Инвестиция фаолиятидан
даромад
Суғурта фаолиятидан
даромад
Су
ғу
рт
а
м
ук
оф
отла
ри су
м
м
ас
и
Қайта cуғурталаш
бўйича зарарларни қоплаш
суммаси
Комиссион ва брокерлик
рағбатлантируви суммаси
Суғурта
мукофотлари
Биргаликда
суғурталаш
мукофотлари
қайта
суғурталаш
мукофотлари
Кўчмас мулк
Низом жамғарма-
сидаги улушлар
Банк депозитлари
Қимматли қоғозлар
Кредитлар
Бошқа
инвестициялар
undirib oladi.
Sug’urta tashkiloti vositachilik vazifasini ham bajarishi mumkin. Masalan,
riskni qayta sug’urtalashga o’tkazish jarayonida sug’urtachi vositachilik haqini
undirib oladi. Sug’urta tashkiloti ayrim holatlarga ko’ra, riskni boshqa
sug’urtachiga siylov etishi orqali vositachilik va brokerlik rag’batlantirishlarini
olishdan ham daromad ko’rishi mumkin.
Teng ulushdagi qayta sug’urtalash shartnomasida qayta sug’urtachiga tantem
to’lovlari ham nazarda tutilishi sug’urtachining qayta sug’urtalovchining foydasida
o’z ulushiga ega bo’lishi shaklidir.
B) investitsiya joylashtiriluvidan olingan daromadlar. Sug’urta tashkilotining
ushbu faoliyati to’g’ridan-to’g’ri sug’urta faoliyati bilan bog’liq emas.
Sug’urtachining investitsiya joylashtirish imkoniyati sug’urta mukofotlari
hisobidan yuzaga keladi. Odatda, sug’urta mukofotlari ma’lum vaqt oralig’ida
sug’urtachi ixtiyorida bo’lishi davrida amaldagi me’yoriy qoidalarga asoslanib,
daromad aktivlariga joylashtirilishi unga investitsiya daromadlarini keltiradi.
Investitsiya imkoniyatlari bo’yicha uzoq muddatga hayotni sug’urtalash zaxiralari
ko’proq manfaatlidir.
Sug’urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan oladigan daromadlari
tarkibi:
- bank jamg’armalari foizlari;
- aktsiyalardan dividend foizlari;
- qimmatli qog’ozlardan daromadlar;
- ko’chmas mulkdan olingan daromadlar kabilardan iborat bo’ladi.
Bu faoliyatning ahamiyatli jihati shundaki, sug’urtachi o’z mijozlariga bonus
to’lovlarini aynan investitsiya joylashtiriluvidan oladigan manbalari hisobidan
to’laydi.
Investitsiya bozorlari rivojlangan mamlakatlarda ushbu faoliyatdan
sug’urtachining olgan daromadlari ayrim sug’urtalash turlari bo’yicha sug’urta
operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga kelgan zararlarni qoplash imkoniyatini
bermoqda.
Shu nuqtai nazardan sug’urta tashkiloti investitsiya faoliyatini samarali olib
borishi uning daromad manbalari tarkibida muhim ahamiyat kasb etadi.
V) sug’urta tashkilotining boshqa daromadlari. Sug’urtachi sug’urta
operatsiyalarini amalga oshirishi va investitsiya joylashtiriluvidan tashqari boshqa
faoliyatdan ham daromad olishi mumkin.
Bunday daromadning manbalari:
- depo mukofotlar hisobiga o’tkazilgan foiz summalari;
- regress tartibida olingan summalar;
- asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan
foyda;
- ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar;
- sug’urta zaxiralarining qaytim summalari;
- o’qitish, maslahat ishlarini olib borish bo’yicha undirilgan to’lovlar
hisoblanadi.
Sug’urtachining sug’urta xizmatlarini sotuvidan tashqari olgan daromadlari
asosan o’z filiallariga ish qog’ozlarini (hisobot blanklari va shu kabilarni)
tayyorlab berish, ularning yangi «mahsulot»ini reklama qilish kabilar hisobiga
olinadi. Ayrim hollarda ular ijara munosabatlari orqali ham shakllantiriladi.
Sug’urtachining sotuvdan tashqari daromadlarini hajmi sug’urta tashkilotining
kattaligiga bog’liqdir.
Sotuvdan tashqari daromadlarni olish uchun amalga oshirilgan xarajatlarni
sug’urta faoliyatiga yoki sug’urtadan boshqa faoliyatga taalluqli ekanligini
aniqlash murakkab kechadi. Shuningdek, sug’urta tashkiloti ma’lum bir sug’urta
turi bo’yicha sug’urtalashni amalga oshirmayotgan bo’lsa-da, uni yo’lga qo’yish
yuzasidan xarajatlarni sotuvdan tashqari daromadlari hisobiga bajaradi.
Ma’lumki, sug’urtada risklar transformatsiyasi jarayonida hamda bosh
tashkilot va filiallar (yakuniy moliyaviy natija balansi yoki hisob raqamiga
egaligiga ko’ra) o’rtasida mas’uliyat taqsimotining mexanizmi turlichadir.
Sug’urta faoliyati – sug’urta hodisasi yuz berishi oqibatida
sug’urtalanuvchining zararini qoplash bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos iqtisodiy
faoliyat turidir. Sug’urta hodisasi yuz berishi yoki bermasligiga ko’ra qoplama
to’lashning ilmiy asoslanganlik (o’rganilgan, hisoblangan, aniqlangan) me’yorini
belgilash va ko’rilgan zararni sug’urta tashkilotining zaxira fondidan to’lash
maqsadga muvofiqdir.
Sug’urta hodisasining yillar bo’yicha yuz berishi ehtimolligi turlichadir.
Ayrim aniq bir yilda bu hodisalarning soni ko’p bo’lishi ham mumkin. Aynan shu
yil bo’yicha sug’urta tashkilotining faoliyati zarar bilan tugashi mumkin. Zaxira
fondining mablag’i etishmasligi holatida sug’urta tashkilotida qolgan daromad
hisobidan uning har yilgi zaxira fondiga ajratma me’yorini qayta ko’rib chiqish
zarur. Statistik ma’lumotlarga asoslanib, qayd etish kerakki, sug’urtaning ko’p
turlari bo’yicha amalga oshirilgan sug’urta qoplamasi undirilgan mukofotlari
summasiga nisbatan past foizlarni tashkil etadi. Shunga asoslanib, tariflarni
oshirish emas, balki uning tarkibini o’zgartirish mantiqan to’g’ri bo’ladi.
Qayta sug’urtalash shartnomasini tuzishda qayta sug’urtalovchi (xalqaro
terminda «tsedent») qayta sug’urtalash mukofotining ma’lum qismini yoki
hammasini deponentga o’tkazishi nazarda tutilishi mumkin. U shartnoma davri
tugashi hamda sug’urta hodisasi yuz bermagan taqdirda mazkur mukofotlar
hisobidan olingan depo foizlari bilan birgalikda qayta sug’urtalovchi hisobiga
o’tkaziladi. Uning hajmi (foizda) shartnomada qayd etilgan bo’ladi.
Shunday kafolat berilishi qayta sug’urtalash mukofotlarini moliyaviy zaxira
sifatida ishlatish imkoniyatini oshiradi.
Fuqarolik qonunchiligiga binoan sug’urta tashkiloti o’z mijozi manfaatlarini
himoya qiluvchi vakil sifatida sug’urta hodisasiga sababchi bo’lgan aybdor
shaxsga regress da’vo qilish huquqiga ham egadir. Odatda regress tartibidagi
summa sug’urtachi o’z kafilligini bajarib bo’lganidan keyin undiriladi. Bunday
faoliyat natijasida undirilgan summa sug’urta tashkilotining sug’urta ta’minoti
to’lovlari bo’yicha xarajatlarini qoplash uchun manba hisoblanadi.
Sug’urta tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida o’z faoliyatida
foydalanilayotgan asosiy fondlarini sotish huquqiga egadir. Shunda faoliyat
bo’yicha sug’urtachining foydasi asosiy fondni sotishdan olgan tushum summasi
bilan mulkning balans (qoldiq) bahosida hisobdan chiqarish summasi o’rtasidagi
farq sifatida aniqlanadi. Sug’urta tashkilotining mulki ijaraga berilishi mumkin.
Masalan, ko’chmas mulk ob’ektlari hamda asosiy fondlardan ayrim hollarda ijara
ob’ekti sifatida foydalaniladi. Bu faoliyat natijasida undirilgan ijara to’lovi ham
sug’urtachining daromadi hisoblanadi.
Sug’urta tashkilotining yana bir daromad manbai o’qitish, maslahat ishlari
uchun undirilgan to’lovlar summasi, shuningdek, risk-menejment bo’yicha
xizmatlar ko’rsatishi, dastur «mahsulot»larini o’rnatib berishi kabilar hisoblanadi.
Bu daromadlar sug’urtaga to’g’ridan-to’g’ri daxldor bo’lmasa-da, ammo u bilan
uzviy bog’liqlikda shakllanadi.
Sug’urta tashkiloti daromadining shakllanish mexanizmi, tarkibi va
tuzilishini o’rganish uning o’ziga xos faoliyat turi ekanligini namoyon etadi.
2.
Sug’urtachining jami mablag’lar sarfi sug’urta «mahsulot»i tannarxini
tashkil etadi. U amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi hamda
sug’urtachi xarajatlarning tarkibini belgilashi uchun asos hisoblanadi. Soliqqa
tortish bazasini aniqlashda sug’urtachining jami xarajatlari va ularning tarkibini
aniqlashtirish ham talab etiladi.
Sug’urta tashkiloti xarajatlarining tarkibi ham xilma-xildir (2-chizma).
Sug’urta tashkilotining xarajatlari sakkiz turdan iborat bo’lib, har bir tur o’z
navbatida, asosiy va maqsadli faoliyat hamda xarajatlarning amalga oshirilishi
vaqtiga qarab guruhlanadi. Sug’urta tashkiloti xarajatlarining turlariga
to’xtaladigan bo’lsak, ular o’z ahamiyatiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
a) sug’urtani amalga oshirish xarajatlari. Bu xarajatlar sug’urtachi faoliyatini
moliyalashtirish uchun amalga oshiriladi. Sug’urta tashkiloti faoliyatini tahlil
etishda mazkur xarajatlar tarkibini ma’lum belgilariga ko’ra guruhlash maqsadga
muvofiqdir.
Sug’urtachining faoliyati jarayonida mablag’lar sarf etilishi yuzasidan
belgilangan vazifalarga ko’ra, sug’urta tashkiloti daromadi va zararlari haqidagi
hisobotiga mos ravishda sug’urta ishini yuritish xarajatlari tarkibini quyidagicha
guruhlash mumkin:
- shartnomalarni tuzish va bajarish xarajatlari;
- investitsiya faoliyati bo’yicha xarajatlar;
- boshqaruv xarajatlari.
B) sug’urta ishini yuritish xarajatlari sarflanishiga ko’ra quyidagicha bo’lish
mumkin:
- ish haqi to’lovlari;
- davlat fondlariga ajratmalar, xodimlarni tayyorlash xarajatlari, reklama
hamda marketing xarajatlari, xo’jalik xarajatlari va boshqalar;
Sug’urta ishini yuritish xarajatlarining yuzaga kelishi davriga ko’ra, ularni
quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
2-chizma
Dostları ilə paylaş: |