1-mavzu: Sug’urtaning mohiyati, funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi o’rni



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/29
tarix06.10.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#152613
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
sugurtaning mohiyati funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi orni

 
6-mavzu: Sug’urta tashkiloti moliyasi 
REJA: 
1. Sug’urta tashkilotining daromadlari va ularning guruhlanishi. 
2. Sug’urta tashkilotining xarajatlari va ularning tarkibi. 
3. Sug’urta tashkilotlarida moliyaviy natijani shakllanishi. 
4. Sug’urta tashkilotlarini investitsion faoliyati va uning mazmun-mohiyati. 
5. Investitsion faoliyatda mavjud risklar haqida tushuncha va unga noqulay 
omillarning ta’siri. 
 
1.
Sug’urta tashkiloti hayotni sug’urta qilish borasida tuzilgan har bir 
shartnomada turli darajadagi sug’urta tarifini qo’llashi yoki daromadlilik me’yorini 
har bir shartnoma bo’yicha mustaqil ravishda hisoblab chiqishi va belgilashi 
mumkin. Hayotni sug’urta qilish klasslari bo’yicha daromadlilik me’yorlari qat’iy 
belgilangan bo’lishi, uning tarif stavkalariga o’zgarishlar kiritish esa, davlatning 
vakolatli organi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Cug’urta tashkilotlarida asosiy daromad va xarajatlar hisobi o’ziga xosligi 
bilan farq qiladi. Sug’urtani amalga oshirish, qonunchilikda man etilmagan 
boshqa faoliyat bilan shug’ullanish natijasida hisob raqamiga kelib tushgan pul 


mablag’larining jami uning daromadi hisoblanadi. 
Sug’urta tashkiloti daromadlarini guruhlashning turli variantlari mavjud. 
Ular ichida manbalarga ko’ra, olingan daromadlarni uch guruhga bo’lishga 
asoslangan variant keng qo’llaniladi (1-chizma): 
a) sug’urta faoliyatidan olingan daromadlar. Sug’urta operatsiyalarini 
amalga oshirishdan olingan daromadlar sug’urtachi daromadlarining asosiy manbai 
hisoblanadi. 
Bu daromadlarning asosiy qismi sug’urta shartnomalari bo’yicha undirilgan 
mukofotlar hisobiga shakllantiriladi. Sug’urta tashkilotining mukofot tushumlari 
hajmiga sug’urta majburiyatlari portfelining tarkibi va tuzilishi, tarif siyosati, 
marketing strategiyasi hamda boshqa qator omillar o’zaro bog’liqlikda ta’sir etadi. 
Masalan, ishlab chiqilgan marketing strategiyasini unga mos bo’lgan tarif 
siyosatisiz amalga oshirib bo’lmaydi, o’z navbatida, muvaffaqiyatli amalga 
oshirilgan marketing strategiyasi sug’urta portfeli balanslashuvini ta’minlaydi va 
aksincha. 


1-chizma 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin