(Tekstga qarab harakatlar qilinadi) Maqtay desak quyoshga teng
Vatanjonim bepayon – keng.
Olti davlat, olti poytaxt
Qo‘shni davlat, bitta daraxt.
Olti shoxda gul mevasi
YAshnab turar teng hammasi.
Hilpiraydi olti bayroq
Gurkiraydi olti gulbog‘
Ahil yashar olti o‘rtoq.
Qo‘shiq kuylar qo‘shni o‘rtoq
Obod etar olti qardosh
Mustahkamdir kuch va bardosh
So‘zlashadi turli tilda
Maqsad ulug‘ har bir dilda
Baxt beruvchi kitobi bor
Nur sochuvchi oftobi bor.
Biz –o‘zbekning qizu-o‘g‘lu
Teng ochilgan baxtli guli.
Tarbiyachi:Endi navbat eng qiziqarli o‘yinlarga bolajonlar. Men sizlarga qo‘shni davlatlardan birini aytib to‘p irg‘itaman sizlar esa uni xalqini aytib to‘pni menga irg‘itasizlar.
To‘p bilan davrada o‘yin “Kim qaerda yashaydi?” Tojikiston-.........tojiklar
Qirg‘iziston-.....qirg‘izlar
Qozog‘iston-.....qozoqlar
Turkmaniston-...turkmanlar
Afvg‘oniston-.....avg‘onlar
O‘zbekiston-.......o‘zbeklar (yana qaytarilib aytila beradi).
Tarbiyachi: Endi bolajonlar yana bir ajoyib o‘yin o‘ynaymiz hozir ikki guruhga bo‘linib olamiz. Bitta stol ustida 6ta qo‘shni davlatlar bayrog‘i yana bitta stolda yana 6 ta davlat gerblari bor. Sizlar shu bayroq va gerblar qaysi davlatga mansub ekanligini topib berishlaring kerak. Qani bo‘lmasam o‘yinimizni musiqa ostida boshladik.
O‘yin “Bayroq va gerbni qaysi Davlatniki ekanligini top!”
Tarbiyachi:
1.Bolajonlar nechta qo‘shni davlatlar bor ekan ?
2.Ular qaysi davlatlar ekan?
3.Biz qaerda yashaymiz?
4.Qo‘shni davlatlar deganda siz nimani tushunasiz?
5.Sizlarga ko‘proq nima yoqdi?
7-Mavzu: “O’zbekistonning buyuk arboblari” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish.