«acquisition») xarajatlar;
- sug’urta shartnomasi amal qilish davrida qilingan (masalan, riskni qayta
sug’urtalashga o’tkazish bo’yicha) xarajatlar;
- sug’urta hodisasi yuz berganda (sabablarini o’rganish va uning oqibatlarini
tugatish uchun) qilinadigan xarajatlar.
Sug’urta
ishini yuritish xarajatlarini, shuningdek, ayrim sug’urta turi yoki
shartnomasiga daxldor bo’lgan o’zgaruvchan va barcha tuzilgan sug’urta
shartnomalari portfeliga aloqador bo’lgan doimiy kabi guruhlarga ham bo’lish
mumkin.
Xalqaro amaliyotda sug’urta tashkilotining xarajatlari akvizitsiya
(ommaviy-tashkiliy kompleks tadbirlar), inkassatsiya (sug’urtaning
ayrim turlari
bo’yicha mukofotlarning naqd pullarda qabul qilinishi), likvidatsiya (sug’urta
hodisasi yuz berganligi yuzasidan sug’urtalanuvchi arizasida bayon qilingan
talablarning qondirilishi) va boshqaruvga oid kabi turlardan iboratdir.
Sug’urta tashkiloti daromad va xarajatlarini sug’urta faoliyatini amalga
oshirish jarayonidagi o’rni va roliga qarab tasniflash ko’proq maqsadga
muvofiqdir. Ular quyidagichadir:
- sug’urta himoyasini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan (sug’urta
operatsiyalari hamda investitsiya joylashtiriluvi bo’yicha) daromad va xarajatlar;
- sug’urta himoyasi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan
boshqa
daromad va xarajatlar.
Sug’urta tashkilotining daromad va xarajatlari tarkibi hamda ularni hisoblash
ko’p jihatdan milliy sug’urta qonunchiligi me’yorlariga ham bog’liqdir.
Shuningdek, sug’urta tashkilotining daromad va xarajatlariga amaldagi soliq
qonunchiligiga binoan to’lanadigan daromad(foyda) solig’ining soliq bazasini
aniqlash uslubiyati hamda stavkalari darajasi ham ta’sir etadi.
3.
Sug’urta tashkilotining daromad va xarajatlari tarkibi bo’yicha
yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslanib, uni aniqlash bo’yicha quyidagi
uslubiyatni taklif etamiz:
SM = SMs + SMqs + O’MZo’ (1),
Bu erda: SM- ishlab topilgan sug’urta mukofotlari summasi;
SMs – bevosita sug’urtalash bo’yicha sug’urta mukofotlari summasi;
SMqs – qayta sug’urtalash bo’yicha sug’urta mukofotlari summasi;
O’MZo’ – o’zlashtirilmagan mukofotlar zaxirasining o’zgarishi.
UNz = Nz + Nvt (2),
Bu erda: UNz – ko’rilgan zararning umumiy netto qismi;
Nz – ko’rilgan zararning netto qismi;
Nvt – qayta sug’urtalash bo’yicha vositachilik to’lovlarining netto qismi.
Nz = SM – SQs – (SQqs –SQqsq ) (2.1),
Bu erda: SQs – to’langan sug’urta qoplamalari;
SQqs – qayta sug’urtalash bo’yicha to’langan sug’urta qoplamalari;
TSQqsq – qayta sug’urtalash shartnomalariga ko’ra, qayta sug’urtalovchilar
tomonidan to’langan sug’urta qoplamalari.
Nvt = VTqs + VSqs (2.2),
Bu erda: VTqs – qayta sug’urtalash bo’yicha vositachilik to’lovlari;
VSqs – qayta sug’urtalash bo’yicha vositachilik siylovlari.
Tsx = UNz –(Yuk+SMqsrr+SQs+VTqs+Zm+SQqs) (3)
Bu erda: Tsx – sug’urta xizmatlarining tannarxi.
Yuk – sug’urta ishini yuritish xarajatlari;
SMqsrr – qayta sug’urtalash va retrotsessiyaga o’tkazilgan risklar bo’yicha
hisoblangan sug’urta mukofotlari;
VTqs- vositachilik to’lovlari va brokerlik siylovlari, qayta sug’urtalash
tantemlari va yig’imlari;
Zm – zaxira fondiga o’tkazilgan mablag’lar.
YaD(Z) = D(Z)af + D(Z)bf (4),
Bu erda: YaD(Z) – yalpi daromad yoki zarar (soliq to’langunga qadar
bo’lgan daromad yoki zarar);
D(Z)af- asosiy faoliyatdan olingan
daromad yoki zarar;
D(Z)bf – boshqa faoliyatdan daromad yoki zarar.
D(Z)af = Ns + Nz + Nvt + Yuk – DX (4.1),
Bu erda: Ns – sug’urta mukofotlarining netto qismi;
DX – davr xarajatlari.
D(Z)bf =Dbf-Xbf (4.2),
Bu erda: Dbf – boshqa faoliyatdan daromadlar;
Xbf – boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun qilingan
xarajatlar.
Sug’urta tashkiloti daromadi(foydasi)ni aniqlashning keltirilgan uslubiyatini
joriy etish masalasiga (7-jadval) to’xtaladigan bo’lsak, bu borada sug’urta ishini
amalga oshirish xarajatlariga kiritilgan sug’urta xizmatlarni tashkil etish va
sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi
to’g’risidagi yangi Nizomni ishlab chiqish zaruriyati yuzaga keladi.
Taklif etilayotgan uslubiyatga ko’ra, keltirilgan ma’lumotlarda ishlab
topilgan sug’urta mukofotlari summasi 1232223,0 bo’lgan bo’lsa, shundan
910786,8 bevosita sug’urtalash mukofotlari, 6741,1 qayta sug’urtalash bo’yicha
mukofotlari
va nihoyat, 314695,1 so’mini o’zlashtirilmagan mukofotlar summasi
tashkil etgan.
To’langan
sug’urta
qoplamalari
1188750,1
qayta
sug’urtalash
shartnomalariga binoan qoplama to’lovlari bo’yicha zararlar 506,3; ko’rilgan
zararlarning netto qismi 1189256,4; qayta sug’urtalashga qabul qilingan
shartnomalar bo’yicha hisoblangan vositachilik to’lovlari 840,8; qayta sug’urtalash
bo’yicha vositachilik to’lovlarning netto qismi 840,8; sug’urta ishini yuritish
xarajatlari 5136,5; hisoblangan vositachilik
hamda brokerlar siylovlari, qayta
sug’urtalash tantemlari va yig’imlari 321,4; zararlarni qoplash zaxirasiga
o’tkazilgan mablag’lar 1153961,8 ming so’mni tashkil qilgan.
Keltirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda sug’urta xizmatini ko’rsatishdan
tushgan yalpi foydani aniqlash uchun ishlab topilgan mukofotlarning netto qismi
(1232223), ko’rilgan zararlarning netto qismi (1189256,4), qayta sug’urtalash
bo’yicha vositachilik to’lovlarning
1-jadval
Dostları ilə paylaş: