1-Mavzu: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish


O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish –yasashga o‘rgatishning vazifalari



Yüklə 195,48 Kb.
səhifə2/48
tarix07.01.2024
ölçüsü195,48 Kb.
#204423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
1-Mavzu Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va ma

O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish –yasashga o‘rgatishning vazifalari.

Bolalarni yangi qurilish materiali–qog‘oz bilan, uning xususiyati bilan tanishtiriladi. O‘rta guruh tarbiyalanuvchilari tabiat materiali bo‘lgan – shox, barg, ildiz, turli yong‘oqlar, ularni po‘stlaridan narsa yasashga o‘rgatib boriladi. Tarbiyachi bolalarga tabiiy materialning borligi va uni turli xil narsalarni yasashda kerakligini yoritib beradi. Bolalarda umumiy ko‘nikma va malakalar shakllanib boradi, ya’ni predmetlarni tekshirish, ketma-ketlikka asoslanib ishlash, boshlagan ishni ohirigacha bajarish, hamda qo‘llarni aniq harakatlanish va hokazolar. Dastlabki mashg‘ulotda tarbiyachi bolalarga bir necha predmetlarni, qog‘ozdan yasalgan o‘yinchoqlarni ko‘rsatib uni buklab, yopishtirish orqali archani yasatish uchun, o‘yin va sovg‘alar uchun turli xil qiziqarli o‘yinchoqlar yasash mumkinligi haqida gapirib beradi. Birinchi mashg‘ulotdayok bolalar tarbiyachini ko‘rsatmasi va tushuntirishi asosida qog‘ozni teng ikkiga buklashni o‘rganadilar. Keyingi mashg‘ulotlarda archa uchun o‘yinchoq, sovg‘a yasalgan paytlarda bu ko‘nikma mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlarda uycha, avtobus, yuk mashinasini yasatganlarida bolalar tayyor elementlardan o‘yinchoq yasash, asosiy qismga alohida qismlarni yopishtirishni ham o‘rganadilar. Masalan: uychaga–eshik, derazani; avtobusga–oyna, g‘ildirak yopishtiradilar. Topshiriqni bunday turini bajarish faqat texnik malakalarni shakllantirib qolmay, balki bolalarni aqliy faoliyatini, mustaqil ishini ham rivojlantiradi. O‘yinchoqni yasashdan avval bolalar qaysi qismni bir biri bilan birlashtirishni, qaysi qismni yopishtirish kerakligini o‘ylaydi. Yoz paytida bolalar tabiiy materiallardan foydalana boshlaydilar. Аввало tarbiyachi bolalarni shu material bilan oldindan yasalgan sodda qurilmalar bilan tanishtirib, alohida predmetlarni, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik, undan qanday foydalanish kerakligini tushuntiradi. Tabiiy material, qog‘ozdan qurishyasash mashg‘uloti, qurilish materiali bilan qurish-yasash mashg‘uloti almashinib turadi. O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish –yasashga o‘rgatishning metod va usullari. O‘rgatishning asosiy usuli – namunani ko‘rsatish va tushuntirishdir. Тushuntirish qisqa va aniq bo‘lishi kerak. Tarbiyachining aniq, tushunarli qilib tushuntirishi uchun bolalar vazifani to‘liq bajarishlari lozim. Qog‘ozdan uycha yasash davomida, tarbiyachi bolalarga tayyor uychani ko‘rsatadi (qalin qog‘oz 2 ga buklangan, ustida esa trubali tom) va u nimadan qilinganini so‘raydi. (qog‘ozdan–uy, rangli qog‘ozdan esa tomi, poloskadan truba, deraza, eshiklar va hokazo). Oldingi tajribalarga tayangan holda, tarbiyachi bolalar bilan birga uychani ketma- ketlik asosida qurishni davom etadi. Qachonki bolalarga murakkab konstruksiya berilsa, ularni tajribalarini hisobga olgan holda tarbiyachi bajarish usulini to‘laligicha ko‘rsatib, tushuntirib beradi. Agar yasaladigan narsa sodda bo‘lsa, bolalar o‘zlari mustaqil bajarishlari mumkin, lekin tarbiyachi namunani bolalarga ko‘rsatadi. Masalan, yozuv kitobchalari yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga bir necha xil applikatsiya bilan bezatilgan yozuv kitobchalarini namoyish qiladi va bolalardan mustaqil bajarib, so‘ng uni bezashni iltimos qiladi. Yilni oxirida bolalarda qog‘oz bilan ishlash tajribasi ortganligi uchun tarbiyachi bolani xohishlari bo‘yicha qurish-yasash mashg‘uloti o‘tkazadi. Tarbiyachi bu mashg‘ulotdan 1-2 kun oldin bolalarni qog‘ozdan yasalgan narsalarni ko‘rgazma qilib, bolalarga ularni qanday yasalganligini eslatib qo‘yadi. Mashg‘ulot davomida tarbiyachi bolalar ishiga rahbarlik qilib tekshirib boradi. Tayyor bo‘lgan narsalarni tahlil qilganda tarbiyachi asosiy e’tiborni to‘g‘ri va ozoda bajarilgan ishlarga qaratadi. Таbiiy materialdan narsa yasashga o‘rgatish yilning ohirida boshlanadi. Masalan: yong‘oq po‘stidan tipratikan yasashga o‘rgatishdan oldin tarbiyachi bolalarga tipratikanni o‘zini ko‘rsatadi. Yoki uning rasmini ko‘rsatadi, uni tanasi igna bilan qoplanganligini, oyoqlari kaltaligini tushuntiradi. Keyin mashg‘ulotda tayyor o‘yinchoq bilan rostakam tirik tipratikanni solishtiradi, so‘ng uni qanday yasashni bir bir ko‘rsatadi. Uning tanasi yong‘oq po‘stidan, ignalari, yuzi plastilindan yasaladi. Avval yong‘oq ustiga plastilin surtiladi, yuz tuzilishi va ignalarini yasaydi. Mashg‘ulot davomida bolalarga maslaxat berib yordamlashadi. Bolalarning barcha yasagan narsalari ma’lum bir maqsad uchun ishlatiladi. Albomlar–rasm uchun, yuk mashinasi. Uychalar–o‘yinlar uchun. Shunda bolalarda qiziqish uyg‘onadi, shuning uchun narsalarni qiziqib chiroyli toza bajaradilar. Qurish-yasash uchun kerak bo‘lgan materialni tayyorlash tarbiyachidan ko‘p vaqtni talab etadi.
Tayyorlov guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish–yasashga o‘rgatishning vazifalari.
Mashg‘ulotda bolalar qog‘oz bilan ishlash ko‘nikma va malakasini egallab boradilar: qog‘ozning turli tomonlariga buklash, diagonal bo‘ylab bo‘lish, tayyor andazani buklash shablon bo‘yicha qismlarni qirqish. Tayyorlov guruhda bolalar turli narsalar yasaydilar- o‘yinchoqlar. Karton yordamida o‘yinchoqlar tayyorlanadi (masxaraboz , qo‘lini qimirlayotgan quyon…) qutidan, karton va qog‘ozdan (avtomashina, yuk krani, traktor, uy) qurish mumkin. Qog‘oz karton, tabiiy materialdan (ildiz, tayoqcha va boshqa lar) suvda o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, (kemacha, barja) qurish mumkin. Tarbiyachi bu o‘yinchoqlarni nima uchun qo‘llanilishini bolalarga o‘rgatadi. Tabiiy materiallardan narsa yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga shox-shabba, shishka, uruglardan foydalanib, bu figuralarning alohida qismlarini turli usulda birlashtirishni (yelim, sim, gugurt cho‘pi, plastilin bilan va…) o‘rgatadi. Bolalar turli shakllarni odam, hayvonlarni, qush, baliq, kapalaklarni, archani urug‘i, yong‘oq postidan, o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha yasaydilar. Bolalarga yana shoxlar, ildizlarni tanish bo‘lgan ertak qaxramonlariga o‘xshaganlarini topishni ham o‘rgatib boriladi. Bu faoliyat orqali bolalarni fantaziya, tasavvurlarini rivojlanib boradi.
Qog‘ozni chizilgan chizik buylab buklash, andaza bo‘yicha ishlash malakasi mebel yasash mashg‘ulotida shakllanib, mustahkamlanadi. Namunani ko‘zatgach bolalar undan nima yasash mumkinligini aniqlaydilar. Bir stol atrofida o‘tirgan bolalar, ishni bo‘lib olib (bir bola, divan, boshqasi kreslo va hokazo). Stol stulning oyoqlarini balandligini aniqlaydi. Xuddi shu mavzu bo‘yicha yana bir mashg‘ulot o‘tkaziladi, bunda bolalar o‘zlari andaza qilib, uni to‘g‘ri buklab turli mebellar yasaydilar. Bundan tashqari ular lineyka bilan chiziq chizish, o‘zunlik, enini o‘lchashni ham o‘rganadi.
Tarbiyachi faqat chizg‘ich bilan qanday ishlashni ko‘rsatib beradi, kolgan kismini bolalar mustaqil bajaradilar. Mashg‘ulot boshlanishidan oldin bolalar bir- birlari bilan nima yasashlarini gaplashib oladilar va kerakli materiallarni o‘z stollariga joylaydilar. Bunday mashg‘ulotlar bolalarni qo‘l muskullarini rivojlantirib qolmay, balki ularni xotira, fikrlash, ijodlarini ishdan oldin planlashtirish qobilyatlarini ham o‘stiradi. Aytaylik, yangi yil bayramiga bolalar mashg‘ulotda archa o‘yinchoqlarini yasaydilar. Bolalar namunani o‘zlari tanlab, materiallarni tayyorlab, mustaqil bajaradilar. Bu mashg‘ulotda bolalar applikatsiya mashg‘ulotida olgan bilimlarini qo‘llaydilar: qog‘ozni ko‘p buklab bir xil tipli figuralarni qirqadilar. Tayyorlov guruhda tarbiyachi bolalarni oldingi guruhlarda olgan bilimlarini, malakalarini mustahkamlaydi. Bolalar o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha mavzu tanlab, kerakli materiallarni tanlab, ishni nimadan boshlash, uning qismlarini qanday birlashtirishni mustaqil bajara oladilar. Tarbiyachining yordami bilan bolalar avtomashina, kartondan harakatlanuvchi o‘yinchoqlar (quyon, matryoshka, ayiq va hokazo) ni asosiy qismga mayda qismlarni ip bilan birlashtiradilar. Tarbiyachi yangi materialni tushuntirayotganda uning qismlarini birlashtirishga bolalar diqqatini qaratadi, mavzuga ikki mashg‘ulot ajratiladi. Birinchisida bolalar quyoncha va ayiqni qirqadilar, boshqa mashg‘ulotda hayvonlarni, qo‘g‘irchoqlarni qirqadilar. Tabiiy materialdan narsa yasash mashg‘uloti ko‘pincha yozda va kuzda oliб boriladi. Мashg‘ulotga bir necha kun qolganda tarbiyachi mavzu nomini aytib, mavzuga oid materiallarni yig‘ishni iltimos qiladi. Мashg‘ulot davomida bolalar qanday qilib qismlarni bir-biriga birlashtirayotganliklarini kuzatib boriladi. Bir stol atrofida o‘tirgan bolalar birga fikrlashib, kompozitsiya tashkil qiladilar.
Tayyorlov guruhda bolalar katta texnik malakalarni talab qiluvchi ancha murakkab konstruksiyalarni o‘zlashtirib beradilar. Shuning uchun tarbiyachi narsalar yasashni, uning bajarilish usullarini aniq tushuntirib, ko‘rsatish uslubidan tez-tez foydalanadi. Tarbiyachi balkonli uyni qurish mavzusida avval ko‘p qavatli balkonli uy konstruksiyasini tayyor holda ko‘rsatadi, so‘ng ishni o‘zi ko‘rsatib, uyni qanday yasalishini qog‘ozni buklab, balkonlarini yasash uchun qirqib, uni tomini qanday joylashishini ko‘rsatib beradi. Agar mashg‘ulotda bolalar tanishish usulini qo‘llasalar, tarbiyachi faqat namunani kuzatish va qisman ko‘rsatish bilan cheklanadi halos, yoki bolalar bilimini faollashtiruvchi savollar berishi mumkin. Archa o‘yinchog‘ini yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga namunani ko‘rsatgach, uni qanday qirqishni bolalardan so‘raydi. Ular bunga javob beradilar, so‘ng o‘zlari mustaqil bajaradilar. Agar yasalayotgan narsa masalan: harakatlanuvchi o‘yinchoqlar, ko‘p vaqtni olsa, bolalar qiynalsalar, tarbiyachi mashg‘ulotni ikkiga bo‘lishi mumkin. Birinchi mashg‘ulotda tarbiyachi kartondan yasalgan o‘yinchoqlarni ko‘rsatishi, bugungi teatr o‘yiniga ham xuddi shunday o‘yinchoqlar yasashligini aytib o‘tadi. Lekin bu o‘yinchoqni chizib berish lozim, so‘ng bolalar hayvonchani o‘ylab topib chizib bo‘yaydilar. Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar tarbiyachining tushuntirishi va ko‘rsatmasi asosida o‘yinchoq yasaydilar. O‘yinchoq yasash mashg‘uloti avvaldan tayyorlikni talab qiladi. Tarbiyachi bu ishga bolalarni jalb qiladi. Ular material tayyorlashga yordamlashadilar: qog‘oz qirqadilar, shakli bo‘yicha joylashtiradilar, qog‘ozni oldidan (mebelni oyog‘i uchun) truba qilib yopishtiradilar. Bolalar o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha mashg‘ulotning yaxshi o‘tishi avvldan tayyorgarlikka bog‘lik: bolalar qanchalik materiallarni yasaydigan predmetlarini tez topsalar, nima yasashlarini oldindan bilsalar, shunchalik mashg‘ulot qiziqarli bo‘ladi. Tarbiyachi mashg‘ulot uchun bolalar bilan turli o‘lcham, turli shakldagi daraxt, gul, butalarning urug‘larini, shox, makkajo‘xorini doni, beresta, mox va boshqa ko‘pgina tabiiy materiallarini yig‘adilar. Bolalar oldindan o‘ylagan narsalari uchun materiallar yig‘adilar: yirik urug‘ tanasi uchun, mayda urug‘ boshi uchun, turli shoxlar–qo‘l, oyoq, panjalar uchun. Tarbiyachi bolalarga yig‘gan materialdan narsalar yasashni o‘rgatadi, ya’ni bolalar diqqatini shu materiallar hayvonlarni figuralariga o‘xshab ketishiga (yugurayotgan kiyik, tuya qush, odamlar va hokazo) qaratadi. Bu narsalarni yasashda tarbiyachi ham ishtirok etishi mumkin. Bolalar tayyor figuralarni taglikka o‘rnatayotganlarida tarbiyachi taglikni mix bilan teshib beradi yoki kapalaklarni qanotlarini shishkaga joylashtirib beradi. Bu barcha yasalgan narsalardan ko‘rgazma uyushtiriladi. 8-mart bayramiga, ota- onalar majlisiga bag‘ishlanadi. Bu ko‘rgazmalar bolalar ishini yanada yaxshi bo‘lishiga yordam beradi va bolalarda javobgarlik hissini estetik didlarini yanada o‘stiradilar.


Yüklə 195,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin