1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Baho Talabalarning bilim darajasi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə76/78
tarix26.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#135207
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

Baho

Talabalarning bilim darajasi

5 – “A’lo”

Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilgandayu

4 – “Yaxshi”

Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda.

3 – “Qoniqarli”

Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda.

2 -“Qoniqarsiz”

Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.



Talabala bilimini baholash:
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Bunda 5, 4 va 3 baholar nazorat turlariga kirish yoki talabalaga stipendiya tayinlash va kursdan-kursga ko’chirish uchun asos bo’lsa, 0, 1 va 2 baholar nazorat turlariga kirish uchun yetarli bo’lmaydi va belgilangan muddatlarda talaba fandan qayta topshira olmasa akademik qarzdor hisoblanadi.
Oraliq nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Oraliq nazorat ballari yakuniy nazorat o’tkaziladigan muddatdan kamida bir hafta muddatda umumlashtirilishi va talabalarga fan o’qituvchisi tomonidan yetkazilishi shart.
Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan yoki markazlashgan holda axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo’llagan holda amalga oshirilishi mumkin. Kafedra mudiri yillik yuklamadagi fanlar bo’yicha yukuniy nazoratlarni o’tkazadigan professor-o’qituvchilar ro’yxatini shakllantiradi va ro’yxatni fakultet dekaniga tasdiqlatadi. Agar belgilangan fan bo’yicha mashg’ulot o’tgan professor-o’qituvchi(lar)dan boshqa fan bo’yicha mutaxassis bo’lmagan hollarda, tegishli kafedra mudiri o’quv yilining boshida fakultet dekaniga mutaxassis bilan ta’minlash yuzasidan yozma murojaat qiladi. Ushbu holatlarda fakultet dekani mutaxassis yetishmaydigan fan(lar) bo’yicha mutaxassis topish uchun bevosita mas’ul hisoblanadi.
Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etmaydi.
Talaba tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo’lishlari shart.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Talaba uzrli sabablarga ko’ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko’p bo’lmasligi kerak.
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o’ta olmagan takdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo’yicha professor-o’qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o’tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Baholash natijasidan norozi bo’lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyasiya komissiyasiga apellyasiya berish huquqiga ega.
Apellyasiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-o’qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to’rt nafar a’zo kiritiladi.
Talaba baholash natijasidan norozi bo’lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyasiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyasiya Apellyasiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko’rib chiqilishi lozim.
Talabaning apellyasiyasini ko’rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.
Apellyasiya komissiyasi talabaning apellyasiyasini ko’rib chiqib, uning natijasi bo’yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni o’zlashtirgani yoki o’zlashtira olmagani ko’rsatiladi. Apellyasiya komissiyasi tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin