1-Mavzu: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish



Yüklə 195,48 Kb.
səhifə17/48
tarix07.01.2024
ölçüsü195,48 Kb.
#204423
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
1-Mavzu Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va ma

1-bola: Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir
Har kimki jafo qilsa jafo topqusidir.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur.


2-bola: Charxning men ko'rmaganjabru jafosi qoldimu?!

Xasta ko'nglim chekmagan dardu balosi qoldimu?!

Menixor etti-yu qildi muddaini parvarish,

Dahri dunparvarning o'zga muddaosi qoldimu?!


.

3-bola: Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,
Shod etmas emish ko’ngilni mehnatda kishi.
Ko’nglim bu g’ariblikda shod bo’lmadi-oh,
G’urbatda sevilmas albatta kishi.
Mana bolajonlar Bobur ruboiylaridan ham o’rganib oldik.Endi go’zal Andijonimizga sayohat qilamiz.Andijon deganda ko’z oldimizda Bog’ishamoldagi Bog’i-Bobur maskani va u yerdagi Z.M.Bobur haykali hamda muzeyi namoyon boladi.
Andijonda yashab turib bu maskanga bormagan inson bo’lmasa kerak.U yerda sayohat qilish,dam olish va o’ynash uchun barsha imkoniyatlar yaratilgan.
Bundan tashqari shahrimizda juda katta o’zgarishlar, qurilishlar va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shunga javoban biz bolajonlar buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo’lishga,ona yurtimizni asrab-avaylashga harakat qilishimiz kerak.
Yuragimning ardog’isan jon Andijonim,
Jannat yurtim ko’ksidagi duru-marjonim.
Beshik bo’lding qancha-qancha iste’dodlarga,
Ijod chashma bulog’isan ko’hna oshyonim.
Zahiriddin Muhammad Bobur- Andijon farzandi. Shuning uchun ham Andijon xalqi Boburni chuqur hurmat va ehtirom bilan tilga oladi.
Andijonda Bobur xotirasini abadiylashtirish uchun Bobur jamg’armasi tashkil etilgan. Unga Z.Mashrabov rahbarlik qiladi. Shaharning qoq markazida Bobur maydoni tashkil etilib unda adib haykali o’rnatilgan.
Bog’ishamol dahasida Bog’i Bobur va Bobur muzeyi tashkil etilgan. Qobul shahridagi Boburning qabridan tuproq keltirilib, Bog’i Boburda adibning ramziy qabri o’rnatilgan.
Andijon Davlat Universiteti, Andijon viloyat markaziy kutubxonasi, ishlab chiqarish korxonalari, ko’plab ko’chalar Z.M.Bobur nomi bilan ataladi.
Shoirlarimiz Bobur dardlarini unga hamohang tarzda kuylashmoqdalar. 

Qalbimdan firoqing dardi ketmadi, 

Ohim ko’kka etdi, senga etmadi.
Tuprog’ingni o’pib, ey Andijonim,
Bag’ringda o’lmoq ham nasib etmadi.


Yüklə 195,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin