Ta’limiy o‘yinlar. Kattalar mehnati, transport vositalari, buyumlar, kiyimlar, uy jihozlari, elektr jihozlari mavzusida turli ta’limiy o‘yinlarni tashkil etish. O‘yinlar orqali bolalarning xotirasi, diqqati, tasavvuri, tafakkuri, nutqi va sensor qobiliyatlarini rivojlantirish.
Mashg‘ulot namunasi
Mavzu: O‘zbek xalqining milliy san’ati haqida suhbat
Maqsad:
Ta’limiy: “Zardo‘z”, “Zardo‘zlik” tushunchalarini izohlash. Bolalar lug‘atlarini zardo‘zi kiyim, kashta tikish so‘zlari bilan boyitish. Zardo‘zlik kasbini bolalarga tanishtirish orqali ularda mehnatsevarlikni tarbiyalash, milliy hunarmandlik turlaridan biri bo‘lgan zardo‘zlik kasbini davom ettirish, zardo‘zlikdagi an’ana, udumlarni saqlab qolib, kelajak avlodga etkazishni tarbiyalash. Kasb-hunar haqida hikmatlaridan namuna keltirib, mazmunini izohlab berish. Zardo‘zlikda qo‘llaniladigan mehnat qurollari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy: milliy hunarmandlikka qiziqish uyg‘otish
Rivojlantiruvchi: Zardo‘zlik kasbi haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
Kutilayotgan natijalar:
“Zardo‘z”, “Zardo‘zlik” tushunchalarga ega bo‘ladilar.
Kerakli jihozlar: Zardo‘zlikda ishlatiladigan asboblar. Zardo‘zi kiyimlar, badiiy buyumlar suratlaridan namunalar. Kashta tikish anjomi.
Mashg‘ulotning borishi:
1.Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Tarbiyachi: bugun bolalar men sizni o‘zbek xalqining milliy san’ati - zardo‘zlik kasbi bilan tanishtiraman. “Zardo‘zlik – zar ip bilan naqsh tikish kasbi. Zardo‘zlikni bilish uchun rasm solish va naqsh chizishni, gul kesishni, kesilgan gulga zarni tikishni bilish kerak.
2.Asosiy qism: 15 daqiqa
Tarbiyachi: Bolalar, zardo‘zlik kasbi Buxoroda avloddan avlodga o‘tib hamon saqlanib kelinmoqda. Zardo‘zlik asbobolaridan biri bu korcho‘p — zardo‘zlikda ishlatiladigan oddiy yog‘och dastgoh. Bu dastgohga mato tortilgan bo‘lib, uning ustida zardo‘zi kiyim-kechak va boshqa narsalarga kashta tikiladi. (Tarbiyachi surat ko‘rsatadi
Zardo‘zlikda qadimdan patila degan asbob ishlatiladi.Patila qattiq yog‘ochdan , uzunligi 20sm bo‘lgan, to‘rt qirrali va nafs qilib tarashlangan, ichini kovlab qo‘rg‘oshin quyib vazminlashtirilgan bo‘ladi.Unga to‘rt qavat qilib zar ip o‘raladi. Zardo‘zlikda angishvona ham ishlatiladi. Zardo‘zlikda ikki xil qaychi ishlatiladi. Tuya bo‘yin qaychidan gul qirqishda ishlatiladi. Uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan oddiy qaychi ham ishlatiladi.
Tarbiyachi bolalar bilan zardevor, zardo‘zi to‘n, do‘ppi, ko‘ylaklarni ko‘rib chiqadilar.
Kashta- bezak turi. Qo‘lda yoki mashinada belbog‘, do‘ppi, gulko‘rpa, zardevor, kirpech, palak, so‘zana, ko‘ylak, shuningdek kamar, mahsiga tikiladi. Kashtada turli handasiy shakllar, o‘simlik va gullar, hayvonlar tasviri aks ettiriladi. Kashta tikuvchi hunarmand — kashtachi yoki kashtado‘z deb ataladi.
Kashtado‘zlik kashtachilik — kashta tikish kasbi. Amaliy bezak san’atining keng tarqalgan qadimiy turi. Asosan, ayollar tomonidan bajariladi. Kashta qo‘lda va mashinada tikiladi. Kirpech, dorpech, so‘zana, choyshab kabi badiiy buyumlarni kashtado‘zlar tayyorlaydilar. SHahrisabzda yo‘rma, kanda-xayol, iroqi, Toshkentda bosma chok, Samarqand, Buxoro, Nurotada ko‘proq yo‘rma chokda tikadilar. Kashtado‘zlar, asosan, islimiy naqshni (matoni hoshiyalashda ham) qo‘llaydilar. Naqsh mujassamotini kashtado‘zlarga maxsus, xalq amaliy san’ati ustalari chizib beradilar. SHu sababli kashta ganchkorlik, naqqoshlik naqshlariga o‘xshab ketadi. Kashtado‘zlikda eng keng tarqalgan choklar — popur, iroqi, ilmoq, chamak, baxya, yo‘rma, xomdo‘zi va boshqalar.
Kashtada o‘simlik, gullar, hayvonlar tasviri aks ettiriladi. Kashta tikuvchi hunurmand – kashtachi yoki kashtado‘z deb ataladi.
Kashtachilik – amaliy bezak turining eng keng tarqalgan qadimiy turi. Asosan ayollar tomonidan bajariladi. Kashta tikish uchun ham gul, rasm chizishni bilish kerak.
Kirpech, dorpech, so‘zana, choyshab kabi badiiy buyumlarni kashtado‘zlar tayyorlaydilar. Kashtado‘zlik ishlarida asosan islimiy naqshlarni qo‘llaydilar. Islimiy naqshlardan biri – o‘simliksimon naqshdir. Mana ko‘ring bu islimiy naqsh (tarbiyachi islimiy naqsh namunasini ko‘rsatadi). Bu naqsh band, kurtakli butalardan tashkil topib, bir-biri bilan chirmashib ketib, o‘simliklarning o‘xshashlik tasvirini beradi. Kashtado‘zlar Toshkentda bosma chok, SHahrisabzda yo‘rma chok, iroqi, Samarqand, Buxoroda ham ko‘proq yo‘rma chokda kashta tikadilar. Kashtado‘zlikda eng ko‘p tarqalgan choklar – popur, iroqi, ilmoq, chaqmoq, baxya, yo‘rma, zanjir va boshqalar.
Men sizlarga kashta tikilgan choyshab, zardevor, kirpech, palaklarning rangli tasvirdagi suratlaridan namunalar ko‘rsataman. Mana ular, kelinglar, birma-bir ko‘rib chiqamiz.
Tarbiyachi suratlar asosida bolalar bilan suhbatlashadi.
Dostları ilə paylaş: |