnoma majburiyatlarini, shuningdek mulkiy hamda shaxsiy
nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Sug’urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar quyidagi yo’nalishlarda
namoyon bo’ladi:
fuqarolar va sug’urta tashkilotlari o’rtasida shakllanadigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlar;
sug’urta tashkilotlari o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar;
fuqarolar va maxsus davlat organlari o’rtasida paydo bo’ladigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlar;
sug’urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o’rtasida paydo
bo’ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar.
Fuqarolar va sug’urta tashkilotlari o’rtasida paydo bo’ladigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlar tegishli shartnoma qoidalariga asoslanadi. Bunda bir
tomondan sug’urta tashkilotining fuqaro oldida, ikkinchi tomondan fuqaroning
sug’urta tashkiloti oldidagi burch va majburiyatlari paydo bo’ladi. Ya’ni, tuzilgan
shartnomaga ko’ra, fuqaro o’z vaqtida sug’urta mukofotini to’lashi shart. Sug’urta
hodisasi ro’y berganda esa, sug’urta tashkiloti sug’urta shartnomasida qayd etilgan
shart va muddatlarda sug’urta qoplamasi (summasini) fuqaroga to’lab berishi
lozim. Ko’rinib turibdiki, shartnoma –fuqarolik-huquqiy hujjat sifatida taraflarning
o’zaro munosabatini huquqiy tartibga solyapti.
Sug’urta tashkilotlarining bir-birlari o’rtasida paydo bo’ladigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlari sug’urta pulini va qayta sug’urta qilish bilan bog’liq
tuzilgan shartnomalar doirasida shakllanadi. Amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra,
sug’urta
tashkiloti
moliyaviy
barqarorlikni
ta’minlash,
binobarin,
sug’urtalanuvchilar oldida o’z majburiyatini bajarishini ta’minlash maqsadida
sug’urta pulida ishtirok etishi yoxud boshqa sug’urta tashkilotlari yoki
ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlarga
kirishi mumkin. o’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-moddasida
«sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi o’z zimmasiga olgan sug’urta
tovonini yoki sug’urta pulini to’lash xavfi uning tomonidan to’liq yoki qisman
boshqa sug’urtalovchida (sug’urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug’urta qilish
shartnomasi bo’yicha sug’urtalanishi mumkin» deb alohida qayd etilgan.
Qayta sug’urta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta sug’urta qilish
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, Fuqarolik kodeksining
tadbirkorlik xavfini sug’urta qilish borasida qo’llanishi lozim bo’lgan qoidalari
tatbiq etiladi. Qayta sug’urta qilish shartnomasini tuzgan sug’urta shartnomasi
(asosiy shartnoma) bo’yicha sug’urtalovchi keyingi shartnomada sug’urta
qildiruvchi hisoblanadi.
Fuqarolar va maxsus davlat organlari o’rtasida paydo bo’ladigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlar maxsus vakolatli davlat organining sug’urtalanuvchilar
bo’lgan – fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya etish bilan bog’liqdir.
Amaliyotda shunday holatlar bo’ladiki, sug’urta tashkiloti sug’urtalanuvchiga
sug’urta hodisasi tufayli ko’rilgan zararni qoplashdan asossiz voz kechishi
mumkin. Bunday paytda o’z manfaatlarini huquqiy himoya etish maqsadida
sug’urtalanuvchi maxsus vakolatli davlat organiga murojaat etishi mumkin.
Sug’urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o’rtasida paydo
bo’ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari asosida tartibga
solinadi. Maxsus vakolatli organning sug’urta tashkilotlariga nisbatan paydo
bo’ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlari o’zbekiston Respublikasining
Fuqarolik kodeksi va «Sug’urta faoliyati» to’g’risidagi Qonunda o’z aksini topgan.
Maxsus vakolatli davlat organi qonunda belgilangan tartibda sug’urta
tashkilotlarining faoliyatini nazorat etib boradi. Zaruriyat bo’lganda esa,
sug’urtalanuvchilarning manfaatini himoya etish maqsadida undan sug’urta
faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olish huquqiga
ega.
Sug’urtani huquqiy tartibga solish davlat tomonidan sug’urta munosabati
qatnashchilarining hatti-harakatini huquqiy normalar vositasida amalga oshiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini har xil oldindan ko’rib
bo’lmaydigan sug’urtaviy himoya qilish uchun ko’pchilik shaxslar tomonidan
tashkil etiladigan maxsus fond hisobidan amalga oshiriladigan sug’urta faoliyati
jarayonida paydo bo’ladigan ijtimoiy munosabatlar mavjud. Ushbu munosabatlarni
tartibga soladigan normalar yig’indisiga sug’urta huquqi deyiladi.
2.
Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini ikki turga bo’lish
mumkin:
sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlar;
sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi umumiy qonunlar
Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlarga O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yilning 5 aprelida qabul qilingan
va shu yilning 28 mayida amaliyotga joriy etilgan «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi
Qonuni hamda 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risida”gi Qonuni sug’urta
faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlar hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, sug’urta munosabatlarida ishtirok etuvchi
tomonlarning qonuniy manfaatlarini himoya etish maqsadida 1993 yili Oliy Majlis
“Sug’urta to’g’risida” Qonun qabul qilgan edi. O’tgan yillar mobaynida mazkur
qonunga ikki marta qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi. Tabiiyki, bu qonun
o’sha paytda mavjud bo’lgan iqtisodiy jarayonlarni hisobga olgan holda ishlab
chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Boshqacha so’z bilan aytganda, ushbu qonun
sug’urta munosabatlari qatnashchilari uchun biroz yumshatilgan holatda amal qildi.
Jumladan,
unda
sug’urta
tashkilotlari
tugatilgan
taqdirda
ularning
sug’urtalanuvchilar oldidagi majburiyatini bajarish tartibi to’liq yoritilmagan.
Shuningdek, bu qonunda qonunchilik talablarini buzganlik uchun tomonlarning
javobgarligi o’z aksini topmagan hamda davlat sug’urta nazorati organining
sug’urta tashkilotlariga nisbatan ta’sir qilish imkoniyati keskin chegaralangan edi.
Bayon etilgan holatlar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi
bosqichi talablarini hisobga olgan holda, amaldagi “Sug’urta to’g’risida”gi
Qonunni yangilash va takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shuni
e’tiborga olib, 2002 yilning 4-5 aprel kunlari bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq Oliy
Majlisning sakkizinchi sessiyasida “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi yangidan
ishlab chiqilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi
va qabul qilindi.
Ma’lumki, sug’urta sohasini huquqiy tartibga soluvchi 2002 yil aprel
oyigacha amalda bo’lgan qonun “Sug’urta to’g’risida” deb ataladi. holbuki, biz
fikr-mulohaza yuritmoqchi bo’lgan qonunning nomi esa “Sug’urta faoliyati
to’g’risida” deyiladi va shubhasiz, bu holat diqqatimizni o’ziga jalb etdi.
Ko’pchilik muhtaram talabalarimizda haqli savol tug’ilishi mumkin: sug’urta va
sug’urta faoliyati tushunchalari o’rtasida farq bormi? Savolga javoban biz
mutaxassislar aytamizki: farq bor. Sug’urtaning mohiyatini oddiy til bilan
ifodalaydigan bo’lsak, oldindan ko’rib bo’lmaydigan har xil hodisalar ro’y berishi
oqibatida yuridik va jismoniy shaxslar ko’radigan zararlarni sug’urta tashkiloti
tomonidan qoplash bilan bog’liq munosabat. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki,
sug’urta tashkiloti o’z xizmatini mijozlarga tegishli haq - sug’urta mukofoti to’lash
evaziga ko’rsatadi. Sug’urtalovchi mijozlardan kelib tushgan sug’urta mukofotlari
hisobidan maqsadli pul jamg’armalarini tashkil etadi va bu jamg’arma mablag’lari
faqat sug’urta hodisalari tufayli ko’rilgan zararlarni qoplaydi. E’tibor bergan
bo’lsangiz, sug’urta munosabatlarida ikkita tomon ishtirok etyapdi: sug’urta
tashkiloti
(sug’urtalovchi)
va
yuridik
hamda
jismoniy
shaxslar
(sug’urtalanuvchilar). Endi, sug’urta faoliyati tushunchasiga kelsak, qonunda
ta’kidlanishicha, u sug’urta bozori professional ishtirokchilarining sug’urtani
amalga oshirish bilan bog’liq faoliyati. Sug’urta bozorining professional
ishtirokchilari faqatgina sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchidan iborat emas. Unda
qayta sug’urtalovchilar, qayta sug’urtalanuvchilar, sug’urta brokerlari va agentlari
ham ishtirok etadi.
Yangi qonunning e’tiborga molik tomonlaridan biri, unda, aniqroq aytadigan
bo’lsak, uning 4-moddasida sug’urtalovchilarning sug’urtani amalga oshirish bilan
bevosita bog’liq bo’lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin
emasligi qayd etilgan. Qayd etish joizki, sug’urta faoliyati ham tadbirkorlikning bir
ko’rinishi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlari kechayotgan
va tadbirkorlik harakatlariga keng yo’l ochilayotgan bir paytda, tadbirkorlik
tizimining muhim bo’g’inlaridan bo’lgan-sug’urtalovchilar uchun bunday
cheklovning qonun yo’li bilan belgilanishiga sabab nima? o’tgan yillar tajribasi
shundan dalolat beradiki, ko’pgina sug’urta tashkilotlari “sug’urtalovchi” niqobi
ostida turli tijorat operatsiyalarini, xususan, savdo-vositachilik ishlarini amalga
oshirdilar. Yuridik va jismoniy shaxslarni sug’urta qilish hisobiga kelib tushgan
sug’urta mukofotlari, qoidaga ko’ra, sug’urta qoplamalarini to’lashga
mo’ljallangan zahira jamg’armalarini tashkil etishga sarflanmasdan, balki sug’urta
faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga
sarflangan holatlar ham bo’lgan. Sug’urtaning eng asosiy printsiplaridan biri-
sug’urtalovchilarning o’z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarishni
ta’minlaydigan sug’urta zahiralariga ega bo’lishidir. Taassufki, ba’zi
sug’urtalovchilarimiz, bunday zahiralarni shakllantirmaganliklari oqibatida
murakkab moliyaviy holatni boshidan kechirganligi sir emas. Ayniqsa, bu ko’p
ming sonli sug’urtalanuvchilar uchun noqulay vaziyatni vujudga keltirishi
mumkin.
«Sug’urta faoliyati to’g’risida» Qonunning diqqatga sazovor joylaridan yana
biri, uning 10-moddasida sug’urta tashkilotlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish
tartibini aniq ko’rsatib qo’yilganligidir. Ma’lumki, qonun hujjatlariga muvofiq,
aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan sug’urta tashkilotlari o’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatiga olinganlar. Ammo, uzoq vaqt,
aniqrog’i, 1998 yilning birinchi yarmigacha sug’urta faoliyatini tartibga solish
vakolati berilgan davlat sug’urta nazorati organining tashkil etilmaganligi va ilgari
Adliya vazirligida davlat ro’yxatiga olingan tashkilotlarning faoliyati hech kim
tomonidan nazorat qilinmaganligi oqibatida yangi tashkil etilgan sug’urta
tashkilotlarini davlat ro’yxatiga olishda muammolar paydo bo’lgan.
«Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi Qonun 29 ta moddadan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug’urtaviy
huquqiy munosabatlarga bag’ishlangan. Unda jami 47 ta modda mavjud. Kodeks
sug’urta tashilotlari bilan sug’urtalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga
solsa, «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi Qonun sug’urta tashkilotlari va davlat
o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
3.
Qonun osti hujjatlariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari,
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari kiradi.
Mustaqillik davrida sug’urta faoliyati bilan bog’liq bir qancha Prezident
farmonlari qabul qilingan. Ulardan biri 1995 yilning 26 iyulida tashkil etilgan
«Madad» sug’urta agentligi faoliyati bilan bog’liq Prezident farmonidir. Ushbu
farmonga ko’ra, agentlikning faoliyat yo’nalishlari ko’rsatilgan hamda uni 3 yil
muddatga daromad (foyda) solig’i to’lashdan ozod etilganligi ta’kidlangan. Shu
erda qayd etish kerakki, «Madad» sug’urta agentiligini tashkil etish bilan bog’liq
Prezident Farmonini ijrosini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qabul
qilgan.
Shu bilan bir qatorda 1997 yil 18 fevralda «O’zbekinvest» eksport-import
milliy sug’urta kompaniyasini, 1997 yilning 25 fevralida esa «O’zagrosug’urta»
davlat-aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasini tashkil etish bo’yicha Prezident
farmonlari qabul qilingan. Bu farmonlarda qayd etilgan kompaniyalar 5 yil
muddatga daromad (foyda) solig’i to’lashdan ozod etilgan.
o’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2002 yil 31 yanvarida «Sug’urta
bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»
Farmon qabul qildi. Bu farmon sug’urta xizmatlari sohasidagi erkinlashtirish
jarayonini yanada rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish,
respublikada sug’urta bozorini taraqqiy ettirishning iqtisodiy omillarini
kuchaytirish, sug’urta tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
hamda ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilinganligini
alohida ta’kidlash joiz. Shuningdek, farmonda
2002
yilning
1
fevralidan
boshlab, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, sug’urta tashkilotlari 3 yil muddatga
daromad (foyda) solig’i to’lashdan ozod qilinishi va buning natijasida
bo’shaydigan mablag’lar aniq maqsadni ko’zlagan holda mazkur tashkilotlarning
moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, mintaqalarda keng tarmoqli agentlik
shaxobchalarini tashkil etishga, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga, shu
jumladan, chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashga yo’naltirilishi aniq belgilab
qo’yilgan.
Shunisi e’tiborliki,
soliq olishdan bo’shaydigan mablag’larni tarkibida
davlat ulushi bo’lgan sug’urta tashkilotlari ustav jamg’armalarini ko’paytirishga
yo’naltirish chog’ida mazkur mablag’lar davlatga tegishli ulush miqdoriga qo’shib
hisoblaydi. 2002 yilning 1 fevralidan boshlab to’rt yil mobaynida sug’urta
tashkiloti tugatilgan yoki u sug’urta faoliyatini to’xtatgan hollarda daromad (foyda)
solig’ining summasi ushbu Farmonga muvofiq berilgan butun imtiyozli davr uchun
to’liq miqdorda undirib olinadi.
Farmonda belgilab qo’yildiki, yuridik shaxslarning ixtiyoriy sug’urta turlari
bo’yicha sarf-xarajatlari daromad (foyda) solig’ini hisob-kitob qilish chog’ida
qonunchilikda belgilangan me’yorlar doirasida soliqqa tortiladigan baza hisobidan
chegirib tashlanadi. 2002 yilning 1 fevralidan boshlab xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar xaridorlarga xizmat qiladigan banklarning kafolatlari yoki eksport
shartnomalarining siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug’urta polisi mavjud
bo’lgan taqdirda oldindan haq olmasdan va akkreditiv ochmasdan erkin
almashtiriladigan valyutaga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishlari
mumkin.
4.
Sug’urta faoliyati klassifikatori - sug’urtalovchilar hamda sug’urta brokerlari
sug’urta faoliyatini litsenziyalash jarayonida ularning faoliyat yo’nalishlarini
belgilashda huquqiy asos bo’lib xizmat qiladigan me’yoriy hujjatdir. Sug’urta
faoliyati klassifikatorida keltirilgan klasslar yordamida sug’urtalovchilarning
sug’urta xizmat turlari bo’yicha sug’urta shartnomalari tuziladi.
Sug’urta xizmatlarini ko’rsatish ikki xil yo’l bilan amalga oshiriladi:
1.1.
ixtiyoriy;
1.2.
majburiy.
Cug’urta faoliyati klassifikatorida ikkala turda amalga oshiriladigan sug’urta
turlari ham mavjud bo’lib, ular: javobgarlik sug’urtasi, mulkiy sug’urta va hayot
sug’urtasiga bo’linadi.
Mamlakatimiz sug’urta kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan
sug’urta turlari bo’yicha klassifikator ham 2002 yil 27 noyabrda O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 413-sonli Qarorining 1-ilovasi -
“Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash
to’g’risida”gi Nizomga 1-ilova sifatida sug’urta faoliyati klassifikatori
tasdiqlangan.
Mazkur sug’urta faoliyati klassifikatorining qabul qilinishi sug’urta
kompaniyalari uchun sug’urta faoliyatini amalga oshirishda asos hisoblanadi.
Sug’urta kompaniyalari sug’urta faoliyati uchun litsenziya olishda Moliya vazirligi
tomonidan qo’yiladigan talablarda ham faoliyat yuritmoqchi bo’lgan sug’urta
xizmatlari bo’yicha sug’urta shartomlaridan nusxa taqdim etildishi shart hamda
arizada sug’urta klasslari nomlari ham keltiriladi. Keltirilgan sug’urta turlari
bo’yicha boshqa talablar ham o’rnatilgan.
5.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27
noyabrdagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 413-sonli Qarorining 1-ilovasi - Sug’urtalovchilar va sug’urta
brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash to’g’risidagi Nizom haqida bo’lib,
uning 1-ilovasida sug’urta faoliyati klassifikatorining tarkibi hamda tarmog’i
kelirilgan.
Dostları ilə paylaş: |